2-мавзу. Суғуртанинг назарий асослари ва иқтисодий моҳияти reja: Sug’urta tushunchasi va unga xos bo’lgan asosiy belgilar. Sug’urta iqtisodiy kategoriya sifatida



Download 76,01 Kb.
bet1/3
Sana25.02.2022
Hajmi76,01 Kb.
#464317
  1   2   3
Bog'liq
2-мавзу.Маъруза (2)


2-мавзу. Суғуртанинг назарий асослари ва иқтисодий моҳияти
REJA:
1. Sug’urta tushunchasi va unga xos bo’lgan asosiy belgilar.
2. Sug’urta iqtisodiy kategoriya sifatida.
3. Sug’urta fondlari, ularning shakllanishi va foydalanish yo’nalishlari.
4. Sug’urtaning funktsiyalari.

Тabiiy va boshqa stixiyali kuchlar ta’siri natijasida yuzaga keladigan zararlarni qoplash, oldini olish hamda ogohlantirish uchun maqsadli yo’nalishdagi pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar yig’indisiga sug’urta deyiladi.


Risk - sug’urta munosabatlari paydo bo’lishining asosiy shartidir. Risk bo’lmas ekan, sug’urtaning bo’lishi mumkin emas. Riskning hajmi, miqdori ehtimollar nazariyasi va matematik statistika usullari yordamida aniqlanadi.
Sug’urta risklarini tahlil qilish ularni 2 ta yirik guruhga bo’lishni taqozo etadi: sug’urtalanishi mumkin bo’lgan va sug’urtalanishi mumkin bo’lmagan risklar.
Risk sug’urtaviy va sug’urtasiz bo’ladi. Sug’urta shartnomalarida o’z aksini topgan risklar sug’urtaviy risklar deyiladi.
Riskning eng katta guruhini sug’urtalanishi mumkin bo’lgan risklar tashkil etadi. Quyida keltirilgan mezonlar asosida sug’urtalanishi mumkin bo’lgan risklarni farqlash mumkin:

  1. Risk tasodifiy xarakterga ega ekanligi;

  2. Sug’urta hodisalarini ro’y berish faktining vaqti va makoni noma’lum bo’lishi.

Xavf solish manbasiga ko’ra risklar: tabiatning stixik kuchlari bilan bog’liq risklari va moddiy boylikni o’zlashtirish jarayonida insoniyatning tabiatga ta’siri bilan bog’liq risklarga bo’linadi.
Risk menejment (riskni boshqarish) - riskni chegaralash yoki kamaytirish bilan bog’liq tadbirlar yig’indisi. Amaliyotda riskni boshqarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Рискни аниқлаш;
Рискни баҳолаш;
Рискни назорат қилиш;
Рискни молиялаштириш.
Sug’urta faoliyati iqtisodiy infratuzilmaning ajralmas qismi sifatida bir tomondan, ijtimoiy kafolatni ta’minlasa, ikkinchi tomondan, shartnomaviy majburiyat va tariflar mexanizmi orqali turli sug’urta risklaridan ogoh etish negizida iqtisodiyot sub’ektlari manfaatlarining himoyasini ham o’z zimmasiga oladi.
Sug’urta faoliyati jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini himoya qilish, ularning risklar yuz berishi oqibatida ko’rishi ehtimol bo’lgan zararlarini qoplashning zaruriy vositasi sifatida paydo bo’ldi hamda rivojlandi. Shunday anglanilgan zarurat - aniq sug’urta manfaatlari negizida sug’urta munosabatlari yuzaga keldi.
Sug’urta munosabatlari, ularning tashkiliy shakllari qandayligidan qat’i nazar, sug’urta fondini yaratish va undan foydalanish jarayonidir. Sug’urta munosabatlari - murakkab va keng qamrovli moliyaviy-pullik iqtisodiy munosabatlar bo’lib, ular yuzaga kelishi uchun o’zaro bog’liq shart-sharoit majmuasi mavjudligi muhimdir.
O’zbekistonda tadbirkorlikning rivoj topishi jarayonida ushbu faoliyat bilan bog’liq turli risklarning yuz berishi ehtimoli ortganligi, shuningdek, ijtimoiy hayotning o’zida namoyon bo’lishi mumkin bo’lgan qarama-qarshiliklar sub’ektlarning sug’urta faoliyatiga, xususan, risklar transferiga bo’lgan munosabatlarini ijobiy tomonga o’zgartirdi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda sug’urta faoliyatida talab darajasidagi risk transferi shakllanishi va rivojlanishi hamda uni ilmiy asosda o’rganish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, iqtisodiyot sub’ektlarining erkinliklari kengayib borayotgan, ular tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish)ning yangi turlari o’zlashtirilishi sug’urta faoliyatida risk transferining ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq etish va takomillashtirishga bo’lgan ehtiyojni orttirmoqda.
Sug’urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini to’liqroq ochib berish uchun ilmiy adabiyotlarda bu masalaga bo’lgan yondashuvlarni o’rganish maqsadga muvofiqdir.
Sug’urta fondlari tashkil etish manbasiga va foydalanish yo’nalishiga qarab, uch ko’rinishda bo’ladi:
-o’z-o’zini sug’urtalash fondlari. Bu fond har bir oilada va xo’jalik sub’ektida tashkil etiladi va oila-a’zolarining kundalik hayotida, korxonalarda esa ishlab chiqarish jarayonida vaqtincha yuzaga kelgan qiyinchiliklarni oldini olishga xizmat qiladi;
-davlatning markazlashgan sug’urta fondlari. Markazlashgan sug’urta fondlari umumdavlat resurslari hisobidan tashkil etiladi. Bu fondni asosan favqulodda hodisalar ro’y berganda paydo bo’lgan zararlarni qoplashga ishlatiladi;
-sug’urta yo’li bilan tashkil etiladigan sug’urta fondlari. Bu fond sug’urtalanuvchilar tomonidan to’langan mukofotlar hisobidan tashkil etiladi. Sug’urta fondi faqat pulli shaklda va u qat’iy maqsadli yo’nalishda foydalaniladi, ya’ni sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchi o’rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, sug’urta qoplamasi yoki sug’urta summasini to’lashga ishlatiladi.
2. Bozor munosabatlari takomillashuvi iqtisodiy infratuzilmaning qaror topishi bilan birgalikda kechadigan jarayondir. Sug’urta faoliyati iqtisodiy infratuzilmaning ajralmas qismi sifatida bir tomondan, ijtimoiy kafolatni ta’minlasa, ikkinchi tomondan, shartnomaviy majburiyat va tariflar mexanizmi orqali turli sug’urta risklaridan ogoh etish negizida iqtisodiyot sub’ektlari manfaatlarining himoyasini ham o’z zimmasiga oladi.
Sug’urta faoliyati bozor munosabatlarining eng muhim unsuriga aylandi. «Sug’urta faoliyati deganda sug’urta bozori professional ishtirokchilarining sug’urtani amalga oshirish bilan bog’liq faoliyati tushuniladi»1. «Shu narsa aniqki, bugungi kunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar... sug’urta tizimisiz samarali ishlash, investitsiya faoliyati bilan shug’ullanish, kredit olish imkoniyatiga ega emas»2.
Shu o’rinda, ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish)da uzluksizlikni ta’minlash imkoniyatini yaratish maqsadiga yo’naltirilgan, mulkchilik shakllariga ko’ra, maxsus qayta taqsimlash munosabatlari tizimi mavjudligi iqtisodiyot sub’ektlari ravnaqiga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda ularning mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda daromad olishlari kabi manfaatlari yuzaga chiqadi.
Sug’urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini to’liqroq ochib berish uchun ilmiy adabiyotlarda bu masalaga bo’lgan yondashuvlarni o’rganish maqsadga muvofiqdir. Ularda «sug’urta-xizmat ko’rsatish industriyasi»3 ekanligi qayd etilgan, shunga asoslanib, keyingi yillarda xalqaro iqtisodiy atamashunoslikda «xizmatlar iqtisodiyoti nazariyasi» qaror topayotganligini ta’kidlash mumkin.
Sug’urta faoliyatida o’z mohiyati nuqtai nazaridan, aynan «xizmat» tushunchasi fundamental hisoblanadi. Sug’urtachi tomonidan taklif etilayotgan «xizmat» o’zida dastlab moddiylikni aks ettirmaydi, ya’ni u o’z mijoziga faqat «va’dani sotadi». Shu nuqtai nazardan xalqaro savdoda unga «ko’rinmaydigan faoliyat»1 deb ham tasnif beriladi. Sug’urtalanuvchiga shartnoma tuzilganligini tasdiqlovchi dalil-hujjat sifatida «polis»2 beriladi xolos. Sug’urta shartnomasida sug’urtalanuvchiga sug’urta voqeasiga ko’ra, ko’rishi ehtimol bo’lgan zararining ekvivalent qiymatidagi pul to’lovi (ayrim hollarda mol-mulk ko’rinishida) ta’minlanishi nazarda tutiladi. Shartnomaning bajarilishi unda qayd etilgan ma’lum davr oralig’ida amalga oshiriladi.
«Sug’urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to’laydigan sug’urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug’urta hodisasi) yuz berganda, ushbu shaxslarga sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urta tovonini (sug’urta pulini) to’lash yo’li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi»3.
Иқтисодиётнинг амал қилиши тўғрисидаги анъанавий иқтисодий назарияларда суғурта унинг иқтисодий муҳим бўлмаган бир қисми сифатида, ёки бошқача қилиб айтганда, иқтисодиётнинг одатдаги, яъни амал қилиш механизми унинг бошқа қисмлари сингари бўлган оддий сектор сифатида қаралган. Аслида эса, суғурта ўзининг бизга маълум бўлган ва маълум бўлмаган жиҳатлари билан инсоният ривожланишининг зарур элементи сифатида муҳим ҳисобланади. Фақатгина илмий тадқиқотлар, илмий асослар ва масалаларни илмий ёритиш билан инсоният фаолиятида суғуртанинг олдига қўйиш мумкин бўлган талаблар аниқланади.
Cуғуртага молия категориясининг қисми сифатида қараб келинмоқда. Бизнингча бундай қараш суғуртанинг асл моҳиятини тўлиқ очиб бермайди ва суғуртанинг барча хусусиятларига мос келмайди.Ушбу масалага аниқлик киритиш учун молия ва суғуртанинг функциялари ва амал қилиш принципларига эътибор қаратишимиз керак. Маълумки, молиянинг учта функцияси мавжуд бўлиб, булар: тақсимлаш, назорат ва тартибга солиш функциялари. Молия ушбу функцияларни алоҳида олинган мамлакат ялпи ички маҳсулотига нисбатан амалга оширади. Яъни яратилган ялпи ички маҳсулот қайта тақсимланади, қайта тақсимланган маҳсулотнинг ишлатилиши устидан назорат олиб борилади. Бундан ташқари, давлат ўз олдига қўйган мақсадларини амалга оширишда молия ёрдамида тартибга солиш вазифасини амалга оширади. Ушбу вазифа функция сифатида, жисмоний ва юридик шахсларнинг алоҳида олинган маълум қисми учун эмас, балки барчаси учун амалга оширилади.
Суғуртада эса ҳолат бутунлай бошқача, унинг функцияларида молиянинг функцияларига ўхшашлик маълум даражада мавжуд бўлсада, фарқлар катта қисмни ташкил этади. Суғуртадаги молияга хос бўлмаган хавф-хатар функцияси суғуртанинг асосий функцияси ҳисобланади. Суғуртада ҳам тақсимлаш функцияси амал қилсада, аммо бу функция фақат унинг аъзолари (ўзаро суғуртада) ва суғурталанганлар (тижорат суғуртасида) учун амал қилади. Фақат суғуртага ҳос бўлган огоҳлантириш ва олдини олиш функцияси борки, бу суғуртанинг ўзига хослигини ўзида акс эттиради. Суғуртанинг омонат ва инвестиция функциялари ҳам суғуртага хос функциялар ҳисобланади. Суғуртанинг ўзига хос принциплари ҳам борки, булар тўғрисида кейинги бўлимларда сўз юритамиз.
Юқоридагиларга асосланган ҳолда суғуртани молия категориясининг қисми эмас, балки алоҳида, ўзига хос хусусиятларга эга бўлган алоҳида категория дея эътироф этишга барча асослар бор.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008 yil 15 dekabrda 1882-son bilan ro‘yxatga olingan Moliya vazirining 2008 yil 20 noyabrdagi 107-son buyrug‘i bilan tasdiqlanagan “Sug‘urtalovchilarning sug‘urta zahiralari to‘g‘risida NIZOMI” asosida sug‘urta zahiralari shakllantiriladi. Shuningdek, mazkur nizom sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta zahiralarini hisoblash uslubi hamda shakllantirish va joylashtirish tartibi talablarini belgilaydi.

Download 76,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish