2-mavzu. Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to‘G‘risidagi fan. Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi tayanch tushunchalar


Pedagogikaning asosiy kategoriyalari va tushunchalari



Download 294,61 Kb.
bet4/34
Sana14.01.2022
Hajmi294,61 Kb.
#362903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
2-mavzu

1.4. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari va tushunchalari

Pedagogika fani mustaqil fan tarmog‘i sifatida hamma vaqt o‘zining asosiy tushunchalariga ega. Biroq bu tushunchalarning ayrimlari davr va hukmroi mafkuraning g‘oyalari asosida o‘zgarib turgan.

Yangilanayotgan bugungi pedagogika ilmidagi tushuichalar va ta’riflar esa, asosan, milliy istiqlol mafkurasiga mos, umuminsoniy qadriyatlar va milliy o‘ziga xoslik bilan birgalikdagi uyg‘unlik asosida yaratilmoqda.

Pedagogikaniig birbiri bilan uzvny bog‘langan muhim tushunchalari quyidagilardir: tarbiya, ta’lim, ma’lumot, inson kamoloti, insonning shakllanishi, o‘qitnsh, tarbiyaning asosiy qonunlari va maqsadi, pedagogik jarayon, pedagognk muhit, tarbiya turlari (aqliy, huquqiy, iqgisodiy, mehnat, ekologik, axloqiy, jismoniy va estetik), tarbiya uslublari, ta’lim metodlari, pedagogikpsixologik tushuichalar (ruhiyat, shaxs, faoliyat, o‘zo‘zini anglash, muloqot, ruhiy jarayon va holat, malaka, qobiliyat, jo‘shqinlik, xarakter, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, sezgi, hissiyot, o‘rgannsh va o‘rgatish).

Yuqorida keltirilgan pedagogik tushuncha (kategoriya) larning barchasiga ta’rif berish va izohlash mavzuimiz hajmiy darajasi imkonidan tashqari bo‘lganligi bois pedagogikada eng ko‘p qo‘llaniladigan asosiy tushunchalargagina izoh berishni lozim topdik.

Tarbiya har bir insonning hayotda yashashi jarayonida orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarining ijobiy ko‘nikmasini o‘zgalarga berish jarayoni.

Ta’limga umumiy tarzda quyidagicha ta’rif berish mumkin:

ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan, rejali ravishda amalga oshiriladigan o‘qituvchio‘quvchilarning o‘zaro muloqotmunosabati bo‘lib, o‘quv fanlariga oid tushinchalarni va yetakchi g‘oyalarni o‘quvchilar ongiga singdirib borishga asoslanadi. Buning natijasida o‘quvchida ma’lumot, tarbiya va umumiy shakllanish, rivojlanish amalga oshadi.

Ta’lim berish o‘quvchilarga bilimni tartibli bayon qilish jarayonidir. Ta’lim va tarbiya uzviy bog‘langan jarayon bo‘lganligi sababli tarbiyalangan komil inson aqliy kamolotiga tartibli ta’sir ko‘rsatish orqali ilmli, barkamol inson bo‘lib yetishadi.

Ta’lim inson aqliy kamolotini yuzaga chiqaruvchi pedagogikatarbiyashunoslikning bir qismidir. Pedagogikaning didaktika bo‘limi uni atroflicha o‘rganadi.

Ma’lumot o‘qitish va o‘zicha mustaqil bilim olish jarayoni bo‘lib, uning natijasida kishida bilim, iqtidor, malaka va ijobiy qobiliyatlarning rivojlanganligi, ilmiy dunyoqarashning shakllanganligi nazarda tutiladi. Pedagogik ma’lumot o‘rta va oliy darajada bo‘lib, o‘rta ma’lumot maxsus akademik litsey, pedagogik kollejlarda bosqichln shaklda boriladi. Natijada o‘rta ma’lumot haqidagi guvohnoma beriladi. Oliy pedagogik ma’lumotli mutaxassislar universitetlarda, pedagogika institutlarda, bakalavriat va magistratura bosqichlarida tayyorlanadi

Odam biologik mavjudot sanaladi, tabiiy, biologik va ijtimoiy qonuniyatlarga bevosita bo‘ysunadi.Boshqacha qilib aytganda, shaxs, inson tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga, yoshlaranatomiyasi va fiziologiyasining maxsus qonunlariga bo‘ysunadi. Bulardan tashqari odamning komil inson bo‘lib yetishuvida aniq maqsad asosida tashkil etilgan xattiharakat, iroda sifatlarining kamol topipga asosida ayrim nuqsonlarning bartaraf etilishi qiyinchiliklarni yengib o‘tishga bo‘lgan ishonchi ham muhim ahamiyatga egadir.




Download 294,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish