2-Mavzu: Tadbirkorlik sifatlari va ko`nikmalari
Reja:
Tadbirkorning bilishi zarur bo`lgan xususiyatlari.
Tadbirkorlik madaniyatining asosiy belgilari.
Tayanch so`z va iboralar: Tadbirkorlikdagi muhim omil, tadbirkorning shaxsiy xususiyatlari, shaxsiy samaradorlik, shaxsiy samaradorlik konsepsiyasi, tadbirkorlik madaniyati.
Tadbirkorning bilishi zarur bo`lgan xususiyatlari.
Tadbirkor nimalarni bilishi va qilishi kerak? U, eng avvalo, tadbirkorlik faoliyatini qanday amalga oshirishni, qanday sharoitda amaliy harakat qilishni, uchraydigan to`siqlarni hal qilish yo`llarini va qanday yutuqlarga erishishni bilishi darkor. Tadbirkor — ishlab chiqarishni tashkil etishni hamda mahsulotni sotishni, bozor munosabatlari sharoitida yuzaga keladigan aniq sharoitlarni baholashni va to`g`ri yo`l tanlashni bilishi lozim.
Tadbirkorlikdagi muhim omil — bu tadbirkorning shaxsiy xususiyatlari. Shaxsiy samaradorlik – bu yanada ulkan natijalarga erishish, o’z maqsad va vazifalarini murakkablashtirish bo’yicha o’z ustida doimiy ishlash. Yetuk inson o’zining energetik patensialiga ega bo’lishi va uni boshqara bilishi kerak, hatto “tegilmaydigan zahira” atalmish ichki kuchiga putur yetkazmaydigan tarzda tabiat in’om etgan salovatni nazorat eta bilishi kerak.
Shaxsiy samaradorlik konsepsiyasi – bu shunchaki test emas, balki puxta va jiddiy ishlab chiqilgan nazariya bo’lib, Amerika va Kanada psixologi A.Bandura tomonidan ishlab chiqilgan. Uning fikricha shaxsiy samaradorlik- bu “o’zining tashkilotchilik qobiliyatlariga va mo’ljallangan vaziyatni hal etish uchun zarur amallarni bajara olishga bo’lgan ishonch”.
Shaxsiy samaradorlikning to’rtta asosiy resursi mavjud:
Shaxsiy tajriba;
Ijtimoiy tajriba;
Ijtimoiy ishonch;
Ruhiy ko’tarinkilik.
Tadbirkor bo`lish uchun tashqi holatdan tashqari faqat shaxsan o`ziga bog`liqlik tomonlari borki, sarmoya va huquqiy muhit to`la mavjud bo`lganda ham busiz u haqiqiy tadbirkor bo`la olmaydi. Bu uning ishbilarmonlik, tijorat qobiliyatidir.
Ishbilarmonlik juda keng tushunchaga ega. Bu, avvalo, nazariy va amaliy bilimlar yig`indisi bo`lib, bunda, birinchi navbatda, iqtisodiyot asosini, aynan bozor iqtisodiyotini bihsh zarur. Ma`lumki, iqtisodiyotni tushunmay, bozorning farqiga bormay tadbirkor bo`lish mumkin emas. Tadbirkorlar bozor iqtisodiyotining ijodkorlaridir. Chunki ular oddiy ijrochi emas, balki bozor iqtisodiyoti, uning munosabatlari, mexanizmlariga ijobiy yondashuvchilar, rivojlantiruvchilardir, bozor to`g`risidagi tushunchani kengaytiruvchi, uning turliligini ta`minlovchi, haqiqiy holatini boyituvchi shaxslardir.
Bozomi o`z vaqtida sezib borish, uning holatini oldindan ko`ra bilish, bozoming ertangi talabi darajasida ish ko`rish, har tomonlama bihmdon, sezgir, o`tkir bo`lishni talab etadi. Bu aholi turmush darajasi, daromadlar harakati, turli tabaqadagi aholi talabining o`zgarib borishini oldindan bihsh va barcha ishlab chiqarish, tijorat faohyatini shu holatga moslashgan holda o`zgarib borishi uchun intilish demakdir.
Buning uchun tadbirkor har tomonlama bilimdon bo`lmog`i zarur. Shundagina u mazmunan ishbilarmon bo`lishi mumkin. U zamonaviy texnika, texnologiya, tashkilotchilik, bilimdonlik darajasida bo`lmasa, orqada qoladi, raqobatga bardosh bera olmaydi va bozor ishtirokchisi sifatida yuqori darajaga erisha olmaydi. Tadbirkor ish yuritish sohasida barcha omil, chora - tadbir, voqelikka bir xil munosabatda bo`lib, hammasini o`z diqqat markazida tuta bilish qobiliyatiga ega bo`lishi kerak.
Bulardan tashqari, tadbirkor haqiqiy insoniy qobihyatlar va xususiyatlarga ega bo`lishi kerakki, u haqiqatan ham ishboshi, tashkilotchi, boshqaruvchi, ko`pchilikni birlashtira ohsh qobiliya- tiga ega shaxs bo`lishi zarur. Amahyotda o`z shaxsiy manfaatini xalq manfaati bilan bog`lovchi, xalq uchun zarur ishlami o`z hisobiga bajaruvchi, homiylik qiluvchi tadbirkorlar juda ko`p. Har tomonlama ilg`or, yuqori madaniyath, xalqparvar va xalq oldida katta obro`ga ega badavlat tadbirkor-sohibkorlar, ayniqsa, rivojlangan, iqtisodiyoti yuqori darajadagi mamlakatlarda oddiy holatdir.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanishni xohlagan insonlar ega bo`hshi lozim bo`lgan (yoki rivojlantirish imkoniyatiga ega bo`lgan) ma`lum xususiyatlar mavjud. Agar tadbirkorlami boshqa insonlar guruhi bilan turh xususiyat va ko`nikmalami baholash orqah solishtiradigan bo`lsak, tadbirkorlar bir qator o`ziga xos xususiyatlar mavjudligi bilan ajralib turadilar, xususan:
Do'stlaringiz bilan baham: |