Oksidlanishi. Olefinlarning oksidlanishi natijasida reaksiya sharoiti va oksidlovchining tabiatiga qarab, oxirgi mahsulot sifatida turli xil kislorodli birikmalar hosil bo‘ladi. Olefinlar havo kislorodi bilan katalizatorlar (vismut, molibden, vanadiy oksidlari) ishtirokida yuqori harorat (380–4500C) da oksidlanishi natijasida to‘yinmagan spirtlar, karbonilli birikmalar va kislotalar hosil bo‘ladi. Masalan, propenning oksidlanish jarayonini quyidagicha ifodalash mumkin:
O
ksidlanish kumush katalizatorligida havo kislorodi bilan olib borilganda epoksid birikmalar hosil bo‘ladi:
Bu yerda kumush katalizatori molekula holatidagi kislorodni atomar holatga o‘tkazish uchun xizmat qiladi.
Kaliy permanganatning suvdagi eritmasi olefinlarni ikki atomli spirtlargacha oksidlaydi:
Kuchli oksidlovchilar (xromat kislota, nitrat kislota va boshqalar) etilen uglevodorodlari molekulasini qo‘shbog‘ turgan joydan uzib yuboradi. Buning natijasida kislotalar yoki keton bilan kislota aralashmasi hosil bo‘ladi.
Alkillash. Turli organik birikmalar molekulalariga uglevodorod qoldiq (alkil)larini kiritish alkillash reaksiyasi deyiladi.
Olefinlar fosfor yoki sulfat kislota ishtirokida parafinlarni biriktirib olish xususiyatiga ega. Sanoatda bu reaksiyadan izooktanni olishda foydalaniladi:
Polimerlanish. Oddiy molekulalarning o‘zaro birikib, yuqori molekulali birikmalar hosil qilishiga polimerlanish reaksiyasi deyiladi. Polimerlanishda bir xil molekulalar ishtirok etsa, bunday jarayonni gomopolimerlanish deyiladi. Agar polimerlanishda har xil molekulalar ishtirok etsa sopolimerlanish (kopolimerlanish), ya’ni birgalikda polimerlanish deyiladi.
G
omopolimerlanishga etilen molekulalarining o‘zaro birikib, polietilen hosil qilish reaksiyasi misol bo‘la oladi.
Sopolimerlanishga vinil benzol (stirol) bilan akrilonitrilni polimerlanishi misol bo‘ladi.
Polimerlanish jarayoni radikal yoki ionli (katalitik) mexanizm bilan sodir bo‘lishi mumkin. Radikal mexanizm bo‘yicha boruvchi polimerlanishda jarayonni boshlab beruvchi vositalar, ya’ni oson radikal hosil qiluvchi birikmalar – peroksidlar, diazoaminobirikmalardan foydalaniladi.
Hosil bo‘ladigan radikallar oxirgi mahsulot – polimerning tarkibiga kiradi:
Katalitik yoki ionli polimerlanishda oraliq mahsulot sifatida kation yoki anionlar hosil bo‘ladi. Masalan, etilennnig HCI va AlCl3 ishtirokidagi polimerlanishni quyidagicha tasavvur etish mumkin:
Izomerlanish. Olefinlar yuqori harorat va katalizatorlar ishtirokida izomerlanish jarayoniga kirisha oladilar. Izomerlanish vaqtida qo‘shbog‘ silijishi yoki zanjir tarmoqlanishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |