Sharq mutaffakirlarining tilshunoslikka oid qarashlari. Beruniyning “Saydana” asari.
Ibn sinoning tilshunoslikka oid qarashlari, uning “Asbob hudud al quruf” asari.
Reja:
Sharq mutaffakirlari haqida.
Sharq tilshunoslik olimlari Beruniy, Ibn Sino.
Beruniyning “Saydana” asarida tilshunoslik.
Ibn Sinoning “Asbob hudud al quruf” asari.
Beruniy va Ibn Sino mutaffakir olim.
Sharq mutaffakirlari haqida.
Bizning ajdodlarimiz bundan bir necha ming yillar oldin yozuv madaniyatiga ega bo'lganlar. Tabarruk zamini-mizdan dunyo fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo'shgan bir qancha buyuk allomalar yetishib chiqqan. VIII-IX asrlardayoq bizning yurtimizda fanlar akademiyasi «Bay-tul-hikmat», keyinchalik 1010 yilda esa Ma'mun akademiyasi tashkil topgan. Bu akademiyalarda dunyo olimlarini lol qoldirgan buyuk kashfiyotlar qilingan, al-Beruniy, al-Xorazmiy, Ibn Sino, al-Farg'oniy, Zaynidtsin Jur-joniy, Abul Hasan Hammor, Abu Nasr Arrog', Ibn Mis-kivayniy singari yuzlab olimlar ana shu akademiyalarda faoliyat ko'rsatganlar.
Sohibqiron Amir Temur davrida fan markazi Xorazm va Buxorodan Samarqandga ko'chdi. Dunyoning zabardast olimu fozillari sohibqiron saroyiga to'plandi. Temuriyzoda Mirzo Ulug'bek rasadxonasida favqulodda buyuk kashfiyotlar qilindi. Husayn Boyqaro saroyida ham fan va madaniyat gullab-yashnadi.
Ana shunday buyuk madaniy zaminga ega bo'lgan xalq rus imperiyasi davrida o'z tarixidan, boy madaniy merosidan uzilib qoldi. Asrlar davomida foydalanib kelgan yozuvi-dan kirill alifbosiga o'tkazilishi xalqimizni ajdod-lari qoldirgan yozma yodgorliklardan foydalaniщdan be-bahra qilib qo'ydi. Natijada buyuk bobokalonlarimiz yaratgan madaniy merosdan keng oziqpanish imkoniyatidan mahrum bo'ldik. Olimlarimizga ajdodlarimiz qoldirgan madaniy merosni ommalashtirishga, uni ro'y-rost baho-lashga yo'l qo'ymadilar. Asta-asta fan va madaniyat ruslar orqali kirib keldi madeniyatni rus berdi degan gaplarga., yogshasiga «savodskz» xalq sovetlar daьrida savodliga aylakpi degan aqida ko'nikib qoldik.
Beruniyning “Saydana” asarida tilshunoslik.
Dunyo madaniyati va ma'naviyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan, fan tarixida juda katta iz qoldirgan qomu-siy olimlarimizdan yana biri Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al Beruniydir. Beruniyning hayoti va ijodiy faoliyatini yoritishga bag'ishlangan bir qancha asarlar mavjud. Shuning uchun ham biz olimning hayotiga doyr ayrim ma'lumotlarni keltirish bilan cheklanamiz.
Abu Rayhon Beruniy, U. I. Karimovning ta'kidlashi-cha, milodiy 973 yilning 4 sentyabrida (hijriy 362 yil zulhijja oyining 2-kunida) Xorazmning qadimiy poytaxti Qiyatda tavallud topdi. 1009—1017 yillarda Xorazm-shoh Abu-l-Abbos Ma'mun ibn Ma'mun saroyida xizmat qilib, katga obro'-e'tibor qozondi. 1017 yilda Mahmud G'aznaviy Xorazmni bosib olgandan so'ng Xorazmdagi bir qancha olimlar qatori Beruniy ham G'aznaga yo'l olishga majbur bo'ldi va umrining oxiriga qadar shu yerda ijod qildi.
U o'z davridagi barcha fan sohalari bo'yicha qalam teb-ratib, 150 dan ortiq asar qoldirdi. Bizgacha yetib kelgan asarlari orasida «Xronologiya», «Hindiston», «Geodeziya», «Mineralogiya», «Mas'ud qonuni» hamda «Sayda-na» nomi bilan mashhur bo'lgan «Kitob as-saydana fi-t-tibb» asarlari tadqiqotchilar tomonidan maxsus o'rga-nildi va arab, rus, ingliz, nemis va boshqa tillarga tarjima qilinib, nashr etildi.
Beruniy ilmiy merosining nomidan ham ko'rinib tu-ribdiki, olim tarix, riyoziyot, matematika, falsafa, han-dasa, kimyo, astronomiya, geografiya, tibbiyot, adabiyot, musiqa, tilshunoslik singari o'nlab sohalar bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan va bu sohalar yuzasidan jaxon allomalarini hozirgacha lol qoldirib kelayotgan buyuk kashfiyotlarini yaratgan.
Beruniy ilmiy hazinaning kaliti sanaluvchi tilga va tilshunoslikka alohida e'tibor berdi. U yoshligida yunon, lotin, arab, fors, so'g'd, suryoniy tillarini chu-qur o'rgandi. Chunki jahon sivilizatsiyasining beshigi Yunoniston va Rumo o'lkalari bo'lib, antik madaniyat na-munalarining barchasi shu tillarda yozilgan edi. Arab tili Beruniy yashagan davrda diniy ta'limot tili bo'li-shi bilan birga, fan tiliga ham aylangan edi. Islom ola-mida yaratilgan barcha asarlar arab tilida yozilar edi. Bularning hammasi bo'lajak allomani yuqoridagi tillarni sinchkovlik bilan o'rganishga da'vat etdi. Beruniy o'zini xorazmiy tiliga mansub ekanligini, arab, fors tillarini esa keyin o'rganganligini ta'kidlaydi.
Sulton Mahmud G'aznaviy yurishlari davrida bir necha bor Hindistonga borishga musharraf bo'ldi. Beruniyni Hindiston o'ziga rom etdi va u yerga safar chog'ida Hindis-ton tarixi, madaniyati, urf-odati, hayvonot va nabotot olamini o'rganishga to'la bel bog'ladi. Buning uchun, avvalo, hind tili, eski hind tili bo'lgan sanskrit tilini puxta o'rgandi.
Umrining so'nggi yillarida Mahmud G'aznaviyning vorisi Ma'dud sultonligi davrida 1048 yilda dorivor o'simliklar, hayvonlar va ma'danlar tavsifiga bag'ish-langan «Saydana» asarini yozdi. Beruniyning tilga va tilshunoslikka bo'lgan qarash-lari mana shu asarida yaqqol namoyon bo'ladi.
«Saydana»ning kirish qismida muallifning yoshlik yillarida o'zini qurshab turgan olamni va olam uzvlari-ning turli tillarda qanday nomlanishini bilishga naqadar ishtiyoqmand ekanligi bayon qilinadi. Xususan, olim-ning bolaligida uning yurtiga bir yunon ko'chib keladi.
Abu Rayhon unga don, urug', meva, o'simlik va boshqa narsalar ko'tarib kelib, bular yunon tilida qanday nomlanishini so'raganligi va yunoncha nomlarini daftariga yozib olganligini bayon qiladi.
«Saydana»ning qimmatli tomoni shundaki, unda do-rivor moddalarning bir necha tillardagi nomlari keltiriladi. Hatto bir o'simlik yoki modda bir tilning turli shevalarida turlicha nomlanishi yoki aksincha, bir nom turli shevalarda turli o'simlik nomini bildirishi mumkin. Bu esa dorivor moddalardan amalda foydalanishni ancha qiyinlashtiradi. Aholiga foydalanish oson bulishi uchun modda nominingdielektal variantlarini ham kursa tadi. Bu Beruniyning narsa nomini bilish insonning ma'naviy boyligigina emas, balki katta moddiy boyligi bo'lishi mumkinligini,shuning uchun ham til o'rganishning tengsiz amaliy ahamiyati mavjudligini ta'kidlaydi.
Fikrining isboti sifatida asarning V bobida shunday rivoyat keltiradi. «Xorazm amirlaridan biri kasal bo'lib uzoq qiynaladi.Nihoyat nishopurlik bir tabib uning kasaliga nima davo bo'lishi mumkinligi haqida dorinoma (retsept) yozib yuboradi. Bu dorinomani mahalliy dori-shunoslarga ko'rsatadilar. Ular tavsiya etilgan bu dorivor o'simlikni hech anikugay olmaydilar. Shunda bir kishi ular qidirayotgan dorivor o'simlikni topib berishi mumkinligini, lekin narxi besh yuz dirxam sof kumushdan kam bo'lmasligini aytadi. Amir mulozimlari rozi bo'lishadi.
U kishi mulozimlarga o'simlik tomirini tutqazadi. Bu o'simlik tomiri o'zlari har kuni ko'rib yuradigan oddiy bir chayon o't (krapiva) tomiri edi. Mulozimlarning jahli chiqib, o'n besh dirhamga ham olmaydigan shu tomirni besh yuz dirhamga berasanmi? — deb o'shqiradilar. Shunda giyohfurush javob beradi: «Dorivor moddalar nomini bilish bebaho boylikdir. Sizlar shu o'simlikning nomini bilmaganliklaringiz tufayli kasalning qanchalar qiy-nalishiga sababchi bo'ldilaringiz, tillo bahosiga bo'lsa ham sotib olishga rozi edilaringiz».
Beruniy nomning jamiyat hayotidagi ahamiyatini e'ti-borga olib, o'zining «Saydana» asarida ma'lum dorivor moddaning bir necha tillarda qanday nomlanishini bayon qilish bilan birga, har qaysi tildagi mahalliy nomla-nishiga ham katta o'rin beradi.
Ayrim mutaassib kishilar arab yozuvini Olloh tomonidan yuborilgan, deb ilohiy tuye berayotgan bir paytda, Abu Rayhon Beruniy har qanday yozuv kabi arab yozuvi ham insoniyatning kashfiyoti ekanligini e'tirof etadi. Lekin bu yozuvda ancha noqisliklar bor ekanligi, shuning uchun ham yunon, lotin, hind tilidagi asarlarning arab tiliga qilingan tarjimalarida ayrim nomlarni to'g'ri ifodalash qiyinligi tufayli ko'p nomlarning g'aliz be-rilishini bayon etadi.
Olimning aytishicha, arab yozuvida «katta baxtsizlik» bor. Unli fonemalarning ifodalanmasligi, ko'p harflar-ning bir-biriga o'xshashligi va ularning ayrim nuqgalar orqaligina farkpanishi qator qiyinchiliklarga olib keladi. Agar nukgalar tushib qolsa, ma'noning chiqmay
qolishi, ayniqsa, Dioskorid, Galen, Pavel, Oribaziy singari yunon olimlarining familiyalarini to'liq va to'g'ri ifodalab bo'lmasligini ta'kidlaydi. Shuning uchun yunon familiyalarini originalga qiyoslagan holda transkriptsiya qiladi. Shuningdek, hind so'zlarini berishda bir qancha hind fonemalarining arab tili fonologik tizimida yo'q ekanligini, shuning uchun arab yozuvi orqali bu so'zlarni to'g'ri ifodalab bo'lmasligini aytadi. Natijada u arab yozuviga forslardan foydalangan holda ayrim qo'shimcha harflar kiritadi.
«Saydana» asarini o'kir ekanmiz, Beruniyning qan-chalar chuqur filologik bilimga ega ekanligi haqida to'liq tasavvurga ega bo'lamiz. U nazmning turli nazariy masalalariga bag'ishlab bir qator asarlar yozgan. Shu bilan birga, o'zi ham arab tilida yaxshigina she'rlar ijod etgan. O'ziga-cha bo'lgan yuzlab shoirlarning, bir qancha zamondosh sho-irlarning asarlarini yoddan bilgan va fikrini dalilla-moquchun ilmiy asarlarida bu she'rlardan namunalar kel-tirgan. «Saydana»da 65 ta shoirdan 141 ta she'riy parcha beradi.
Beruniyning qadimgi arab poeziyasiga katta e'tibor berishi tasodifiy emas. Chunki qadimdan yozuv madaniyati-ga ega bo'lmay turib, arablar biror voqeani esda oson saq-lab qolish uchun uni she'rga solganlar. Natijada she'r kishiga estetik zavk bag'ishlovchi vositagina bo'lib kol-may, axborotni avloddan avlodga yetkazuvchi, bilimlarni o'zida to'plovchi vosita vazifasini ham bajargan. Shu bois biron bir dorivor moddaning qanday xususiyatlarga ega ekanligini ham she'rga solganlar. Natijada she'riyat xalq-ning bilimlar to'plamiga aylangan.
«Saydana» asarini yozish uchun muallif yoshligidan dunyoning turli mintaqalarida o'zi bevosita ko'rgak vya yozib olgan dorivor moddalarki berish bilangina cheklanmaydi. Balki o'zigacha bulgan barcha olimlarning yozib qoldir-gan ilmiy merosini sinchiklab o'rganib, ulardan samara-li foydalanadi. Bu modda haqidagi ularning fikrlarini keltirib o'tadi. Asardagi 29 bob va 1116 maqolada dorivor moddalar-ning nomi izohlanadi. Har bir bob bir harfga bag'ishla-nadi. Arab alifbosidagi 28 harfga lom-alifni ham qo'shib, alohida bob qilib beradi. Beruniy uz asarida bu muammo-ning o'ta muhimligini sezgan holda, 4500 dan ortiq arabcha, yunoncha, suriyacha, forscha, xorazmiycha, sug'dcha, turkcha va boshqa tillardagi o'simlik, hayvon, minerallar va ulardan tayyorlanadigan dorivorlar nomlarini to'playdi va izoxlaydi. Natijada o'zdavridagi dorivor atamalarni me'-yorlashtirishda juda katta xizmat ko'rsatadi. Ularni izoq-lash uchun 250 dan ziyod olimlarning asarlaridan iqti-bos keltiriladi. Ular orasida Gippokrat (miloddan oldingi 460—355 yillar), Arastu (miloddan avvalgi 384—322 yillar), Ptolomey XI ning qizi Kleopatra (miloddan avvalgi 69-30 yillar) singari yunon; Arxigen (83—117 yillar.), Galen (129—200 yillar) kabi rim; Choraka (miloddan avvalgi I asr) kabi hind; Masardjavayh (661—750 yillar), mashhur tabib Iso Masihning otasi Ad-Dimash-qiy, Iso Masih, al-Kindiy singari arab olimlari nom-lari alohida o'rin egallaydi. Shu nomlarning o'ziyoq Beruniy «Saydana» asarini yozishga nechog'lik katta tayyor-garlik ko'rganligini, dunyoning menman degan allomalari asarlarini sinchiklab kuzatganligini, qadimgi va zamon-doshlari asarlarida uchragan dorivor moddalar nomlarini hijjalab yiqqanligini ko'rsatadi. Olim bu bilangina cheklanib qolmay, ayrim dorivor vositalarni asar yozilayotgan chog'da bevosita ba'zi shaxslar og'zidan daftarga tushirganligini bayon qiladi.
Natijada «Saydana» asari dorivor moddalar lug'atiga aylanadi. Bu lug'atningxarakterli xususiyati shundaki, muallif foydalanuvchilarga oson bo'lishi uchun dorivor moddalar nomini arab alifbosi tartibida joylashtiradi. Bir harf bilan boshlanuvchi bir necha so'z bo'lsa, ular shu harf bobida ichki alfavit asosida beriladi. Natijada o'zigacha bo'lgan arab leksikofaflarining lug'at tuzish tamoyilaridan ancha farq qiladigan o'ziga xos lug'atga aylanadi. Bu lug'at bir vaqtning o'zida ham izoxli, ham tarjima, ham etimologik, ham dialektologik lug'atning ilk namu-nalaridan sanaladi.
Xususan, lug'atning o'n uchinchi maqolasi o'trunjso'zi-ra bag'ishlanadi. Bu so'z Nishopurda va oddiy so'zlashuvda ko'proq turunjdeyilishi, siriyacha atruka, forscha bod-rang,lotincha sitrondeyilishi ta'kidlanadi. Kimki bod-ringni forscha xiyiromdesa, uni o'trunjgaqiyoslab xiyy-ir-i badrangdeb nomlashini aytadi. Bodrangning etimo-logiyasi haqida to'xtalib, o'zigacha bo'lgan tabiatshunos olim Hamza al-Isfaxoniy vadrang«bu rang o'chmasin» degan ma'noni berishini ko'rsatadi, deydi. Abu Hanifa o'trunjnnarabcha mutkdeb berganligini va bu so'z Qur'-onda ham uchrashini ta'kidlaydi. Galen yunonlar sitron-ni «midiya olmasi» sifatida, o'riknn esa «arman olmasi» sifatida tavsiflashini bayon qilganini ko'rsatadi. Shundan so'ng o'trunj (tsitron) ning Misrda, Tobaristonda, Jurjonda qanday kattalikda va shaklda o'sishini, maza-si qanday bo'lishini bayon qiladi va fikrini isbotlash, so'zni o'quvchi xotirasida yaxshi qoldirish uchun sakkizta shoirdan she'riy parchalar keltiradi.
Yoki o'n yettinchi maqolasi idjas(g'aynoli)ga bag'ishla-nadi. Bu so'z rumcha damasqina, siriyacha hahi akama yoki xuxi nisa, forscha girdi siyaxdeyilishi ko'rsatiladi. Rumcha nomi Damashq shahriga nisbatan olinganligini taxmin qiladi. Forscha idjasning olunomi bilan ham yuri-tilishi va «qora» rangiga ishora qilib, siyoh belgisi
bilan qo'llanilishi va shu bilan sariqrangga ega bo'lgan «o'rik»ni bildiruvchi oludan farkutnishi, o'rikuchun «sarik» rangini bildiruvchi zard (zardolu) belgisining qo'shilishini bayon qiladi. Shundan so'ng g'aynoli (sliva)-ning qora, qizil va boshqa turli ranglarga ega bo'lishi, mazasi haqida fikr yuritiladi. Uningtog'da o'sadigan navi
ham mavjudligi, uni qaynatib, ezib nonga qo'shib pishi-rish mumkinligini aytadi. Tobaristonda nishak, nisha any deyilishi va ko'proq sariq rangda bo'lishi ta'kidlanadi.
Shuningdek, nilk ham g'aynolilar turiga kirishi, uning ikki xil navi mavjudligi, biri — sutday oq, ikkinchisi esa — ochiq qizil rangda bo'lishi, g'aynolining bu ikki turi Beruniyning ona tilida olucha, uning daraxtini esa baru nomi bilan yuritilishini aytadi Beruniy ma'lum bir o'simlik yoki dorivor moddaning turli tillardagi nomlarini bir maqolada keltira turib, tillar o'rtasidagi fonetiko'ziga xoslik haqidaham ma'lumot beradi. Xususan, arab tilidagi saydana va saydanani so'zlari etimologiyasi haqida to'xtalib, bu ikki so'zning boshidagi (sod) (chim)ning arab tiliga moslashtirilishidir, deydi. Fik-rini dalillash uchun bir qator xuddi shunday misollar keltiradi: sыn chinya an, saymun chaymundan, balus baluchlan, sarm charmdan kelib chiqqanligini aytadi. Ana shu asosda saydanani chandanani«sandal daraxti bilan savdo qiluv-chi» so'zidan arab tili fonetikasiga moslashtirish orkali paydo bo'lganini ta'kidlaydi.
Shuningdek, hynd tili bilan arab tili fonologik tizimida katta tafovut borligini bayon qilib, hind so'zla-rini arab tilida berishda bir qadar qiyinchilik borligini aytadi. Ana shu qiyinchilikni bartaraf qilish maq-sadida arab alfavitiga bir qator o'zgarishlar kiritadi.
Qisman forslardan foydalangan holda to'rtta (p, ch, j, g) harfni qo'shadi.
Bundan tashqari forslarda so'z boshida bva vfonema-larining o'zaro erkin almashinishi mumkinligiga diq-qatni jalb etadi va ana shu almashinish asosida ayrim so'zlarning kelib chiqishi haqida fikr yuritadi. Masalan, o'n ikkinchi maqola (paragraf) Abhalga bag'ishlana-di. U rumcha barutanunva barutun, suryoniycha barusa, forscha bursva vurs,zabulcha vurs gundadeb nomlanishini ta'kid-lagan holda, fors tilida b-vfonemalarining talaffuzi bir-biriga yaqin ekanligi, shuning uchun ko'pincha ular bir-biri bilan oson almashinishini aytadi.
Beruniy morfologik birlik bo'lgan morfemalar haqida, ya'ni so'zning ma'noli birliklari haqida ham fikr yuritadi va ularni o'zak hamda o'zak bo'lmagan (affiksal) turlarga ajratadi. Xususan, lotin tilidagi otlar haqida gapirar ekan, rum tilida otlarning «sin», ba'zan «nun» harflari bilan tugallanishi, bu ikki harf lotin gram-matikasida o'zakka kirmasligi, qo'shimcha harf ekanligini ta'kidlaydi.
Yuqorida bayon qilingan fikrlarning o'ziyoq buyuk tabiatshunos olimning tilshunoslikka ham qanchalar dahl-dor ekanligidan guvoxlik beradi.
Beruniy dunyo tillari, ularning farqli xususiyatlari, leksikografiya, etimologiya, grammatika masalalari bo'yicha o'zining ma'lum qarashlarini bayon qildi va bu bilan tilshunoslikning fan sifatida shakllanishi va lingvistik ta'limotning rivojiga ma'lum hissasini qo'shdi.
Ibn Sinoning “Asbob hudud al quruf” asari.
Ibn Sino qomusiy bilim egasi. U, eng avvalo, dunyoga tengi yo'q tabib sifatida tanildi. Ibn Sinoning «Qo-nun fi-t-tib» kitobi asrimiz boshlariga qadar Ovruponing eng nufuzli universitetlarida asosiy qo'llanma sifatida o'qitilib kelindi.
Tibbiyotda shuhrat qozongan buyuk hakim boshqa fan sohalarida ham katta meros qoldirdi. O'rta asrlar fanining rivojiga beqiyos hissa qo'shgan buyuk faylasuf fanning turli sohalarida qalam tebratib, ulkan muvaffaqiyat-larga erishgan qomusiy olim sifatida faqat Sharkda-gina emas, balki G'arbda ham ma'lum va mashhur bo'ldi.
Uning ilmdagi buyuk xizmatlariga mahliyo bo'lgan Mike-lanjelo: «Boshqa olimlarni ma'qullab haqbo'lgandan ko'ra, Galen va Ibn Sinolar orqasidan ergashib xato qilgan yaxshiroqdir», — degan edi. Ibn Sinoning lingvistikaga doyr «Asbobi xudut al xuruf» asari shu kunga qadar til-shunoslar diqTSatini o'ziga rom qilib keladi. Bu asar biz-gacha bir necha qo'lyozmalar orqali yetib kelgan. Ulardan eng eskisi hijriy 569 (milodiy 1173) yilda, so'nggisi esa hijriy 1182 (milodiy 1768) yillarda ko'chirilgan.
Ibn Sino hayoti va ijodi bilan shug'ullangan Abu Ubay-da Juzjoniyning ta'kidlashicha, mazkur asar hijriy 415(milodiy 1024) yilda Tehronda yozilgan.
Hozirgacha yuqoridagi risolaning to'rt nashri mavjud:
1. Qohira nashri. Muhibiddin al-Hatib tomonidan ikki qo'lyozma nusxasi asosida — Britaniya muzeyi (1182-1768 y.) va Teymur (Misr) kitob omboridagi qo'lyozmalar asosida nashr etilgan. Lekin bu nashr ilmiy apparati nuqtai na-zaridan ancha past, shu bilan birgalikda ko'p noaniklik-larga yo'l qo'yilgan qo'lyozmalarga tayanganligi uchun ilmiy jamoatchilik o'rtasida keng ommalashmadi.
2. Qohira nashridan 40 yildan ortikroq muddatdan so'ng 1954 yilda Tehronda professor Parviz Natel Xan-zariy tomonidan ikkinchi nashri e'lon qilindi. Bu nashr e'tiborli qo'lyozmalarga asoslanganligi va ilmiy appa-ratning yuksakligi bilan birinchisidan ajralib turadi.
3.Tiflis nashri (1968) gruzin filologi V. G. Axvlediani tomonidan tayyorlangan bo'lib, unda matnning ruscha tar-jimasi va bu asarning ilmiy talqini ham beriladi.
4. Toshkent nashri uzbek tilshunoslari A.Maxmudov va Q. Mahmudovlar tomonidan tayyorlangan.
Biz Ibn Sinoning lingvistik qarashlariga baho berishda, asosan uchinchi va to'rtinchi nashrga tayanamiz.
Garchi bu asar arab tili fonetikasiga bag'ishlangan bo'lsa ham, lekin ko'p o'rinlarda, ayniqsa, V bobida fors, turk va boshqa tillar materiallari ham kullaniladi. Shuning uchun ham Ibn Sinoning mazkur asari Sibavayhiy singari o'ziga qadar bo'lgan filologlarning asarlaridan farkush ravishda umumiy fonetika masalalarini yoritishga bag'ishlanganligi bilan ajralib turadi.
«Asbob» asari arab tilshunosligi an'anasidan yana shu bilan farqlanadiki, unda fonetik o'zgarishlar masalasi ko'rilmaydi. Tovushlarning fiziologik va akustik xususiyatlari o'rganiladi. Shuning uchun bu fonetika sof sinxron fonetika hisoblanadi.
Asarning arab tilshunosligidagi boshqa asarlardan yana bir farqli jihati shundaki, unda artikulyatsiya tomoni dan yaqin bo'lgan va akustik belgisiga ko'ra farqlanuvchi undoshlar o'zaro zidlangan holda o'xshash va farkdi belgilari ochiladi. Masalan, k-g, q-g' kabi.
Bu shuni ko'rsatadiki, N. S. Trubetskoydan bir necha asrlar oldin Markaziy Osiyo filologlari tomonidan korrelyatov undoshlar ajratilgan va undosh fonemalarni belgilashda asosiy tamoyil sifatida foydalanilgan.
Ibn Sino asarida yana bevosita kuzatishda turli o'zga-rishlar bilan talaffuz qilinuvchi variant bilan bu va-riantning abstrakt bosqichdagi umumlashmasi (invarianta) farklanadi. Xususan, g-g/ 1-G tovushlari bir umumiy-likning ikki xil ko'rinishi ekanligini bayon qiladi.
Ibn Sinoning «Asbob» asari kirish va olti bobdan iborat. Asarning kirish qismida uning yozilish sababla-ri, an'anaga ko'ra kimning sharafiga yozilganligi bayon qilinadi. Asar Abu Mansur Muhammad ibn Ali ibn Umar-ga bag'ishlangan. Muallif shu qismda risolani kuyidagi olti bobga ajratganini bayon qiladi:
1. Tovushning paydo bo'lish sabablari haqida.
2. Nutq tovushlarining paydo bo'lish sabablari haqida.
3. Bo'g'iz va tilning anatomiyasi haqida.
4. Ayrim arab tovushlarining paydo bo'lishidagi o'zi-ga xos xususiyatlari haqida.
5. Bu tovushlarga o'xshash nutq tovushlari haqida.
6. Bu tovushlarning nutqiy bo'lmagan harakatlarda eshitilishi.
Risolaning birinchi bobida, umuman, tovushning paydo bulishi haqida fikr yuritiladi. Muallifning bu masala-dagi bayon qilgan fikri bugunga qadar ham deyarli o'zgarmagan holda takrorlanib kelmokda. Uning ta'kidlashi-cha, har qanday tovush havoning to'lqinsimon tebranishi natijasida paydo bo'ladi. Havoningtebranishida esa bir jismning ikkinchi jism bilan to'qnashuvi (qar) yoki bir jismning ikkinchi jismdan uzilishi (qal) muhim rol o'ynaydi. Har ikki holda ham havoningto'lqinsimon tebranishi ro'y beradi. Ikki jismning to'qnashuvi jarayonida to'qnashuvchi jismlar havoni qisib, muayyan kuch va tezlik bilan harakat yo'nalishi tomon tezroq fazoni bo'sha-tishga majbur qiladi. Bir jismning ikkinchi jismdan uzilishi natijasida ham uzilayotgan jismlar qisilgan havoni muayyan kuch va tezlik bilan fazoni bo'shatishga majbur qiladi.
Har ikki holda ham uzokdashayotgan havo shakl va to'lqin-ni hosil qilishi lozim bo'ladi. To'qnashuv natijasida hosil bo'lgan to'lqin uzilish natijasida hosil bo'lgan to'lqindan kuchliroq tarqaladi. Ko'rinadiki, tabiatdagi tovushlarning qanday paydo bo'lishini Ibn Sino birin-chilardan bo'lib ilmiy asoslab beradi.
Muallif fizikaviy tovushlar bilan nutqtovushlari-ni bir-biridan farklaydi va har ikkisi uchun alohida-alohida atama qo'llaydi. Birinchisi «savt», ikkinchisi esa «harf» atamasi orqali nomlanadi.
Uning fikricha, savt va harf paydo bo'lishiga ko'ra o'zaro umumiy va shu bilan birga, o'ziga xos belgilarga ega. Umu-miyligi shundaki, har ikkisi jismning qisilishi yoki ochilishil natijasida havoning tebranishi tufayli hosil bo'ladi. O'ziga xos tomoni shundaki, harf nutq organlari tomonidan talaffuz qilinadi. Asarda ta'kidlanishicha, harf — bu balandlik va ton bo'yicha o'xshash tovushlarning eshitilish jihatidan bir-biridan farqlanuvchi turidir.
Ibn Sino nutq tovushlarini hosil qiluvchi uch ji-hatni ko'rsatib o'tadi:
1. Ko'krak kdfasida paydo bo'ladigan diafragma va ko'krak muskullari orqali harakatga keladigan havo to'lqini.
2. Havo to'lqinining nutq organlarining turli nuq-tasida to'siqqa uchrashi.
3. Tovushga turlicha tembr ottenkasi beradigan va turli akustik belgi (masalan, dinai «aks sado», gunna «nazal-lik») hosil qiladigan rezonator. Ibn Sino ko'rsatgan yuqoridagi uch jihat bugunga qadar fonetikaga bag'ishlan-gan asarlarda takrorlanib kelmokda.
Muallif nutq tovushlarini tasniflar ekan, unli va undosh tovushlarni bir-biridan farqlaydi: unlilar uchun musannita, undoshlar uchun samita atamalarini qo'llaydi. U arab tilida yigirma sakkizta undosh, uchta unli fonema-larni ajratadi.
Risolada undoshlarning turli xil farkdovchi belgilari asosida tasnifini beradi va atroflicha sharqlaydi. Lekin unlilar haqida qisqacha ma'lumot beriladi, xolos.
Bizningcha, buning boisi shuki, asarda muallif arab tili materiallariga asoslanadi. Arab tilida esa har bir ma'noli birlik asosida undoshlar yotadi. Shuning uchun asosiy e'tibor undoshlarga berilgan. Bu o'rinda shuni alohida ta'kidlash kerakki, arab tilshunosligida Ibn Sinoga qadar unlilar alohida fonologik birlik sifatida qaralmasdan, undoshlarning tar-kibiy qismi sifatida o'rganilgan. Fonemalarni undosh va unlilarga ajratishni Ibn Sinoning jahon tilshunosligi rivojidagi katta xizmati, deb baholamoq lozim.
Undoshlar paydo bo'lish usuli, o'rni, akustik xossasi hamda cho'zikdik, sifat va mikdor belgilariga ko'ra tasnif etiladi. Paydo bo'lish usuliga ko'ra undoshlar portlovchi va sirg'aluvchilarga bo'linadi. Portlovchilar «bi habs tamm» to'liqto'siqni yorib o'tish orqali hosil buladi. Sirg'aluvchilar «bi habs gair timm» esa muallif fikricha, o'pkadan chiqayotgan havoningto'liqbo'lmagan to'siq-dan sirg'alib o'tishi orqali paydo bo'ladi.
Akustik belgisiga ko'ra undoshlarni jarangli (maghura) va jarangsiz (mahmusalapra bo'ladi. Lekin bu bel-giga ko'ra undoshlarga izchil xarakteristika bermaydi.
Ibn Sino undoshlarni paydo bo'lish o'rniga ko'ra batafsil sharhlaydi. Chunki arab tilshunosligi an'anasiga ko'ra, undoshlarning tasnifida artikulyatsiya o'rni (mahraj) yetakchi belgi sifatida qaralgan. Deyarli barcha arab til-shunoslari undoshlarning 16 ta o'rnini ajratadilar. Lekin Ibn Sino o'ziga xos yo'ldan boradi. U har bir undosh-ning o'ziga alohida tavsif beradi. Undoshlar tavsifi bo'g'iz undoshlaridan boshlanib, lab undoshlari bilan tugaydi.
Undoshlar cho'zikdik belgisiga ko'ra, sodda undoshlar (mufrada) va murakkab undoshlar (murakkaba)ra bo'linadi.
O'pkadan chiqayotgan havo to'liqto'siqni birdaniga yorib o'tishidan hosil bo'lgan undosh sodda undosh hisoblana di; to'liq bulmagan to'sikdan qisilib o'tishi natijasida paydo bo'lgan undosh esa murakkab undosh sanaladi. Shunday qilib, sirg'aluvchi undoshlar murakkab undoshlarga to'g'ri keladi.
Shuni ta'kidlash joizki, Ibn Sino undoshlarning artikulyatsiyasiga to'xtalar ekan, nazallashishga ham alo-hida ahamiyat beradi. Nazallikni ifodalash uchun gunna atamasini qo'llaydi: m va n undoshlari talaffuz qilish-da bir qism havo burun orqali o'tishini va bunday undoshlar nazal (gunna) undoshlar ekanligini ta'kidlaydi.
Ibn Sino o'z risolasida nutq organlaridan bo'g'iz va til haqida batafsil ma'lumot beradi.
Bo'g'iz (hangara) uch tog'aydan (gudruf) iborat ekanligi ko'rsatiladi: 1) qalqonsimon (ad-daragi, at-tursi); 2) nom-siz (adim al-ism, al-ladi la smi ladu); 3) cho'michsimon (attargahali, at-targahari).
Asarda bo'g'izning quyidagi harakatlari ko'rsatiladi:
1. Bo'g'izning torayishi. Nomsiz tog'ay qalqonsimon tog'ayga yaqinlashib, unga qisilishi natijasida bo'g'izning torayishi ro'y beradi.
2. Bo'g'izning kengayishi. Nomsiz tog'ay qalqonsimon tog'aydan uzilib, uzoqlashishi natijasida yuzaga chiqadi.
3. Bo'g'izning yopilishi. Cho'michsimon tog'ayning qalqon-simon tog'ay ustiga yopilishi natijasida ro'y beradi.
4. Bo'g'izning ochilishi. Cho'michsimon tog'ayning qal-qonsimon tog'aydan uzilishi natijasida hosil bo'ladi.
Yuqoridagi harakatlar bevosita bo'g'iz mushaklari (mus-kullari) ishtirokida amalga oshadi. Bo'g'iz mushaklari esa ikki guruhga bo'linadi: 1) bo'g'izning o'z mushaklari; 2) bo'g'izning tashqi mushaklari. Muallifning ko'rsati-shicha, bo'g'iz harakatida 22 ta mushak ishtirok etadi. Ulardan 6 tasi bo'g'izning ochilishida, 4 tasi yopilishida, 6 tasi torayishida, 6 tasi kengayishida qatnashadi.
Ibn Sino tilning (lisan) nutq organi sifatidagi tuzilishiga ham atroflicha ma'lumot beradi. U tilni kuyidagi qismlarga bo'ladi:
1. asl al-lisan — til asosi, tilning orqa qismi;
2. garm al-lisan — tilning tanasi. U bevosita chuqur til orqa bilan tutashadi.
Til tanasining o'zi quyidagi qismlardan tashkil topadi:
1) al-guz al-muta’ahhir min al - lisan — til orqa;
2) wosat al-lisan — til o'rta;
3) toraf al-lisan — til yoni;
4) soth al-lisan — til usti;
5) dil’ al-lisan — til uchi.
Muallif tilning harakatida sakkiz mushak ishtirok eti-shini bayon qiladi.
Bu ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, Ibn Sino nutq tovushlarida ishtirok etadigan nutqorganlari haqida keng ma'lumot berishida uning odam anatomiyasidan katta tajibaga ega bo'lganligi qo'l kelgan.
Xullas, Ibn Sino dunyoning beqiyos tabibi, shoir, ulkan musiqashunos, yirik faylasuf, fiziolog olim bulishi bilan birga, arab, fors, turk, lotin, sug' tillarining bilimdoni, ajoyib tilshunos ham edi.
Uning umumiy fonetikaga doyr bildirgan fikrlari hozir qam o'z kuchini yo'qotgani yo'q. Ibn Sino dunyo tilshunosligida fonetika va fonologiyaning rivoji uchun ulkan hissa qo'shgan tengi yo'q olimdir.
Savollar:
1.Qomusiy Olimlardan kimlar tilshunoslikka doir asari bilan alohida ajralib turadi?
2. Arab yozuvi insoniyatning yozuvi deya e'tirof etgan olim kim?
3."Asbob" asarining 4-nashri kimlar tomonidan nashr qilingan?
Test:
1.Beruniyning bizgacha yetib kelgan asarlari soni qancha?
A)140
B)120
C)160
D)150
2. "Saydana" asarining qimmatli tomoni nimada?
A)O'simliklarga xoslanganligi sababli
B)Doraville õsimliklarning bir necha tilda keltirilishi
C)Mahalliy nomlanishi
D)A/C javoblar to'g'ri
3. Ibn Sinoning qaysi asari lingvistikaga oid.
A)"Asbobi xudud al quruf"asari
B) Qomusiy asari
C)Barcha asarlari
D)A / D
4."Asbob" asari kirish qismi necha bobdan iborat?
A)6 bobdan
B)3 bobdan
C)2 bobda
D) 8 bobdan
Test javoblari
1.C 2. C. 3.A. 4.A
Savollar javoblari:
1.Beruniy va Ibn Sino
2.Beruniy
3.A.Mahmudov va K.Mahmudovlar
Do'stlaringiz bilan baham: |