Ongning bir qator xarakteristikasi bo‘lib, ular quyidagilardir:
1. Ongning birinchi xarakteristikasi atrof-muhit voqea hodisalarini anglashdan iborat. Ongning strukturasiga insonning bilish jarayonlari kiradi. Inson ana shu bilish jarayonlari yordamida o‘z bilimlarini doimo boyitib boradi.
2. Ongning ikkinchi xarakteristikasi - sub’yekt bilan ob’yekt o‘rtasidagi farqlilikni anglash, ya’ni odam “men” degan tushuncha bilan “mendan boshqa” degan tushunchani anglab yetishidir.
3. Ongning uchinchi xarakteristikasi - ong yordami bilan odamning maqsadni ko‘zlash faoliyati ta’min etiladi. Faoliyat maqsadlarini yaratish ongning funksiyasiga kiradi.
4. Ongning to‘rtinchi xarakteristikasi - odamning muayyan munosabatlarini ongning tarkibiy qismiga kirishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |