qismi yerga singib, iyun oyining oxiri va iyulning boshlarida deyarli qurib qolgan.
Bunday ahvol shubhasiz, savdo karvonlarining suvsiz cho‘llarini kesib o‘tishi uchun
katta qiyinchiliklar tug‘dirgan. Shu sababli cho‘llar orqali shaharlararo qatnaydigan
karvonlarni yoz oylarida suv bilan ta’minlash muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
Qoqlardagi suvni kichikroq hajmdagi chuqurroq joylarga to‘plab, intensiv
parlanishdan saqlash maqsadida qadimgi irrigatorlar karvon yo‘llari bo‘ylab
cho‘llardagi qoqlarga va ba’zan buloqlar ustiga maxsus suv inshootlari qurishgan.
Bunday inshootlar «sardoba» nomi bilan mashhurdir.
Sardobalar anchagina murakkab qurilgan. Ular turli xil hajmda bo‘ladi. silindr
shaklida yerga o‘yib ishlangan sardoba hovuzuning chuqurligi 10-15 m, diametri 12-
16 m va devorining qalinligi 1-1,5 metrga boradi. Masalan, Jizzax shahridan 35 km
shimoli sharqda, Yangierdagi 26-sovxoz territoriyasida joylashgan «Yog‘ochli»
degan sardobaning kattaligi 25*25=26*26 va 27*27 sm va qalinligi 5-5,5 sm bo‘lgan
to‘rt burchakli pishiq g‘ishtlardan
qurilgan, uning diametri 15,2 m va devorining
qalinligi 1,4 metrga teng. Shunisi ajoyibki, sardobalardagi
suvning mazasi ham,
rangi ham hech qachon buzilmay, doimo muzdek va toza saqlangan. Chunki
sardobalarni loyihalashtirgan qadimgi binokor-irrigatorlar inshootga to‘plangan
suvning buzilmaslik chorasini juda ustalik bilan hal etishgan. Buning uchun sardoba
gumbazining uch tomoniga bir nechta (3 tadan to 9 tagacha) ravoqsimon
ventilyatsiyalovchi darchalar va tepasiga bitta muri ishlangan. Ventilyatsiyalovchi
mo‘ri va darchalar doimo inshoot
ichidagi havoni tozalab, unga salqinlik berib
turgan. Masalan, «Yog‘ochli» sardobaning uch tomonida uchta darchasi bo‘lib,
darchalarning tashqarisida balandligi 2 m, eni 80 santimetrga teng bo‘lgan. Sardoba
hovuziga suv quyiladigan maxsus suv yo‘li hamda undan suv olib chiqadigan
peshtoqli kirish yo‘lagi bo‘lib, yo‘lakdan zinapoyalar orqali hovuz ichiga tushilgan.
O‘zbekiston territoriyasidagi tekshirilgan sardobadar: Yog‘ochli, Mirza,
Malik,
Qorovulbozor, Talimarjon va boshqalar, ishlatilgan qurilish materiallariga
qaraganda, masalan, Malik sardobasi XI asrda va qolganlari XIV-XVI asrlarda bino
qilingan. Buni tarixiy manbalarda keltirilgan ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. Masalan,
o‘rta asr mualliflaridan Badriddin Kashmiriyning «Ravzatur
rizvon va Xadikatul
g‘ilmon» nomli tarixiy asarida yozilishicha, XIV asrning 90-yillarida Buxoroning
yirik feodal ruhoniylaridan juybor xo‘jalari tomonidan o‘rta Osiyo cho‘llarida
karvon yo‘llari bo‘ylab unta sardoba bino qilingan. Chunki juyborlarning cho‘llarida
katta chorva xo‘jaligi bo‘lib, ular Buxoro xonligining ichki va tashqi savdosida
salmoqli o‘rinni tutgan. Masalan, juyborlardan birgina xo‘ja Sa’dning 25 ming bosh
quyi, 5 ming bosh tuyasi va 1,5 ming bosh yilqisi bo‘lgan.
Sardobalardan, garchi mulkdor feodallar ko‘proq manfaatdor bo‘lgan
bo‘lsada, ularni oddiy mehnatkash xalqdan chiqqan mohir irrigator va binokor
ustalar bunyod etishgan.
Shubhasiz, sardobalar dashtlardagi chorva mollarini va