shunday paketini ishlab chiqishdan oldin Hilton kompaniyasi ikki yil davomida o’z
mijozlarining iste’mol qilish belgilar va o’ziga xos tomonlarini o’rgandi.
Raqobatchi kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarish qiyin bo’lgan
qo’shimcha maxsulot ishlab chiqarilganda a’lo bo’lar edi. Bunda qo’shimcha
maxsulot ustalik bilan joriy qilinishi lozim. Ko’zlangan
samarani berishi uchun
ular mijozlarning ishonchlarini oqlashi va undan ham yuqoriroq bo’lishi lozim.
Biror turistik maxsulot yoki xizmat, jonli bir mavjudot kabi tug’iladi,
yashaydi va yo’q bo’ladi. O’rtadan yo’q bo’lishning turli xil sabablari bordir:
texnologik rivojlanishlar, raqobat, marketing strategiyasi, talabga mos bo’lmagan
juda yuqori narx va qiymat yo’qotish. Bir maxsulot
yoki xizmat bozorga
chiqarilgandan keyin 4 ta davrni boshdan kechiradi.
1. Bozorga kirish davri
2. Rivojlanish davri
3. Saqlanish davri
4. Tushish davri.
Bu davrlarning muddatlari maxsulot yoki xizmat turlariga ko’ra va korxonaning
tashkiliy tuzilishiga ko’ra xilma-xillik ko’rsatadi. Mehmonxona xo’jaligida
o’rtacha umri 10 yildir. Restoran yoki bar uchun bir necha yil, diskotekalar uchun
esa vaqtinchalik moddalardan ta’sirlangani uchun juda kam muddatdir.
1. Bozorga kirish davri:
YAngi taqdim qilingan maxsulot yoki xizmat bozorga
kiradi. Bu yerda eng ahamiyatlisi, maxsulotning bozorga mosligi, raqobat vositasi
orqali talab yaratish, xalq bilan munosabatlar va sotishni tashkil qilish
harakatlaridir. Iste’moldagi maxsulot yoki xizmat bozorda o’zining ishonchini
kutadi. SHunday qilib, turli xil imkoniyatlarni o’rganish, kapital qarorlarini
berishni bilish kerakdir.
2. Rivojlanish davri
: Bu davrda sotishlar kutilmagan darajada ko’payadi. YAna bu
davrda, raqobat hodisasi o’zini ko’rsatadi yoki taqlidchilar o’xshash maxsulotlarni
bozorga kiritadilar. Agar maxsulot bozorda saqlanib tura olsa
juda tez rivojlanish
bo’ladi tannarx va sotish maxsulotlarda yuqori bo’lib, bozor to’lqinlaridan
ta’sirlanadi. YAngi xaridor guruhlari belgilanadi. Turistik muassasalarga to’g’ridan
to’g’ri bog’liq bo’lgan turoperatorlar yangi agentliklar bilan hamkorlikda seminar
va banketlar tashkillashtiradigan davridir.
3.Saqlanish davri
: Turistik maxsulot va xizmatlarni sotish tezligi sekinlashgan
davrdir. YAngi iste’molchi topish asosiy hisoblanmaydi. Ular uchun eng
ahamiyatlisi bozordan yetarli bir ulush olishdir, qo’lga kiritgani bozor bo’limini
mumkin bo’lgan qadar muhofaza qilish uchun harakat qiladilar. Bu davrda turizm
muassasalari, har bir narsaning yaxshi sotilgani va muddatli bo’lishini tushinadilar.
Maxsulotlar o’zini yangilamagani taqdirda bozordan chiqish tahlikasi bilan
yuzlashadilar. Sotish narxi asosan 3 ta omil sababli pasayish ko’rsatadi.
a) ishlab chiqarish yoki boshqarish texnikalarining ratsionallashishi va sotish
hajmining ortishi oqibatida bir xona yoki ovqatning
qiymat tannarxlaridagi
kamayish.
b) o’xshash xizmatlar uchun bozorda narx kurashini boshlagan raqiblarning o’rtaga
chiqishi.
v) muassasaning o’rnashgan yeriga, nomiga ahamiyat bergan xaridor
mexanizmining kengayishi.
4. Tushish davri
: Sotishlarning kuzatilgan darajada tushishga boshlagani davrdir,
yangi xizmat va maxsulotlarning bozorga kirgani va raqobatning bo’lgani davridir.
Xaridor mavjud maxsulotni tark qilishni boshlaydilar. Tushish davrini tijoriy foyda
olishning kamaygan bir davri deyish noto’g’ridir. CHunki korxona, ma’lum bir
muddat yana oldingi xaridorlarini muhofaza qilib bir yo’sinda davom eta oladi.
Bozorga ilk kirish va yoyilish davrida yomon bir boshlang’ich, maxsulotning
kelajagini tahlikaga qo’yadi.
Saqlanish davri, mehmonxona sektori uchun
yetarlicha uzoq muddatli bo’la oladi, faqat texnologik rivojlanishlar ta’sirli rol
o’ynay oladi. Xaridorlar ko’pincha shinam, komfortli va texnologik yangiliklari
bo’lgan turistik muassasalarni, maxsulotlarni ma’qul ko’radilar.
Do'stlaringiz bilan baham: