2-mavzu: qurilish milliy iqtisodiyotning muxim tarmog‘i sifatida


Qurilishni rivojlantirishda banklar, soliq va boshqa moliyaviy muassasalarning o‘rni



Download 76,5 Kb.
bet3/3
Sana29.03.2022
Hajmi76,5 Kb.
#516868
1   2   3
Bog'liq
МАЪРУЗА-2

2.3. Qurilishni rivojlantirishda banklar, soliq va boshqa moliyaviy muassasalarning o‘rni

Qurilishda bankning roli juda katta. chunki, u barcha qurilish ishtirokchilari: buyurtmachi, loyixachi, pudratchi va taxminotchi tashkilotlar (korxonalar) o‘rtasidagi moliyaviy aloqalarni amalga oshiradi. Bunda u mavjud qonun-qoidalarga amal qiladi.


Bundan tashqari banklar qurilish tashkilotlariga qaytib berish sharti bilan qisqa va uzoq muddatli kredit tarzida mablag‘ ajratish mumkin. Banklarning bu yo‘nalishdagi xizmatlariga bugungi kunda, ya’ni bozor munosabatlari shakllanayotgan davrda yanada ko‘proq zaruriyat tug‘ilmoqda.
Qurilish tashkilotlari ijaraga olingan asosiy fondlar uchun ko‘rsatilgan xar xil xizmatlar uchun va boshqa turdagi to‘lovlarni xam banklar orqali amalga oshiradi.
Banklarning eng asosiy vazifalaridan yana biri qurilish tashkilotlarining ortiqcha pul mablag‘larini o‘zida saqlab turadi. Ularni qurilish tashkilotining masxul shaxslari tomonidan beriladigan talabnoma asosida ko‘rsatilgan muddatda kerakli miqdorda qaytartish kafolatini beradi.
Soliq davlat tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatidan keladigan daromadlardan yoki ularning mol-mulklaridan majburiy undiriladigan to‘lovlardir. Soliq tizimi deganda esa milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida uning bir qismini davlat ixtiyoriga olish shakli va tartibi tushuniladi.
Undirish usuliga ko‘ra soliqlar to‘g‘ri va egri soliqlarga bo‘linadi. To‘g‘ri soliqlar mol-mulkka va daromadga bevosita joriy etiladi. Bularga mol-mulk solig‘i, er solig‘i, daromad solig‘i va transport solig‘i kabilar misol bo‘la oladi. Egri soliqlar esa yaratilgan maxsulot yoki ko‘rsatilgan xizmatlar narxlariga ustama foizlar ko‘rinishida joriy etiladi.
Bugungi kunda bizning Respublikamizda soliqlarning quidagi turlari mavjud:
1. Qo‘shimcha qiymat solig‘i;
2. Korxonalarning daromad solig‘i;
3. Aksiz solig‘i;
4. Axolining daromad solig‘i;
5. Er solig‘i;
6. Mol-mulk solig‘i;
7. Ish xaqi fondi solig‘i
8. Transport solig‘i
9. Aftomabillarni qayta sotish solig‘i.
10. Qimmatbaxo qogozlar solig‘i va boshqalar.
Soliqlarni to‘lash shaklan majburiy bo‘lsada, xar bir yuridik yoki jismoniy shaxs uni ixtiyoriy to‘lashga odatlanishi lozim. CHunki soliqlar davlat byudjetini to‘ldirish vositalaridan biridir, Bu to‘lovlarning xalq manfaati yo‘lida qayta xizmat qilishni unutmaslik kerak.
Soliqlarning vazifasini shartli ravishda to‘rtga bo‘lish mumkin:
1.Davlat g‘azna (byudjet) sini doimo to‘ldirib borish.
2.Ishlab chiqaruvchilar uchun iqtisodiy qulay muxit yaratish (soliqdan ozod etish, imtiyozlar berish va x,k,)
3.Qayta taqsimlash orqali xalq xo‘jaligining muxim soxalari uchun investitsiya fondlarini yaratish.
4.Ishlab chiqaruvchi va fuqarolarni sotsial ximoya qilish (masalan ish xaqi va daromad oshgan sari soliq foizining oshib borishi).
Byudjetga kelib tushish manbaiga qarab soliqlar jismoniy va xuquqiy shaxslardan undirilgan soliqlarga bo‘linadi. Jismoniy shaxslardan daromad solig‘i, axolidan mol-mulk, transort, er, reklama, texnika vositalarini qayta sotish solig‘i kabilar olinadi.
Xuquqiy shaxslardan esa QQS, aksiz solig‘i, Respublikadagi chetga olib ketiladigan maxsulotlar solig‘i, qimmatli qog‘ozlar solig‘i, daromad solig‘i, korxonalar mol-mulk solig‘i, jamoa a’zolarining mexnat xaqi fondi solig‘i, sanoat qurilishi solig‘i kabilar olinadi.
Byudjetga o‘tkazish nuqtai nazaridan davlat soliqlari va maxalliy soliqlar mavjud. Soliq qonunchiligida soliqlarning qaysi biri to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat byudjetiga tushishi aniq qilib ko‘rsatib qo‘yilgan. SHu bilan birgalikda davlat byudjetiga tushgan soliqlarning ma’lum bir qismi qayta taqsimlanib maxalliy byudjetga o‘tkazilishi xam Respublikamizdagi soliq tizimining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ekanligini unutmasligimiz kerak.

MAVZUNI QAYTARISH BUYICHA SAVOLLAR.


1.Qurilishning xalq xo‘jaligini rivojlantirishda tutgan o‘rni to‘g‘risida nimalar deya olasiz?


2.Qurilish maxsuloti to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
3.Qurilishda bozor munosabatlari qanday shakllanadi?
4.Qurilishda banklar qanday rol o‘ynaydi ?
5.Qurilishda soliqning qanday turlari mavjud?
Download 76,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish