Qo’shma tadbirkorlik va qo’shma korxona. Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri qo’shma tadbirkorlik bo’lib, qo’shma korxona ko’rinishida tashkil etiladi. Qo’shma tadbirkorlik - bu umumiy strategik maqsadlarga erishish uchun bir ne-cha tashkilotlar mulki va ishchanligini birlashtirishdir. Uni ro’yobga chiqarish uchun ishtirokchilar o’z kuch-g’ayratlari va mulklarini bir-lashtirib, qo’shma korxona tuzadilar, olinadigan daromad va ehiimol qilinadigan tavakkalni o’zaro taqsimlab oladilar. O’zbekistonda boshqa mamlakatlardagi firma, kompaniyalar investitsiyalari ishtirokida tuzilgan qo’shma korxonalar rivojlanib bormoqda. Qo’shma korxonalar va qo’shma ishlab chiqarishlar tashkil etish xalqaro integratsiyada muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Ayniqsa, bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida bo’lgan mamlakatlarning o’z mahsulotlari bilan jahon bozori-ga chiqishlari uchun kuch-g’ayratni birlashtirish yangi imkoniyatlar yaratadi. O’zbekiston ham xalqaro mehnat taqsimoti afzalliklaridan foy-dalanishga intilib, mamlakatda chet el tadbirkorlari uchun qulay inves-titsion muhit yaratgan. Qo’shma tadbirkorlik iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurish, texnika va texnologiyani yangilash jarayonini tezlashtirish, sanoatni, xususan, qayta ishlash sanoatini rivojlantirishga katta yordam beradi. Qo’shma tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlar uchun hamkorlikning yangi shakli bo’lib, ikki yoki bir necha mamlakatlarning mahsulot ishlab chiqarish va sotish, ilmiy-’texnika, investitsiya va boshqa sohalarda bilimlari, kuch-g’ayratlari, mablag’larini birlashtirib, yangi pog’onalarga ko’tarishga olib keladi.
Qo’shma tadbirkorlikni ro’yobga chiqarish shakli qo’shma korxona hisoblanadi. Qo’shma korxona - bu bir necha davlat vakillari hisob-langan ishtirokchilarning mulklarini birlashtirish, xo’jalik faoliyatini birgalikda boshqarish va olingan foydani taqsimlash kelishuvlariga asoslangan qo’shma xo’jalik tashkilotidir. Qo’shma korxonalar tuzish-dan maqsad mamlakatga ilg’or texnika, texnologiya, mahsulot sotish va ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish progressiv usullari, xorijiy sarmoyani jalb qilishdir. Imtiyozli xorijiy kreditlarni olish, ichki bozorni to’ldirish va eksportni kengaytirish, import o’rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqarishni oshirish va buning evaziga valuta zaxiralarini ko’paytirish hisoblanadi. Qo’shma korxona turli mulkdorlarning qo’shma mulk shakliga asoslangan bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qo’shma korxona ta’sischilari O’zbekiston va boshqa davlat fuqarolari va yuridik shaxslari bo’lishi mumkin.
Qo’shma tadbirkorlik shaklidagi xalqaro hamkorlikning asosiy xususiyatlari quyidagilar:
tomonlarning xomashyo xarid qilish va uni qayta ishlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish, texnologikxizmat ko’rsatish, ilmiy tadqiqot-lar va ishlanmalar, mahsulot ishlab chiqarish va sotishni moliyalash va boshqa sohalardagi uzoq muddatli hamkorligiga mo’ljallanganligi;
umumiy maqsadga erishish uchun hamkorlarning binolar, inshootlar, mashinalar, uskunalar, pul mablag’lari va boshqa shakldagi mulklarining birlashtirilishi;
hamkorlar tomonidan kiritiladigan sarmoya asosida korxona nizom jamg’armasi va boshqaruv organlarini birgalikda moliyalash;
korxona foydasini uning ta’sischilari o’rtasida, qoida tariqasida, ularning nizom jamg’armasiga qo’shgan hissasiga muvofiq taqsimlash;
- ehtimol qilingan zararni hamkorlar o’rtasida ularning xo’jalik
faoliyatini amalga oshirishdagi ishtirokiga muvofiq taqsimlashda ifo-
dalangan birgalikdagi tavakkal va birgalikdagi cheklangan mas’uliyat.
Demak, qo’shma tadbirkorlikning asosiy belgilari qo’shma mulk, birgalikdagi boshqaruv, foyda va tavakkalni taqsimlash hisoblanadi.
Qo’shma tadbirkorlik tashqi bozorga chiqishga yondashuv sifatida bir qator afzalliklar yaratadi va yuqori talablar qo’yadi:
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va rivojlantrishga hamkorlarning yuqori manfaatdorligini shakllantirish;
mahsulot ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy samaradorligi uchun hamkorlar mas’uliyatini oshirish;
-tovarlar ishlab chiqarish, ularni sotishga tayyorlash, sotish va undan so’nggi xizmatlarni ko’rsatishda kuch-g’ayratlarni birlashtirishga hamkorlarning intilishlari.
Qo’shma korxonada turli mulk shakllarini birlashtirish natijasida o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan mulkning yangi shakli-qo’shma (aralash) mulk va yangicha ishlab chiqarish munosabatlari shakllanadi. Bu jarayonda qo’shma korxona tashkil etgan "ona" korxonalardagi mulkchilik shakli vaxarakteri, qo’shma korxona joy lashgan mamlakat-dagi ijtimoiy - siyosiy tuzum vau uerda hukmron bo’lgan ishlab chiqarish munosabatlari asosiy rol o’ynaydi.
Qo’shma korxona mustaqil xo’jalik yurituvchi yuridik shaxs bo’lib, boshqaruv, direktorlik va taftish komissiyasi kabi boshqarish organlariga ega bo’ladi. U turli tashkiliy-huquqiy shaklda bo’lishi mumkin (mas’uliyati cheklangan jamiyat, qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat, ak-siyadorlar jamiyati va boshqalar), SHunday qilib, qo’shma korxonalar turli-tuman bo’lib, quyidagicha tasniflanadi.
Qo’shma korxona ishtirokchilari qaysi davlatlar vakillari bo’lishiga qarab:
O’zbekiston-Rossiya;
O’zbekiston - O’rta Osiyo boshqa davlatlari;
O’zbekiston-Mustaqil Davlatlar Hamkorligi (MDH) boshqa
a’zolari;
O’zbekiston-uzoq xorijiy davlatlar.
Qo’shma tadbirkorlik uchun birlashtirilgan mulk shakllariga qarab:
Faqat xususiy mulkka asoslangan;
Xususiy mulk va davlat mulkiga asoslangan;
Faqat davlat mulkiga asoslangan.
SHuni ta’kidlash lozimki, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qo’shma korxonalar xorijiy sarmoya (investitsiya)ning hissasi bo’yicha quyidagi ikki guruhga ajratiladi:
Qo’shma korxona - uning nizom sarmoyasida xorijiy hamkorning ulushi 30 foiz va undan yuqori miqdorni tashkil etadigan korxonalar;xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona - uning nizom sarmoyasida xorijiy hamkorning ulushi 30 foizgacha miqdorda bo’lgan korxonalar.
Respublikada qo’ shma tadbirkorlikni rivoj lantirishni rag’ batlantirish maqsadida yuqoridagi korxonalarning birinchi tipi uchun yaxshiroq shart-sharoit yaratish va ko’proq imtiyozlar ko’zda tutilgan.
Hamkorlarning maqsadlari va faoliyat turlari bo’yicha:
a) ilmiy tadqiqotlar olib borishga mo’ljallangan qo’shma korxonalar - yangi mahsulot, uskuna, texnologiya va boshqa ko’rinishdagi "nou-xau" yaratish uchun tajriba, ilmiy natijalar, loyiha ishlanmalari va boshqa fan-texnika yutuqlarini birlashtirish maqsadida tuziladigan korxonalar;
b) ishlab chiqaruvchi qo’shma korxonalar - xorijiy hamkorning bunday korxona tuzishdan maqsadi mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish jarayonlaridagi xarajatlarni qisqartirish bo’lib, bunga xorijiy va mahalliy hamkorlarning komplektlovchi detallari, xorijiy investorning ishlab chiqarishni tashkil etish tajribasi va mahalliy hamkorning xom-ashyosi, ishchi kuchini birlashtirish yoki kooperatsion aloqalarning boshqa shakllari asosida erishish mumkin;
xarid qiluvchi qo’shma korxonalar - xorijiy hamkor korxonasida tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun kerakli xomashyo, yarim tay-yor mahsulotlarni arzonroq narxlarda mahalliy bozorlarda sotib olish maqsadida tuzilgan korxona;
sotish bilan shug’ullanuvchi qo’shma korxona - ishlab chiqa-riladigan mahsulotni qo’shma korxona joylashgan mamlakatda ham, boshqa uchinchi mamlakatlarda ham sotish uchun yangi bozorlarni o’zlashtirish maqsadida tuziladigan korxona;
f) kompleks qo’shma korxona - har xil faoliyat turlari bilan shug’ullanuvchi korxona.
5. Qo’shma tadbirkorlik ishtirokchilari soni bo’yicha:
ikki tomon ishtirokida tuzilgan qo’shma korxona-hamkorlaridan biri chet mamlakat vakili bo’ladi;
uch tomon ishtirokida tuzilgan o’shma korxona: hamkorlaridan biri yoki ikkitasi chet mamlakatlar vakillari bo’lishi mumkin;
d) tomonlarning boshqa variantlardagi hamkorligida tuzilgan qo’shma korxona.
SHunday qilib, qo’shma tadbirkorlik va qo’shma korxonalar O’zbekiston va uning har bir mintaqasida rivojlanib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |