Universal binolar deb ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zgartirishga oson moslashadigan yoki arxitektura-qurilish qismini o‘zgartirmasdan ichiga har xil ishlab chiqarishni joylashtirishni ta’minlaydigan binolarga aytiladi
Moslashuvchanligiga qarab bir qavatli sanoat binolari 3 guruhga bo‘linadi: 1 - kamroq moslashuvchan ustunlar to‘ri 12 x 12, 12 x 18 m; 2- o‘rtacha moslashuvchan ustunlar to‘ri 12 x 24, 18 x 18, 18 x 24 m; 3- yuqori darajada moslashuvchan ustunlar to‘ri 12 x 36, 12 x 60, 18 x 36, 18 x 48, 36 x 36, 48 x 48, 60 x 60 m.
Ustunlar to‘ri ko‘p qavatli binolarda 6 x 9, 12 x 6, 6 x 18, 9 x 9, 12 x 12, 12 x 18 m va undan katta qilib olinadi. Universal binolarning oddiy binolardan farqi ularda osma transport vositalarini qo‘llash ashyolarni tejashga va bino tannarxini tushirishga olib keladi.
1960-yillardan boshlab birxillashtirilgan namunaviy oraliq (BNO) va birxillashtirilgan namunaviy seksiyalarga (BNS) o‘tila boshlangan.
Sanoat binolari qurilishida namunaviylashtirish va birxillashtirish natijasida qurilishda ishchilar soni kamayadi, mehnat unumdorligi oshadi va qurilish muddati qisqaradi.
Bino o‘lchamlari, ularni elementlari, qurilish konstruksiyalari va sanitar–texnik jihozlari bilan birga, ma’lum qonuniyat asosida asosiy modul (M=100m)ga bo‘ysunadi. Sanoat qurilishida vertikal, gorizontal o‘lchamlarda yagona modul tizimi sifatida 1M =600mm qabul qilingan.
Loyihalashda modul sestimasini qo‘llashdan maqsad, faqat bino detallar o‘lchamini asosiy modulga qoldiqsiz bo‘lishini ta’minlash bo‘lmasdan, binoning industirlashtirilgan konstruksiya va detallarini yagona o‘lcham sonini kamaytirishdan iborat. Shuning uchun ham loyihalashda yiriklashtirilgan modul yani asosiy modulga taqsimlanadigan modul qo‘llaniladi: 6M=600mm, 12M=1200mm, 30M=3000 mm, 60M=6000mm.
Mayda o‘lchamlarini belgilashda kasrli 50mm, 20mm, 10mm, 5mm, 2mm, 1mm (1/2M, 1/5M, 1/10M,1/20M, 1/50M, 1/100M) modullar ishlatilishiga ham ruxsat etilgan. Loyihalash va qurilish amaliyotida o‘lchamlarini quyidagicha aniqlash qabul qilingan. Nominal o‘lcham ( ), modul o‘qlari orasidagi
me’yoriy choklar va tirqishlar hisobga olingan masofa. Konstruktiv o‘lcham ( ) qurilish elementining nominal o‘lchamidan choklar va tirqishlar kattaligi hisobga olinmagan loyihaviy o‘lchamidir.
Haqiqiy o‘lcham ( ) element yoki konstruksiyaning tayyor xoldagi loyihaviy o‘lchamidan qabul qilingan cheklanishlar chegaralariga farq qiladi. Bir qavatli binolarda oraliq eni va kalonnalar qadami 60m, poldan yopmani yuk ko‘taruvchi konstruksiyasining pastki qismigacha 6m olinadi.
Ko‘p qavatli binolarda oraliq eni 30m (oraliq 6m dan 12m gacha bo‘lganda) va 60m (oraliq 12m dan yuqori bo‘lganda), ustunlar qadami 60m, qavatlar balandligi 6m va 12m olinadi (balandligi 4. 8 m va undan ortiq bo‘lsa). Bir qavatli sanoat binolarida ko‘priksimon kran bo‘lmasa oraliq eni 6; 9; 12; 18; 24;30;36m, ko‘priksimon kranlar bo‘lsa, oraliq eni 18;24; 30;36m va undan kattaroq (faqat 6m dan oshib boradi) qabul qilinadi.
Эътиборингиз учун рахмат!!
Do'stlaringiz bilan baham: |