Darsning mazmuni va uning tuzilishi
Jismoniy tarbiya darslari biian bog’liq bo’lgan eng muhim masalalardan bin uni qanday tuzish masalasidir. Dars tuzilishi dastur materiallarini izehil o’rganish asosida belgilangan vazifalarga bog’liq.
Jismoniy tarbiya darsida har qanday pedagogik vazifani hal etish ko’pincha shug’ullanuvchilar organizmining zo’r berishini talab qiladi. Bu ishga organizm tegishli darajada tayyorlangan bo’lishi kerak.
I.P.Pavlov organizmning qiyin vazifalarni hal etishga tayyor bo’lishi zarurligini ko’rsatib, sekin-astalik va mashq klinika va pedagogikada asosiy fiziologik qoidadir degan edi.
Bu ko’rsatma o’qituvchi zimmasiga shug’ullanuvchilardan katta kuch talab qiladigan pedagogik vazifalarni darsning boshida emas, o’rtasida, bir qadar tayyorgarlikdan so’ng hal etish majburiyatini yuklaydi. Darsning asosiy vazifalarini hal etish shug’ullanuvchilarni uyushtirishni, ularda zarur kayfiyat va bu vazifalarni bajarishga bo’lgan ishtiyoqni hosil qilishni talab etadi. O’quvchilarni uyushtirgach, ya'ni Pavlovning asta-sekinlik haqidagi fiziologik qoidasi bajarilganidan so’ng, asosiy vazifalarni hal qilishga kirishish mumkin. Asosiy pedagogik vazifalarni bajarish ko’pincha shug’ullanuvchilar zo’r berayotgan, faollashgan davrga to’g’ri keladi. O’quvchilar organizmi nisbatan katta zo’riqish va kuchli emotsional holatdan vazmin holatga birdaniga o’tishi miunkin emas. Shuning uchun dars tuzilishida xotiijam holatga asta-sekin o’tish va mashg’ulotni tashkiliy ravishda tugallash aks etadi. Shunday qilib, har bir dars tuzilishi uch qismdan iborat bo’ladi: birinchisi - o’quvchilami darsning vazifalarini hal etishga tayyorlaydigan tashkiliy qism, u shartli ravishda tayyorgarlik qismi deb ataladi; ikkinchisi - darsning asosiy vazifalarini bajarishga yo’naltirilgari qism, u shartli ravishda asosiy qism deb yuritiladi, uchinchisi - dars yakuni, u shartli ravishda yakunlovchi qism deb ataladi. Darsning barcha vazifalari va mazmuni o’zaro chambarchas bog’langan holda amalga oshiriladi.
Tayyorgarlik qismi (8-10 daqiqa). Vazifasi - o’quvchilami uyushtirish, dars vazifasini tushuntirish, shug’ullanuvchilar organizmini bo’lajak jismoniy harakatga va mashqlami bajarishga tayyorlash.
Mazmuni - saflanish elementlari, gimnastik qayta saflanishlar, qo’llar, oyoqlar, gavda bilan qo’shimcha harakatlar qilib yurish, yugurish, sakrash, imiumrivojlantiruvchi va raqs mashqlari,
o’yinlar. Asosiy qism (25-30 daqiqa). Vazifalari - darsning asosiy vazifalarini hal etish, ya'ni yangi materialni o’rgatish, o’tilgan materialni mustahkamlash maqsadida takrorlatish, o’quvchilaming harakat, malaka va ko’nikmalarni egallashlariga erishish, ularda tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilikni rivojlantirish.
Asosiy qismdagi mashqlar tayyorgarlik qismidagi mashqlarning izchil davomi bo’lishi lozim. Umumrivoj lantiruvchi mashqlar bu yerda ham o’rtacha fiziologik samaraga erishish hamda boshqamashq turlariga tayyorlash uchun qo’llaniladi. Buyumlar bilan bajariladigan va qaddi-qomatni shakllantiruvchi mashqlar darsga xususiy vazifani hal etish - bu harakat turlarini o’rgatish uchun kiritiladi.
O’quvchilarga har tomonlama ta'sir ko’rsatish va ulaming ko’p miqdordagi harakatlami egallashlari uchun darsning asosiy qismiga uch- to’rtta jismoniy mashq kiritiladi, asosan, ulardan harakatchanlikni talab qiluvchi o’yinlar (yugurish, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqish va oshib o’tish) o’tkaziladi.
Mazmuni - muvozanat saqlash mashqlari, to’plar bilan bajariladigan mashqlar, akrobatik mashqlar, ko’p harakat talab qiluvchi o’yinlar va h.k.
Darsning asosiy qismiga mazkur bosqich dasturida berilgan har qanday material kiritilishi mumkin.
Organ!zmni zo’riqtiradigan mashqlar yengil mashqlardan so’ng o’tkaziladi. Bu bilan yuklamani asta-sekin oshirish qonun- qoidalariga rioya qilinadi.
Yakunlovchi qism (3-5 daqiqa). Vazifalari - darsning asosiy qismidagi mashg’ulotlarda yuzaga kelgan taranglik va qo’zg’ahshdan sekin-asta nisbatan xotiijam holatga o’tish, ijobiy jihatlar vakamchiliklami ko’rsatish, darsni yakunlash, uyga vazifa berish, uyushgan holda yangi faoliyatga o’tish.
Jismoniy tarbiya darsining asosiy qismini to’g’ri o’tkazish tufayli o’quvchilaming barcha a'zolarida bir oz qo’zg’alish yuzaga keladi, ulaming tomir urishi, nafas olishi tezlashadi. Endi o’quvchilami boshqa faoliyat turiga tayyorlash uchim ular organizmini vazmin holatga keltirish zarur. Mazmuni - saflanish, yurish, ritmik va raqs mashqlari, nafas olish mashqlari, tinch o’yinlar, o’qituvchining yakunlovchi so’zi, uyga vazifa
Do'stlaringiz bilan baham: |