2 - Mavzu: Umumiy o’rta talim tizimida jismoniy tarbiyaning o’ni va ahamiyati.
Reja:
Maktab o’quv rejasi bo’yicha umumiy jismoniy tarbiya kursi
Darsning o’ziga xos belgilari va unga qo’yiladigan umumiy talablar
Darsning mazmuni va uning tuzilishi
Darsning vazifalarini aniqlash
Darsda yuklamani me’yorlash uslubiyati
Maktab o’quv rejasi bo’yicha umumiy jismoniy tarbiya kursi
Umumiy o’rta ta'lim maktablarida jismoniy tarbiyaning maqsadi o’quvchi yoshlar tanasidagi barcha a'zolarning sog’Iom o’sishini ta'minlash hamda ularni aqliy va jismoniy mehnatga, shuningdek, vatan mudofaasiga tayyorlashdir. Ulug’ mutafakkir Abdulla Avloniy takidlaganidek, sog’Iom fikr, yaxshi ahloq va llm-ma'rifatga ega bo’lmoq uchun badanni tarbiya qilish zarur. Jismoniy tarbiya barchaga, ayniqsa, bolalarga katta ta'sir ko’rsatib, salomatligini mustahkamlaydi, insonning ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko’rishiga yordam beradi. Sport har qanday yoshda ham qad-qomatni tarbiya qilish, kuch-quvvatni saqlab turishning vositasi hisoblanadi.
Maktab o’quvchilari jismoniy tarbiyasining vazifalarini amalga oshirish maxsus uyushtirilgan mashg’ulotlar orqali amalga oshiriladi.
Mashg’ulotlar davomida mashqlami amalga oshirish orqali jismoniy tarbiyaning uslubi va metodik tamoyillari, tarbiya va ta'limning vositalari aniqlashtiriladi va yuzaga chiqariladi. Bizning maktablarimiz uchun mashg’ulotlarning xilma-xil shakllari xosdir.
Shu bilan birga, uslubiy manbalar qatorida faqat jismoniy mashg’ulotlarning davom etish vaqtini ko’paytirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda o’quvcliilarning ehtiyojlari qondiriladi.
Shu asosda barcha shakldagi mashg’ulotlar tahlili, ularni maktabda, maktabdan tashqarida, oilada o’tkazishning shart- sharoitlari shuni ko’rsatadiki, o’quvchilar jismoniy tarbiyasini uyushtirishga majmuali yondashuvdan hech bo’lmaganda bitta halqa chiqarib olinsa, pedagogik jarayonning uzluksizligi buziladi, jismoniy tarbiyaning barcha vazifalari sifatsiz yechim topadi.
O’quvchilar jismoniy tarbiyasi jarayonida umumiy va xususiy vazifalar hal qilinadi.
Umumiy vazifalar bilim berish, jisman tarbiyalash va sog’lomlashtirishdan iborat bo’lib, xususiylari esa jismoniy tarbiya hal qilinadi. Xususiy vazifalarga quyidagilar kiradi:
1.O’quvchilar organizmining sog’lig’ini mustahkamlash, rivojlantirish va chiniqtirish.
Turli xildagi mehnat faoliyatiga tayyor bo’lish o'quvchi yoshga xos bo’lgan jismoniy sifatlarni rivojlantirish.
Hayot uchun kerakli harakat malakalari va ko’nikmalarini rivojlantirish.
O’quvchilarga jismoniy madaniyatga oid yangi bilimlar berish.
O’quvchilarni jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanishga qiziqtirish va shunday odatni shakllantirish.
O’quvchilami jismoniy madaniyat faollari qilib tarbiyalash va bu bilan ularda tashkilotchilik qobiliyatini tarbiyalashdek vazifalarni hal qilish.
Maktab o’quvchilari jismoniy tarbiyasining amaliyoti va nazariyasida barcha shakllari ikki guruhga bo’lish qabul qilingan. Barcha darslarda amalga oshiriladigan jismoniy tarbiya, asosan, o’quv-ta'lim jarayonini ifodalasa, boshqasi - darslardan tashqarida majmuali tarbiyaviy ta'sir o’tkazishdir.
“Jismoniy tarbiya va ta'lim” kursi umumiy o’rta ta'limda quyidagilardan tarkib topadi:
Jismoniy tarbiya darsi maktab o’quvchilari jismoniy tarbiyasini tashkil etishning asosiy shaklidir.
Jismoniy tarbiya umumiy o’rta ta'lim maktablari muassasalarining barcha sinflarida o’quv rejasida nazarda tutilgan o’quv fanidir. Fanning mazmuni davlat dasturi bilan tartibga solinadi.
O’quv kuni tartibidagi jismoniy tadbirlar: mashg’ulotgacha gimnastika, jismoniy mashq daqiqalari, katta tanaffusdagi o’yinlar, jismoniy tarbiya va sport bo’yicha sinfdan va maktabdan tashqari ishlar.
Maktab yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash ishining asosiy shakli o’qituvchi tomonidan davlat dasturiga binoan, maktab o’quv rejasi va qat'iy jadval bo’yicha o’tkaziladigan jismoniy tarbiya darslaridir. Jismoniy mashg’ulotlar sog’lig’i tekshirilib, ruxsat etilgan hamma o’quvchilar uchun majburiydir.
Maktabda o’quvchilar sog'lig’ining holati bo’yicha uch guruhga bo’linadi. asosiy, tayyorlov va maxsus.
Davlat ta'lim standarti dasturidagi maxsus vazifalar tarzida asosiy guruhga jismoniy rivojlanishi va salomatligi hech bir kamchiliksiz, shuningdek, salomatligida sezilarsiz darajada nuqsoni bo’lib, yetarlicha jismoniy tayyorlangan o’quvchilar kiradi.
Tayyorlov guruhiga jismoniy rivojlanishida va salomatligida sal og’ish bo’lgan hamda jismoniy jihatdan kam tayyorlangan o’quvchilar kiradi.
Sog’lig’ida doimiy yoki vaqtincha xususiyatli jiddiy nuqsoni bo’lgan o’quvchilar maxsus guruhga ajratiladi.
Ayrim o’quvchilar salomatligi yaxshilanguncha ma'lum vaqtga jismoniy mashg’ulotlardan butunlay ozod qilinadi. Zarur holatiarda muayyan ko’rsatmalarga binoan ayrim o’quvchilarga davolovchi jismoniy tarbiya mashg’ulotlari belgilanishi ham mumkin.
Asosiy guruhga kirgan o’quvchilarga quyidagilar ruxsat etiladi: a) dastur bo’yicha jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga keng ko’lamda qatnashish; b) jismoniy tarbiya jamoasi seksiyalari mashg’ulotlarida qatnashish; v) musobaqalarda ishtirok etish.
Tayyorlov guruhidagi o’quvchilarga umumiy jismoniy tarbiya dasturi bo’yicha bo’ladigan mashg’ulotlarga qatnashishga ruxsat etiladi, lekin dastur materiallarini o’tishda asta-sekinlik tamoyiliga rioya qilish kerak. Shifokor ko’rsatmasiga muvofiq tayyorlov guruhi o’quvchilarining zo’riqtiradigan mashqlami bajarishi, xususan, yugurishi cheklab qo’yiladi.
Mashg’ulotlar o’tkazish paytida bolalarga individual munosabatda bo’lish, mashqlarning izchilligi, takrorlash mashqlarining soni va bir dars hamda bir darsdan ikkinchi darsga o’tish davomidagi yuklamaning o’sib borishiga asosiy e'tibor qaratiladi.
Maxsus tibbiy guruhga kirgan o’quvchilar bilan haftada bir yoki ikki marta darsdan tashqari vaqtda mashg’ulotlar o’tkaziladi. Mashg’ulot maxsus dasturga muvofiq kerakli tayyorgarlikka ega bo’lgan tibbiyot xodimi yoki o’qituvchi tomonidan o’tkaziladi.
Jismoniy tarbiya darslarida o’qituvchi jismoniy tarbiyaning barcha vazifalarini yechish uchun sharoit yaratadi, o’quvchilarning mustaqil ishini boshqaradi. Darslar aniq darajada jismoniy tarbiyaning boshqa shakllari mazmunini aniqlaydi.
Нагbir mashqning yuqori samaradorligiga erishishda darsning uslubi va nazariyasini chuqur bilish katta ahamiyatga ega. Nazariyani ijodiy anglash o'qituvchiga o’quvchilarning aniq harakat imkoniyatlari va o’quv vazifalariga muvofiq tarbiya va ta'limning ko’pdan ko'p uslublari, jismoniy mashqlarning barcha boyligidan foydalanish imkonini beradi.
2.Darsning o’ziga xos belgilari va unga qo’yiladigan umumiy talablari.
Jismoniy tarbiya darslari o’z mazmuni va tashkil etilishiga ko’ra o’ziga xos xususiyatlarga ega Ular zalda, maydonchada, vestibyulda o’tkaziladi, bunday joylarda bolalar harakati kamroq cheklangan bo’ladi, bu esa bolalami uyushtirish va dars o’tkazish uchim alohida sharoit yaratadi. Bolalar jismoniy tarbiya darslarida odatdagi maktab kiyimida emas, balki maxsus sport kiyimlarida shug’ullanadilar, boshqacha harorat sharoitida bo’ladilar. Dars paytida ular mashq bajarish uchun qayta-qayta o'z joylarini o’zgartirib turishlariga va bir-birlari bilan xilma-xil o’zaro hamkorlik qilishlariga to’g’ri keladi. Bundan tashqari, o’quvchilar sinfga to’la bog’liq ravishda harakat qilishga majbur bo'lib qolganlarida o’qituvchi zudlik bilan darsdagi sharoitni atayin o’zgardrishi mumkin.
Jismoniy tarbiya darslari o’quvchilar organizmiga ta'sir etuvchi juda rang-barang harakat sezgilarining ko’pligi bilan farqlanadi. Shuning uchim bu yerda o’quvchilarga ko’proq individual yondashish lozim.
Jismoniy tarbiya katta amaliy ahamiyatga ega. Jismoniy tarbiya darslarida qo’llaniladigan jismoniy mashqlar ichida hayotiy muhim, kundalik turmushda qo’llaniladigan mashqlar ko’p. Maktabning vazifasi o’quvchilami jismoniy tarbiya vositalaridan har kuni o’qish, mehnat, dam olishning turli sharoitlarida foydalanishga odatlantirishdir.
Bu xususiyatlaming barchasi o’qituvchining jismoniy tarbiya darslarini o’tkazish mas'uliyalmi kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |