shaxsning dinamik funksional
buzilishini
ko’rib chiqamiz:
8-jadval
1.
Ishonch va ishonchsizlik krizisi
1 yoshgacha davrdagi vaqt
2.
Uyat va shubhaning aksi avtonomlashishi
2-3 yoshda
3.
Shaxsning yo’naltirilganligi.
Shakllanish usuli – tarbiya
dunyoqarashi,e’tiqodlari,ideallari,
intilishlari,qiziqishlari,istaklari
4.
Shaxs tajribasi. Shakllanish usuli-ta’lim
bilim, malaka, ko’nikma, odatlar
5.
Psixik protsesslarning xususiyatlari.
Shakllanish formasi – mashqlar
diqqat,sezgi,idrok,xotira,taffakur,
xayol,hissiyot,iroda
6.
Biolopsixik xususiyatlar.
Shakllanish formasi – trenirovka
oily
nerv
faoliyatining
tipi,
temperament,layoqatlar,jinsiy farq
Z.Freyd tomonidan ishlab chiqilgan «psixoanaliz» nazariyasini psixodinamik,
noeksperimental nazariyalarga kiritish mumkin. Bu nazariyada shaxsning butun hayoti olinib,
shaxs sifatida uni ta’riflash uchun uni ehtiyoj va motivlari ko’rib chiqiladi.
Gumanistik nazariya namoyondalari A.Maslou va K.Rodjerslar shaxs bo’lib
shakllanayotgan insonga shaxsni mukammalashishining asosi o’z-o’zi aktivlashtirishga intilish
asosiy xususiyat deb hisoblaydilar. «Individ» va «shaxs» tushunchalari bir-biriga o’xshash
bo’lmagani singari, o’z navbatida, shaxs va individuallik birlikni tashkil qiladi, lekin ular bir-biriga
o’xshash emas. «Shaxs» va «individuallik» tushunchalari qanchalik darajada birlikdan iborat
bo’lganiga qaramay, bir-biriga mos kelmasligining o’zi ham shaxsning tuzilishini kishining
individual-psixologik xislatlari va fazilatlaridan tarkib topadigan allaqanday shakl sifatida
tasavvur qilish imkoniyatini bermaydi. «Shaxs» va «individuallik» tushunchalari aynan bir-biriga
o’xshaydi, deb tan olinadigan va shaxsga tabiatan ijtimoiy munosabatlar subyekti sifatida,
individning tizimi tarzidagi, ijtimoiy fazilat sifatida qaraladigan psixologiya fanining ayrim
yo’nalishlarida shaxs bilan individuallikning tuzilishi bir-biriga tobora mosligi tan olinadi. Bunday
psixologik maktablar va yo’nalishlarning vakillari individuallikning tuzilishi aniq ta’riflab berilsa
bas, bu kishining shaxsini to’lig’icha o’z ichiga oladi va ta’riflab beradi, degan nuqtai nazarni
ilgari suradilar. Haqiqatda esa, agar shaxs hamisha o’zining muayyan ijtimoiy muhiti bilan
«haqiqiy munosabatlar» subyekt sifatida namoyon bo’lishi inobatga olinadigan bo’lsa, shaxsning
tuzilishiga muayyan ijtimoiy guruhlar, jamoalar faoliyati va munosabatida tarkib topadigan ana
shu «haqiqiy munosabatlar» va aloqalar muqarrar tarzda kiritilishi shart. Jumladan, psixologiyada
individuallikning ko’pgina xislatlari - moslashuvchanlik, tajovuzkorlik, moyillik darajasi,
tashvishlanish va shular kabilar aniqlangan. Bular jamlanib individning o’ziga xosligini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |