Ta’lim muassasalari rahbarlariga qo‘yiladigan asosiy talablar
Ishda to‘g‘ri yo‘lni tanlay olish, vaziyatni pedagogik tahlil qila bilish;
vaziyatdan to‘g‘ri chiqa bilish, har bir ishga ijodiy yondoshish;
o‘zining shaxsiy ibrati, ishga bo‘lgan munosabati bilan pedagogik jamoani o‘z ortidan ergashtira bilish;
pedagogik mahorat va boshqara olish mahorati, fan yutuqlarini o‘zlashtirish;
yangi g‘oyalar, ichki imkoniyatlarni qidirib topib, uni amaliyotga tatbiq etish;
Umummadaniyatlilik, ziyolilik, milliy qadriyatlarni qadrlash;
jahon madaniyati durdonalaridan xabardorlik, dunyoqarashning kengligi;
mehribonlik, insonparvarlik, shaxsni hurmat qilish;
Har bir pedagog xodimga uning xarakteri, imkoniyatlari va ehtiyojidan kelib chiqib vazifa berish;
jamoa ishonchiga kirish, aytilgan fikr, taklif, qabul qilingan qarorning o‘z vaqtida bajarili-shiga erishish;
pedagogik jamoa, ta’lim oldida turgan vazifalar, maqsadlar, istiqbolni aniq belgilash;
odamlar bilan o‘zaro samimiy munosabat o‘rnatish, muloqotga kirishish, jamoani ishontira bilish;
yordam berish, xodimlar kayfiyatini ko‘tarish, ixtiyoriy-majburiy o‘z orqasidan ergashtirish;
har bir ishning muqobil variant-larini e’tiborga olish va amalga oshirish;
mantiqli, qisqa, lo‘nda, obrazli fikrlay bilish, fikrni qiyomiga yetkazish, o‘z so‘zamolligi bilan suhbatdoshi (yoki jamoa) qalbiga kirish kabilar rahbarda mujassam bo‘lmog‘i kerak;
fidoyilik, mas’uliyatlilik, poklik, qat’iyatlilik, jur’atlilik, jamoasi manfaati yo‘lida jonkuyarlik ko‘rsatish;
mehnat-sevarlik, adolatlilik, o‘ziga va o‘zgalarga talabchanlik ko‘rsatib, barchaga namuna bo‘lishi;
pedagoglarga ko‘proq erkinlik va mustaqillik berishi, ularning har bir qadamini nazorat qilishdan saqlanishi;
yangiliklarni joriy qilayotganda yo‘l qo‘ygan xatolarini kechirishi, ularni o‘zlari to‘g‘rilashi uchun vaqt va imkoniyat berishi;
pedagog xodimlarga sust, shijoatsiz, mujmal topshiriqlar bermaslik.
Yuqorida keltirib o‘tilgan rahbar uchun asosiy deb belgilangan talablar o‘zi rahbar kompetensiyasini belgilab beradi.
Jamiyat talablarini qondirish hozirgi zamon rahbaridan yuqori madaniyat, chuqur ma’naviyat, Vatan uchun javobgarlik hissi, mas’uliyatlilik, chuqur bilimga ega bo‘lishi, o‘z ijodiy potensialini rivojlantirishga, innovasion faoliyatga, o‘z ustida ishlashga, kasbiy faollikka qobiliyatlilik va shu kabi boshqa bir qator sifatlarni talab etadi. Ya’ni ko‘pqirrali qobiliyatlilikni talab etadi. Ko‘pqirrali qobiliyat tushunchasi kasbiy va shaxsiy kompetentlik tushunchasiga mos kelib, Aleks Murning fikricha “Soddaroq qilib tushuntiradigan bo‘lsak ko‘pqirrali qobiliyatlar deganda turli xil insonlar turli xil uslublar orqali yoki bir inson turli xil narsalarni turli xilda o‘rganilishi tushuniladi. Xou ta’kidlashicha hyech qachon ikki o‘rganuvchi bir xil bo‘lmaydi: har bir shaxs o‘ziga xos qobiliyatlar egasidir. 2
“Ko‘pqirrali qobiliyat tushunchasining eng ilg‘or tarafdorlaridan biri asarlari ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan Govard Gardnerdir. (1983,1993). (yana ko‘rish mumkin bo‘lgan asarlar Armstrong 1994, Xou 1984, 87-92 betlar va Bentli 1998).3
Boshqaruvning uslublari ham rahbar qobiliyatlari bilan bog‘liq bo‘lib, boshqarish uslublari 3 turda ko‘rinadi: Avtoritar, Demokratik, Liberal.
Avtoritar rahbar barcha ko‘rsatmalarni ishchanlik ruhida, aniq, ravshan, keskin ohangda xodimlariga yetkazadi. Muloqot jarayonida ham xodimlarga do‘q-po‘pisa, keskin ta’qiqlash kabi qat’iy ohanglardan foydalanadi. Uning asosiy maqsadlaridan biri nima bilan bo‘lsa-da, o‘z xukmini o‘tkazish. Uning nutqi ham aniq va ravon, doimo jiddiy tusda bo‘ladi. Biror ish yuzasidan xodimlarini maqtash yoki ularga jazo berish, tanqid qilishi sof subyektiv bo‘lib, bu narsa boshliqning kayfiyatiga va o‘sha shaxslarga nisbatan shaxsiy munosabatiga bog‘liq. Jamoa a’zolarining tilak-istaklari, fikrlari, maslahatlari juda kam xolatlardagina inobatga olinadi.
“Bu ko‘p qirrali qobiliyatlilik nazariyasi Gardnerning qarashiga ta’sir ko‘rsatdi. Maktabning maqsadi insonlarga kasbiy va avocosional maqsadlariga erishishda yordam berishi kerak, qaysiki o‘zlarining hohishdagi qobiliyatga mos ravishda ushbu jarayonni o‘zida mujassamlashtiraolgan insonlar o‘zlarini ko‘proq band, mahoratli hisoblaydi va jamiyatni barpo etuvchi bo‘lib tarbiyalanadi.” 4
Demokratik rahbar, aksincha, o‘z qo‘l ostidagilarga mustaqillik, erk berish tarafdori. Ishda topshiriqlar berganda ishchilarning qobiliyatini hisobga oladi, shaxsiy moyilliklarni ham hisobga oladi. Buyruq yoki topshiriqlar taklif ma’nosida beriladi. Nutqi oddiy, doimo osoyishta, sokin, unda o‘rtoklarcha do‘stona munosabat sezilib turadi. Biror kishini maqtash, lavozimini oshirish, kamchiligiga baho berish (ishdagi) doimo jamoa a’zolarining fikri bilan kelishgan xolda amalga oshiriladi. Tanqid, ko‘pincha, taklif, istak shaklida qilingan ishlarning mazmuniga baho berish xolida «aybdor»ga yetkaziladi. Har bir yangi ish jamoa maslahatisiz boshlanmaydi. Bunday boshliqning fazoviy ijtimoiy xolati «jamoa ichida». Jamoada tanqid, o‘z-o‘zini tanqid shunday yo‘lga qo‘yilganki, uning oqibatida hyech kim aziyat chekmaydi. Chunki ko‘proq boshliq emas, jamoaning boshqa faollari―norasmiy liderlar tanqid qiladilar.
Liberal (loqayd) uslubda ishlaydigan rahbarning kayfiyatini, ishga munosabatini, ishdan mamnun yoki mamnun emasligini bilish qiyin. Unda ta’qiqlash, po‘pisa bo‘lmaydi, uning o‘rniga, ko‘pincha, ishning oxirgi oqibati bilan tanishish bilan cheklanadi, xolos. Jamoada hamkorlik yo‘q, boshliq jamoaning muammolari, ishning b
Раҳбарнинг касбий компетентлигини шакллантириш масаласи бугунги кунда ўта муҳим ҳисобланади. Раҳбарнинг компетенцияларга эга, яъни фаолиятнинг қайси усулини эгаллаши, нималарни бажара олиши, нималарга тайёрлигини аниқлаш – компетентли ёндошув дейилади.
aland-pasti bilan qiziqmaydiganday, go‘yoki boshqa «koinot»da yurganga o‘xshaydi. Aniq ko‘rsatmalar bermaydi, uning o‘rniga norasmiy liderlar yoki o‘ziga yaqin kishilar orqali lozim bo‘lgan topshiriqlar bajaruvchilarga yetkaziladi. Uning asosiy vazifasi, uning nazarida, xodimlar uchun ish sharoitini yaratish, ishdagi kamchiliklarni bartaraf etish, kerakli mahsulot, xom ashyo kabilarni topib kelish, majlislarda qatnashish va x.k.lardan iborat. Xodimlar bilan muloqotda bo‘lishga to‘g‘ri kelganda, u doimo xushmuomala bo‘lib, odob-axloq normalarini buzmaslikka xarakat qiladi, lekin hyech qachon ular bilan tortishmaydi. Majlislarda agar biror muammo munozarani keltirib chiqarsa, u bevosita jarayonga aralashmay, oxirgi so‘zni o‘ziga qoldiradi. Uning fazoviy psixologik xolati «gurux tashqarisida».
«Kompetentli» yondoshuvga asoslangan ta’lim tizimida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining roli ham o‘zgaradi. Chunki, «bilimli» yondoshuvda ta’lim beruvchi faol va asosiy ishtirokchi bo‘lsa, ta’lim oluvchi esa, sust qabul qiluvchi sifatida ishtirok etadi. «Kompetentli» yondoshuvda ta’lim oluvchi faol ishtirokchiga aylanadi, chunki uning ta’lim olish faoliyati ko‘proq mustaqil individual topshiriqlarni bajarish va uning natijasini himoya qilishga, kreativ amaliy mashg‘ulotlarda doimiy ravishda savollarga javob berish va individual tadqiqot ishlarini olib borishga qaratilgan bo‘ladi. Ta’limda yangi tadqiqot yo‘nalishi bo‘lgan kompetentli yondoshuvning paydo bo‘lishi hamda xorijiy pedagogik va metodik manbalarda «kompetentlik» va «kompetensiya» toyifalarining paydo bo‘lishi natijasida ular 1960 yillarning oxiri 1970 yillarning boshlaridan boshlab oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarning kasbiy tayyorgarligi nazariyasi va amaliyotiga keng kirib bordi.
T
Компетентликка йўналтирилган таълим америкалик тилшунос Н.Хомский (1965 йил, Массачутес университети) томонидан таклиф этилган «компетенция» атамасининг умумий маъносида шаклланади. Европа Кенгаши дастури бўйича Берн шаҳрида бўлиб ўтган симпозиумда (1996 йил) «компетенция» тушунчаси «ўқув», «компетентлик», «қобилият», «маҳорат» сингари тушунчалар қаторига киритилганлиги таъкидланди. Европа давлатларининг таълим вазирлари Болония декларациясида (1999 йил) таълим ислоҳатларининг концептуал асослари сифатида компетентли ёндошувни белгилашди.
a’limni jamiyat madaniyatini o‘zlashtirish asosida ta’lim oluvchilarda faoliyatning turli sohalarida shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan muammolarni mustaqil hal etish qobiliyatini rivojlantirishning maxsus tashkil yetilgan jarayoni sifatida qarash mumkin. Ta’lim maqsadini bunday tushunish esa, o‘z navbatida kompetentli yondoshuvni ro‘yobga chiqarish uchun asos yaratadi. Ta’limda kompetentli yondoshuv - bu Vatanimiz pedagogikasi uchun nisbatan yangi hodisa.
Uning rivoji shu bilan bog‘liqki, mustaqil Respublikamizda ta’limni modernizasiyalashning zamonaviy bosqichida eng avvalo uning maqsadi tubdan o‘zgaradi. «Kompetentlik» va «kompetensiya» ta’limda kompetentli yondoshuvning asosiy tushunchalaridir. Manbalar tahlili esa, ularning ilmiy adabiyotlarda bir qiymatli ta’rifga ega bo‘lmagan murakkab, ko‘p komponentli va fanlararo tushunchalar ekanligini ko‘rsatadi. Tadqiqotchilar fikricha ular hajmi, turkumi, semantikasi va mantiqiy tuzilmasi bo‘yicha farqlanib, kompetentli shaxs tavsifi (xususiyatlari, odatlari va boshqalar) sifatida qaralishi mumkin. Kompetentli shaxs tavsifi (xususiyat, shaxssifati, uning komponenti), shaxs tuzilmasida yaxlit ta’lim, shaxs xususiyatlari tizimi, bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash natijasida yuzaga keluvchi holatlar (tayyorgarlik, yo‘naltirilganlik va boshqalar) sifatida ifodalanishi mumkin, ko‘pincha esa, kompetentli bilim va tajriba bilan tenglashtiriladi.
Pedagogik adabiyotlarda, bugungi kunda, «kompetensiya», «kompetentlik» atamalari keng qo‘llanilmoqda va barqarorlashmoqda. Ammo, hozirga qadar ta’limning u yoki bu bosqichi bitiruvchisining optimal obraziga qo‘llash mumkin bo‘lgan «kompetentlik» tushunchasining yagona va aniq ta’rifi mavjud emas. Manbalarda shaxsning bilimi, ko‘nikmasi, malakasi, qobiliyati, mehnatsevarligi, kasbiy mahorati kabi sifatlarini ifodalash uchun «kompetentlik» va «kompetentlilik» atamalaridan foydalanilgan.
Biz ushbu ishda «kompetentlik» atamasidan foydalanamiz. Demak, biror bir sohada kompetentli inson shu soha haqida asosli fikr yuritish va unda samarali faoliyat olib borish uchun mos bilim va qobiliyatga ega hisoblanadi.
Хорижий сўзлар луғатида «компетентлик» тушунчаси бирор шахс ёки муассасанинг ваколати ва ҳуқуқлари мажмуаси ёки бирор бир инсонга тегишли ишлар, саволлар мажмуаси сифатида таърифланган. Французча «cоmpetent»сўзи компетентли, ваколатли сифатида таржима қилинади.Инглизча «cоmpetense»атамасида шахснинг сифати маъноси мавжуд: компетентлик - қобилият сифатида келтирилган.
Kompetentlik - deganda ko‘pincha shaxsning faoliyat yuritishga umumiy qobiliyati va uning kasbiy tayyorgarligida namoyon bo‘luvchi ta’lim jarayonida o‘zlashtirilgan bilim va tajribalarga asoslangan integrallashgan sifatlari tushuniladi. Demak, kompetensiya va kompetentlik tushunchalari bilim, malaka va ko‘nikma tushunchalaridan kengroq, chunki ular shaxsning yo‘naltirilganligi, muammolarni his qila olishi, sinchkovlikni namoyon qila olishi, egiluvchan fikrlashga ega bo‘lishi kabi sifatlarni o‘z ichiga oladi.
Rahbarning kompetentligi-bilimdonlik, kasbiga moslik, malakalilik, tajribalilik, mas’uliyatlilikni rahbarlik faoliyatiga singdirib borish. O‘z sohasini, ishining ustasi bo‘lish, sohasining sirlarini har tomonlama chuqur bilish demakdir. Rahbar kompetensiyasining shakllanish bosqichlarini quyidagi ko‘rsatib o‘tish joiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |