2. mavzu. Til va yozuv masalalari. Reja


O‘zbek orfografiyasining tamoyillari



Download 36,04 Kb.
bet8/10
Sana18.02.2022
Hajmi36,04 Kb.
#453717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2.MAVZU. TIL VA YOZUV MASALALARI.

O‘zbek orfografiyasining tamoyillari
O‘zbek orfografiyasi fonetik, morfologik va an’anaviy tamoyillarga asoslanadi. Ayrim so‘zlar differensiatsiyalash va etimologik tamoyillar asosida yoziladi.
Fonetik tamoyilga ko‘ra so‘zlar talaffuz qilinishiga mos ravishda yoziladi, so‘zning talaffuz etilishida yuz bergan o‘zgarishlar hisobga olinadi: qishloq-qishlog‘im, og‘iz-og‘zim, etik-etigi kabi.Ayrim kitoblarda hozirgi o‘zbek orfografiyasida fonetik tamoyilga juda kam amalqilinadi deyiladi.Lekin amalda fonetik tamoyil yetakchi tamoyillardan biridir. Masalan, tushdi, tushgan so‘zlarida d ning t, g ning k tarzida eshitilishidan qat’iy nazar d, g yoziladi. Xursand, go‘sht so‘zlaridagi oxirgi tovushlar tushib qolsa-da, ular yozuvda saqlanadi. «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari»ning 1995-yil 24- avgustdagi tasdiqlangan qaroriga ko’ra fonetik tamoyilga xos yangi ko’rsatmalar joriy qilindi. Jumladan, kirill alifbosiga asoslangan alifboda tog‘, bog‘, yog‘ kabi so‘zlarga-ga affiksi qo‘shilganda bu so‘zlar toqqa, boqqa, yoqqa tarzida yozilishi qoida qilib olingan edi. Yangi imlo qoidalari bu holatga alohida e’tibor berilib, k va q tovushlari bilan tugagan so‘zlarga –gacha, -ga, -gach,-gani,-gin, -gina qo‘shimchalarining bosh tovushi k yoki q tarzida aytilishi va yozilishi ko‘rsatilib, qolgan hollarda so‘z qanday tovush bilan tugashi va bu qo‘shimchalarning bosh tovushi k yoki q eshitilishdan qat’iy nazar, g yozilishi belgilab qo‘yildi: tog`ga, bog`ga, yog`ga kabi. Demak, bu holatda morfologik tamoyilga amal qilish kerak bo‘ladi. O‘zbek orfografiyasida morfologik tamoyilga ko‘ra so‘z va uning qismlari qanday talaffuz qilinishidan qat’iy nazar, umumiy, yagona shaklda yoziladi. So‘zlarning ma’noli qismlari, morfemaning yagona tarzda yozilishiga quyidagilar misol bo‘la oladi.: ketdi, chopdi.
Fan-texnika, xalq xo`jaligi, qishloq xo`jaligiga doir ilmiy tushunchalarni aniq ifodalaydigan so`zlar atamalar deyiladi. Fan-texnika va ishlab chiqarish sohasida qo`llanadigan terminlarning jami terminologiya (terminologik leksika) deb yuritiladi. Masalan: fonetika, leksika, morfologiya, morfemika, sintaksis – tilshunoslikka oid; kvadrat, ildiz, teorema – matematikaga doir; sifatlash, o`xshatish, jonlantirish – adabiyotshunoslikka doir atamalardir. Hozirgi kunda dunyoda fanning 500 dan ortiq tarmoqlari bor, ular har tomonlama taraqqiy etmoqda. Bu tilda atamalarning boyib borishiga olib keladi. Atamalar ilmiy nutqda qo`llanadi va ular bir ma’noli bo`ladi.Ba’zi atamalar o`zbek tilida so`zlashuvchi barcha kishilar nutqda qo`llanib ommalashib ketishi mumkin. Bunda ular ishlatilish doirasi chegaralanmagan umumxulq so`ziga aylanadi. Masalan, o`qituvchi, kitob, daftar, dars kabi.
Jargon va argolar. O`tmishda xalqni ekspluatatsiya qiladigan sinf vakillari, saroy ahllari, mansabdor shaxslar, savdogarlar, qalandar, maddohlar, xalqni aldab yuruvchi gadoylar, o`g`rilar, firibgarlar o`z niyatlarini xalqdan yashirish uchun o`zlariga tushunarli so`z va iboralardan foydalanganlar. Tilda sinfiy ayirmalikni ko`rsatib turadigan bunday so`zllar «sinfiy dialektning so`zlari» - jargonlar deb yuritiladi.
Ayrim ijtimoiy guruhlar tomonidan yaratilib, umumxalq tilidan farq qiladigan dabdabali so`z va iboralar jargonlar deyiladi. Masalan, oftobi olam (podsho), husni mutlak (xudo), nishoni oliy mon, shoe’ qiling (bildiring), mal huz emas (mulohaza qilingan emas), ne’mati jannat (yor, mahbuba), shavaqqu’ aylang (umid bilan kuting), tanzil (foyda).
O`g`rilar, qimorbozlar orasida qo`llanadigan so`zlar argolar deb yuritiladi; loy (pul), xit (militsioner), bedana (to`pponcha), xitola (o`g`irla), zamri (jim tur), atamri (gapir), atanda (qoch) kabi.Qadimda savdogarlarning, otarchilarning ham argolari bo`lgan: yakan (pul), joyi (yo`q), xasut (non), dax (yaxshi, durust) – otarchilar argosi; sar yoki sari piyoz (ming so`m), saru nimsar (bir ming besh yuz so`m), kapara (olti ming so`m).

Download 36,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish