Tafakkur xaqida umumiy tushuncha.
Psixologiyada tafakkurga nisbatan berilgan qator tushunchalar mavjuddir, jumladan, jarayon, fikr yuritish faoliyati, bashorat qilish, anglashilgan bilimlar, aql mezoni, fahmlilik va boshqalar. Yuritilgan fikrlarga suyangan holda, tafakkurga quyidagi shartli ta’rifii berish mumkin:
Tafakkur atrof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bavosita, umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon, ijtimoiysababiy bog‘lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va bashorat qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir. Ta’rifda tafakkurning eng muhim xususiyatlari va funksiyasi sanab o‘tilgan, ya’ni so‘z (fikr) bilan, umumlashtirib, bavosita, ijtimoiysababiylik, yangilik ochish, bashorat qilish, jarayon, faoliyat va boshqalar. Bizningcha, berilgan ta’rifdan kelib chiqqan holda tafakkur predmetini aniqlashga harakat qilinsa maqsadga muvofiq ish qilingan bo‘lar edi. Tafakkur predmetini belgilash mashaqqati uning murakkab bilish jarayoni ekanligini yana bir karra tasdiqiab turibdi.
Tafakkur amaliy faoliyat asosida xissiy bilishlardan paydo bo‘ladi va xissiy bilish chegarasidan ancha tashkariga chikib ketadi. Bizning dunyoni, uning sir – asrorlarini tushunishimizning zaminida narsa va hodisalarning biz uchun shaxsiy aloqasi, ahamiyatliligi darajasi yotadi. Ana shunday dunyoni tushunishimiz, anglashimiz va unga ongli munosabatimizni bildirib, izxor qilishimizga aloqador bilish jarayoni psixologiyada tafakkur, fikrlash deb ataladi. Tafakkur – inson ongining bilish ob’ektlari xisoblanmish narsa va hodisalar urtasida murakkab, har tomonlama aloqalarning u bilishini ta’minlovchi umumlashgan va mavxumlashgan aks ettirish shaklidir.
Aslida tafakkur va fikrlash jarayonlarining nakadar murakkab tabiatga ega ekanligidan dalolat beradi. Lekin shunday bo‘lsa ham shuni ta’kidlash joizki, birinchidan, tafakkur va fikrlash jarayonlari – bu bilish jarayonlari;
Ikkinchidan, ular ham shaxs tomonidan borlikni aks ettirish shakli, umumlashtirib, bilvosita aks ettirish shakli;
Uchinchidan, bu jarayonlar ham eksperimental psixologiya tomonidan o‘rganiladi;
Turtinchidan, tafakkur bilishning eng oliy va yukori darajadagi shaklidir.
Tafakkurning oliyligi va murakkabligi shundaki, u idrokdan farqli, bevosita aks ettirish bo‘lmay, narsalar va ularning xossalarini ular yuk paytda ham aks ettirishga imkon beradi. Kallamizga kelgan barcha uy – hayollar – bu fikrlardir. Normal insonni fikrsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, har on, har dakikada odam miyasi qandaydir fikrlar bilan band bo‘ladi. Ularni tartibga solish, keragiga dikkatni qaratish, ichki yoki tashqi nutq vositasida uni yechish – fikrlash jarayonidir. Tafakkur sezgilar va idrok qilish jarayonlari orqali tashqi olam bilan bevosita bog‘lanadi hamda shu tarika tashqi olamni aks ettiradi. Hissiy bilish yetarli bo‘lmay qolgan yoki xatto ojizlik qilib kolgan joyda tafakkur boshlanadi. Fikrlar muvakkat nerv bog‘lanishlari differensirovka kilinishi, ya’ni ayrim nerv bog‘lanishlarini mustahkamlanishi boshqalarining tarmoklanishi natijasida mukammallashadi va aniqlanib boradi. Miya pustining bunday faoliyati analitik faoliyat deyiladi. Shunday qilib, miya pustining murakkab analitik sintetik faoliyati tafakkurning fiziologik asosi xisoblanadi, miya pustining bu faoliyati esa ikkala signal sistemasining baravar ishlashi bilan bog‘liqdir. Akademik I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati xakidagi ta’lmotiga binoan tafakkurning nerv – fiziologik asosida birinchi va ikkinchi hamda signallar sistemasining o‘zaro bog‘liqlikdagi munosabati hamda ikkinchi signallar doirasida yuzaga keladigan asotsatsiyalar muvvaqqat aloqalar yotadi. Bundan tashkari, tafakkurning nerv-fiziologik asosi bosh miya pustining butun faoliyati bilan bog‘liqdir. Chunki tafakkur jarayoni tashqi olamdagi narsa va hodisalarni Tula va chukur aks ettirishdan iboratdir. Odamning tafakkur faoliyati uchun faqat xissiy bilish bilan o‘zaro aloqada bulishigina muhim ahamiyatga ega bo‘lib kolmay, balki til bilan nutq bilan o‘zaro aloqada bulish ham muhim ahamityaga yegadir. Inson tafakkuri til va nutq bilan chambarchas bog‘liqdir. Tafakkur zaruriy tarzda suzning moddiy kobigida mavjuddir. Tafakkur faoliyati insoniyatning tarixiy tarakkiyoti davomida bilimlarni uzlashtirish uchun ham masalan, bolalar tomonidan uzlashtirilishi va mutlako yangi bilimlar ochish, egallash dastaval olimlar tomomnidan kashf etilishi uchun ham zaruriy asos bo‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |