Ongning xususiyatlari. S.L.Rubinshteyn quyidagi ong xususiyatlarini ajratib ko‘rsatadi: munosabat o‘rnatish bilish, boshdan kechirish (kechinma). Ongning har bir xususiyati kam hollarda yoki faqat bilish, yoki faqat kechinma, yoki faqat munosabat bo‘lishi mumkin; ko‘pincha shu uch xususiyat birlashgan holda ko‘rinadi. Ammo bu uch tarkibiy qism-ning (komponentlarning) har birini ifodalanish darajasi turlicha. Shuning uchun har bir ong xususiyatini, psixologik tushunchasini koordinata sistemasining uch muhim nuqtasi sifatida ko‘rish mumkin. Ong mexanizmini tahlil qilishda aqliy metaforani bartaraf qilish muhimdir. Ong bu faoliyat sistemasi mahsuli va natijasidir, unga nafaqat miya balki shaxs, jamiyat ham kiradi. Bu sistemalarning muhim xususiyatlari unga yetishmayotgan funksiyaga oid organlar, o‘ziga xos yangidan yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |