Narxlar haqida.
SVGA zichligi va 1000 – 1200 ANSI – lyumen yorqinlikka ega LCD – proektorlarining boshlangich narxi 2000 $ dan biroz ko’proqni tashkil etadi. To’g’ri sotuvda zichligi VGA va yorqinligi 100 ANSI – lyumendan sal ko’proq bo’lgan LCD – proektorlari ham uchraydi (masalan, Sharpfirmasining proektorlari) va ularning narxi 1000 $ dan past. Аlbatta tushunarli, narxi ham muhim hisoblanadi, nomi tanilmagan firmaning yoki mashxur firmalarning eskirgan modellari hech bir yaxshirok tasvirni yaratib bera olmaydi. Testlar ko’rsatishicha, ba`zi bir nomi mashxur bo’lmagan ishlab chiqaruvchilarning yorug’lik oqimi ikki marotaba va undan ham oshirib ko’rsatilishini isbot qilib berdi.
Shunday qilib aytaylik 1000 ANSI – lyumen proektorni siz harid qilar ekansiz haqiqatda siz ikki barobar kam yorqinlikka ega proektor sotib olasiz. Haqiqiy kontrastligi, nurlarni birlashtirishi, tasvir bir tekisdaligi bo’yicha ham xuddi shunday. Yana bir muhim ko’rsatkich ham bor – bu lampali blokining xizmat, ishlash muddati hisoblanadi. Shu narsa ma`lumki, proektorlarda oddiy lampalar emas, maxsus lampalar (shu bilan birga ma`lum turdagi proektorlar uchun o’zining modeli) qo’laniladi. Shunday qilib ishlab chiqaruvchisi nomi noma`lum arzon proektorlarda ishlash muddati 500 soatdan oshmaydigan lampalar qo’llanilgan bo’ladi (haqiqatda esa undan ham kam), lampali blok esa 200 $ dan kam turmaydi. Masalan, Hitachi proektorlarida qo’llaniladigan lampalarning ishlash muddati 2000 soatni tashkil etadi (haqiqatda esa undan ham ko’proq) va yorqinligi 50 % foizni yo’qotmaydi (agarda xatto proektorni kuniga 8 soat ishlatsa ham, bu 250 ish kunini tashkil etadi).
Аytish kerakki Hitachi proektorlariga ikki yillik kafolat beriladi, boshqa ishlab chiqaruvchilar esa – faqatgina bir yil. Endi uylab ko’ring, noma`lum modelli, noma`lum ishlab chiqaruvchining lampasi kuyib qolsa (yoki prektor chet davlatdan olib kelingan bo’lsa) siz pulingizni yo’qotish bilan birga yana bunday topilmas lampani sizga hech kim olib kelib bermaydi ham. Birok aytish mumkinki, umuman LCD – proektorlari – uni to’g’ri ishlatgan taqdirda juda ishonchli va kamchiliksiz qurilma hisoblanadi.
Proektorlarni ishlatish qoidasi
Hamma kompyuterlar va elektron qurilmalar uchun odatiy bo’lgan uchirib yokish, shnurlarini qattiq tortmaslik talablarini tushuntirib o’tirishning hojati yo’q buo’sa kerak. Bular hammasi hamma erda bir xil. Har qanday videoproektor uchun harorat rejimi asosiy hisoblanadi. Proektorda kuchli yorug’lik oqimi qo’llaniladi, u LCD – panelini kizdiradi, proektorning sovutish tizimi esa ma`lum xaroratni ushlab turadi. albatta bilamizki, optik tizim (u ishlash jarayonida kuchli elektrik zaryadlanadi ham) changni yoqtirmaydi, shuning uchun proektorlarda changga qarshi filtrlardan foydalaniladi, ular bizning issiq iklimimizda tez ifloslanadi. Shuning uchun birinchi vazifa ikki haftada bir marta filtrlarni tozalab turish kerak. Proektorlardan juda ham tutunli bo’lgan xonalarda (masalan, restoranlarda) filtrlarni ko’proq tozalab turish kerak. Hitachi kompaniyasi, masalan, tutundan saqlovchi maxsus filtrlardan foydalanishni taklif etadi. Ba`zan proektorlarga haddan tashqari e`tiborlilik ham uning buzilishiga sabab bo’lishi mumkin. mening hayotimda shunday bir hodisa yuz bergan, juda ham ehtiyotkor bir odam proektorning tagiga sochik yozib qo’ygan, shu bilan uning tagidan filtrlarga havo kirish yo’lini yopib qo’ygan. Qizib ketganligini xabar qiluvchi lampaga u e`tibor bermagan, bundan tashqari proektorning tez-tez avariya holatida o’zi o’chib qolishiga ham e`tibor bermagan (himoya vositasi ishlaganda) oqibatda matritsa qizib biroz erigan, yorug’lik filtri ham. Lekin proektor uchun eng yomoni (lampa uchun ham) maxsus o’chirish knopkasidan foydalanmay, balki elektr manbai shnurini tortib olish yuli bilan uni tusatdan o’chirish hisoblanadi. Proektorni darxol o’chirib bo’lmaydi tasvir o’chib bo’lgandan keyin ventilyator undan issiq havoni xaydab chiqarishi, qizigan qismlarni sovutishi, shundan keyin ventilyator avtomatik ravishda o’chgandan so’nggina shnurni elektr manbaidan chiqarib olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |