2-мавзу. Суғуртанинг назарий асослари ва иқтисодий моҳияти reja: Sug’urta tushunchasi va unga xos bo’lgan asosiy belgilar. Sug’urta iqtisodiy kategoriya sifatida


-rasm. Sug’urta zahiralarining turlari



Download 76,01 Kb.
bet3/3
Sana25.02.2022
Hajmi76,01 Kb.
#464317
1   2   3
Bog'liq
2-мавзу.Маъруза (2)

1-rasm. Sug’urta zahiralarining turlari.
“Sug‘urtalovchilarning sug‘urta zahiralari to‘g‘risida NIZOM”ga ko’ra umumiy sug’urta tarmog’ida faoliyat ko’rsatuvchi sug’urta tashkiloti majburiy ravishda “ishlab topilmagan mukofotlar zahirasi”ni hamda “xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zahirasi”ni va “sodir bo’lgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zahirasi”dan tashkil topgan zararlar zahirasini shakllantiradi. Hayot sug’urtasi tarmog’ida faoliyat ko’rsatuvchi sug’urta tashkiloti esa majburiy ravishda “Mukofotlar zahirasi”ni shakllantiradi. Bundan tashqari, sug’urta tashkilotlari faoliyat xususiyatidan kelib chiqqan holda 1-rasmda keltirilgan zahiralarni tashkil etishlari mumkin. Ushbu ixtiyoriy zahiralar ichida keng qo’llanib kelinayotgan zahira “Ogohlantirish tadbirlari zahirasi” hisoblanadi.
4. Sug’urtaning iqtisodiy tabiati uning funktsiyalarida o’z aksini topadi. Moliya, kredit kabi iqtisodiy kategoriyalar bilan bir qatorda sug’urta ham bir qator funktsiyalarni bajaradi. Ta’kidlash lozimki, iqtisodiy adabiyotlarda sug’urtaning funktsiyalari bir necha ko’rinishda talqin etiladi. Masalan, i.f.d., prof. V.M.Rodionova rahbarligida chop etilgan “Finansi” o’quv qo’llanmasida sug’urta ikkita funktsiyani bajarishi ko’rsatib o’tilgan. Bu funktsiyalar quyidagilardan iborat: qayta taqsimlash va nazorat funktsiyasi. I.f.d., prof. H.R.Sobirov sug’urta quyidagi funktsiyalarni bajarishini qayd etadi: “xavf-xatar; ogohlantirish; investitsiya; omonat; axborot”.
Ko’rinib turibdiki, prof. H.R.Sobirov sug’urtaning 5 ta funktsiyaga ega ekanligini qayd etadi. Fikrimizcha, bu funktsiyalarning ba’zilari tegishli bahs-munozarani talab etadi. Xususan, sug’urtaning investitsiya funktsiyasi. Investitsiya – sug’urta tashkilotlari uchun funktsiya emas, balki asosiy sug’urta faoliyatiga qo’shimcha ravishda amalga oshiriladigan faoliyatdir. Investitsiyasiz ham sug’urta tashkilotlari faoliyat ko’rsatishlari mumkin. Ammo, sug’urta tashkilotlari vaqtincha bo’sh turgan mablag’larini investitsiya qilish orqali qo’shimcha daromad oladi. Funktsiya doimiylik xarakteriga ega va u o’zgarmasdir. Sobiq sovet hokimiyati davrida davlat sug’urta organlarining mablag’lari investitsiya qilinmas edi. Bozor munosabatlariga o’tish munosabati bilan sug’urta tashkilotlarida investitsiya faoliyati bilan shug’ullanishga imkoniyat tug’ildi. Shuning uchun biz investitsiyani sug’urtaning funktsiyasi bo’la olmaydi, deb tasdiqlashimiz mumkin.
Ayni shunday fikrlarni axborot funktsiyasi haqida ham gapirish mumkin. Sug’urtalanuvchilarga sug’urta tashkilotlari haqida ma’lumot berish bu sug’urtaning axborot funktsiyasi mavjudligini anglatmaydi. Sug’urta tashkilotlarining tijorat siriga kiruvchi ma’lumotlari umuman axborot sifatida berilmaydi. Sug’urtaga axborot funktsiyasi xosligi unchalik ham o’z isbotini topmagan.
Bizning fikrimizcha, sug’urta quyidagi funktsiyalarni bajaradi:

  • Sug’urta fondini tashkil etish bilan bog’liq funktsiya.

  • Sug’urta fondidan foydalanish bilan bog’liq funktsiya.

  • Nazorat funktsiyasi.

Yuqorida qayd etilgan funktsiyalar sug’urta faoliyatida doimiy hisoblanadi va har qanday sharoitda o’zgarmasdir. Sug’urta faoliyatini amalga oshirish uchun, albatta, sug’urta tashkilotida etarli miqdorda pul mablag’lari fondi bo’lishi lozim. Agar, sug’urtalovchi pul fondini, ya’ni sug’urta fondini tashkil etmasa, uning moliyaviy ahvoli murakkablashishi mumkin. Tashkil etilgan sug’urta fondining mablag’lari qat’iy maqsadli xarakterga ega bo’lib, u faqat sug’urta hodisalari ro’y berganda qoplama berish uchun ishlatiladi. Sug’urta fondining mablag’larini boshqa maqsadlarda ishlatish mumkin emas. Sug’urta fondi mablag’lari davlat tomonidan olib qo’yilishi va soliqqa tortilishi mumkin emas
Sug’urta fondini tashkil etish bilan bog’liq funksiya.
Muayan sug’urta hodisalari yuz berishi natijasida sug’urtalanuvchiga etadigan moddiy zararlarni qoplashni ko’zda tutuvchi, sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchi o’rtasida tuziladigan sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urtalanuvchi to’laydigan sug’urta mukofoti hisobidan sug’urta fondini tashkil etish jarayoni sug’urtalovchining funksiyasidir.
Sug’urta fondidan foydalanish bilan bog’liq funksiya.
Sug’urta shartnomasida ko’zda tutilgan sug’urta hodisalari natijasida sug’urtalanuvchi ko’radigan moddiy zararni qoplash uchun oldindan tashkil etilgan sug’urta fondidan to’lovni amalga oshirish sug’urta fondidan foydalanish funksiyasidir.
Nazorat funksiyasi.
Sug’urta hodisasi yuz berishining oldini olish maqsadida sug’urtalovchi tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar sug’urtaning nazorat funksiyasidir.


1Ўзбекистон Республикасининг «Суғурта фаолияти тўғрисида»ги Қонуни, 3-модда.

23Қаранг: Иқтисодиётни эркинлаштириш ва ислоҳотларни чуқурлаштириш - энг муҳим вазифамиз. Президент И.Каримовнинг 1999 йилда мамлакатни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2000 йилда иқтисодиётни эркинлаштириш ва ислоҳотларни чуқурлаштиришнинг устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси.// «Халқ сўзи» газетаси, 2000 йил, 16 февраль.

3 Қаранг: Insurance: Principles and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 1993. p. 1 b. 3.

11Қаранг: Insurance: Principles and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 1993. p.1 b. 4.

22Қаранг: Ефимов С.Л. Энциклопедический словарь. Экономика и страхование. М.: Церих -ПЭЛ, 1996. I-Х, с. 347.
3 Ўзбекистон Республикасининг «Суғурта фаолияти тўғрисида»ги Қонуни, 3-модда.

Download 76,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish