2-mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining ta’lim tizimiga oid Farmon va Qarorlarining tahlili


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevral “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4199-son Qarori imzolandi



Download 177,5 Kb.
bet15/20
Sana31.12.2021
Hajmi177,5 Kb.
#252067
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
2=mavzu

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevral “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4199-son Qarori imzolandi.

Qarorda, yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, iqtidorli bolalarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ularning huquqiy ong va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish xalq ta’limi sohasidagi davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Mamlakatning kelgusidagi jadal taraqqiyoti yosh iste’dodlarni aniqlash, iqtidorli bolalarni tanlab olish va o‘qitish tizimini tashkil qilish, o‘sib kelayotgan avlodning intellektual imkoniyatlarini namoyon etishga yordam beruvchi ko‘p tarmoqli ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha ishlar sifatini oshirish zaruratini taqozo etmoqda.

Iqtidorli bolalarni aniqlash, ta’lim jarayonida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llagan holda ularni o‘qitish va tarbiyalash bo‘yicha yaxlit tizim yaratish, iste’dodli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ma’nan yetuk va intellektual jihatdan barkamol avlodni shakllantirish, shuningdek 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq:



[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.00 Ta’lim muassasalari / 13.01.04.02 O‘rta ta’lim muassasalari]

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasasi shaklidagi Prezident maktablari tashkil etilsin.

2. Quyidagilar Prezident maktablarining asosiy vazifalari etib belgilansin:

iqtidorli bolalarni aniqlash, tanlash va o‘qitish, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek o‘quvchilarning intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatini ochib berish;

tabiiy va aniq fanlarni chuqur o‘rganish, xorijiy tillar, muhandislik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishni tashkil qilish, o‘quvchilarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

o‘quvchilarni o‘qitish va ular bilimini baholashning zamonaviy uslublarini, shuningdek ta’lim dasturlarining integratsiyalashuviga asoslangan o‘qitishning fanlararo yondashuvini joriy qilish va keyinchalik ijobiy tajribani respublika xalq ta’limi tizimiga tatbiq etish;

o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularda yetakchilik ko‘nikmalari va notiqlik san’atini rivojlantirish, tanqidiy fikrlash, axborotni izlash, tahlil qilish va qayta ishlash, olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash malakasini oshirish;

o‘quvchilarning umumta’lim fanlari bo‘yicha xalqaro olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarda munosib ishtirokini ta’minlash;

o‘quvchilarda vatanparvarlik va Vatanga muhabbat tuyg‘usini, bag‘rikenglik, qonunlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatni, hayotga qat’iy ishonch va qarashlarni shakllantirish;

o‘quv dasturlarining uzluksizligini ta’minlash masalalarida xuddi shu yo‘nalishdagi milliy va xorijiy umumiy o‘rta va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bitiruvchilarning ilg‘or xorijiy oliy o‘quv yurtlarida va ularning respublikamizdagi filiallarida o‘qishini davom ettirish.

3. Belgilansinki:

Prezident maktablariga qabul qilish respublika umumta’lim muassasalarining 4-sinf bitiruvchilari orasidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan mantiqiy fikrlash testlari, yozma imtihon va suhbatlar natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi;

Prezident maktabining yillik qabul kvotasi 24 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lib, ikkita sinfga bir xil — 12 nafardan o‘quvchi taqsimlanadi;

birinchi o‘quv yilida Prezident maktablarining har biriga 5 — 10-sinflarga 144 nafardan o‘quvchi o‘qishga qabul qilinadi;

Prezident maktablarida ta’lim jarayoni xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha ingliz tilida amalga oshiriladi;

Prezident maktablarida “STEAM — ta’lim” (Science — tabiiy fanlar, Technology — texnologiyalar, Engineering — texnik ijodkorlik, Art — san’at, Mathematics — matematika) dasturi joriy etiladi;

Prezident maktabining 9 — 11-sinflarida o‘qitish o‘quvchilarning qiziqishlari va xususiyatlarini inobatga olgan holda, ayrim fanlar va ularni o‘rganish darajasini tanlab olish orqali o‘quv jarayonini individuallashtirishni ko‘zda tutadi;

asosiy o‘quv dasturi bilan birgalikda Prezident maktablarida o‘quvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda sinfdan tashqari amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish nazarda tutiladi;

Prezident maktablari bitiruvchilariga belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (shahodatnoma, attestat) bilan bir qatorda, xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalariga kirish imkonini taqdim etuvchi xalqaro darajadagi tegishli dastur diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels) beriladi;

Prezident maktablari bevosita Vazirlikka bo‘ysunadi.

4. Vazirlik Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-mayga qadar quyidagi tartiblarni belgilab beruvchi Prezident maktabi haqidagi nizomni tasdiqlash bo‘yicha hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin:

Prezident maktablarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish;

kirish imtihonlarini o‘tkazish hamda o‘quvchilarning intellektual salohiyati va kreativ fikrlashini baholagan holda ularni qabul qilish;

Prezident maktablari xodimlarini, shu jumladan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni tanlab olish, yollash va ular mehnatiga haq to‘lash;

Prezident maktablari faoliyatini moliyalashtirish va namunaviy shtat jadvalini tasdiqlash.

4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4708-son Qarorining qabul qilinishi matemetika sohasini takomillashtirishga zamin yaratdi.

Mamlakatimizda matematika 2020-yildagi ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. O‘tgan davr ichida matematika ilm-fani va ta’limini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan qator tizimli ishlar amalga oshirildi:

birinchidan, ilg‘or ilmiy markazlarda faoliyat yuritayotgan vatandosh matematik olimlarning taklif qilinishi va xalqaro ilmiy-tadqiqotlar olib borilishi uchun zarur shart-sharoit yaratildi;

ikkinchidan, xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan yoshlarimiz va ularning murabbiy ustozlari mehnatini rag‘batlantirish tizimi joriy etildi;

uchinchidan, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqotlarning o‘zaro integratsiyalashuvini ta’minlash maqsadida Talabalar shaharchasida Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutining (keyingi o‘rinlarda — Institut) yangi va zamonaviy binosi barpo etildi. Matematika sohasidagi fundamental tadqiqotlarni moliyalashtirish hajmi bir yarim barobarga oshirildi, budjet mablag‘lari hisobidan superkompyuter, zamonaviy texnika va asbob uskunalar xarid qilindi;

to‘rtinchidan, ilmiy darajali kadrlarni tayyorlashning birlamchi bosqichi sifatida stajor-tadqiqotlik instituti joriy etildi;

beshinchidan, ilm-fan sohasidagi ustuvor muammolarni tezkor bartaraf etish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish masalasini Hukumat darajasida belgilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri raisiligida Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashi tashkil etildi.

Shu bilan birga, sohada yechimini topmagan qator masalalar matematika sohasidagi ta’lim sifati va ilmiy-tadqiqot samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruratini ko‘rsatmoqda. Jumladan:

birinchidan, matematika ta’limotining ta’lim olish bosqichlari o‘rtasidagi uzviylik to‘liq ta’minlanmagan;

ikkinchidan, umumta’lim maktablarida matematika darsliklari o‘quvchilarning yoshiga nisbatan fanni o‘zlashtirishni qiyinlashtiruvchi murakkab masalalardan iborat va boshqa fanlarda o‘tiladigan mavzular bilan uyg‘unlashtirilmagan;

uchinchidan, matematikaga qiziquvchan, xalqaro olimpiadalar g‘oliblari bo‘lgan aksariyat iqtidorli yoshlarimiz hududlardan bo‘lishiga qaramasdan ularning kelgusi rivojlanishi uchun oliy ta’lim va ilm-fan sohasida zarur shart-sharoit yaratib berilmagan;

to‘rtinchidan, matematika sohasidagi ilmiy-tadqiqotning amaliyot va ishlab chiqarish bilan bog‘liqligi zaifligicha saqlanib qolmoqda;

beshinchidan, sohadagi olimlarning xorijiy ilmiy va ta’lim muassasalari bilan aloqalari milliy matematikani jahon miqyosiga olib chiqish, xalqaro hamjamiyatda nufuzini oshirish uchun yetarli emas.

Quyidagilar matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:

maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional, oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalar o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni ta’minlovchi yaxlit tizimni shakllantirish;

ilg‘or xorijiy tajriba asosida maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish bo‘yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish;

umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida matematika fanlarini o‘qitish sifatini oshirish, hududlarda matematika faniga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish hamda yangi maktablarni tashkil etish;

matematika fani bo‘yicha kadrlarni, xususan qishloq joylardagi maktablarning kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish, matematika fani bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarni takomillashtirish;

iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning matematika fani bo‘yicha mahalliy va xalqaro fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishini hamda sovrinli o‘rinlarni egallashini ta’minlash;

ta’lim berishning onlayn platformasini yaratish va amaliyotga tatbiq etish, masofadan o‘qitish tizimi samaradorligini oshirish, baholash tizimining shaffofligini ta’minlash mexanizmlarini joriy qilish;

Matematika fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha milliy sertifikatlashtirish tizimini joriy qilish, oliy ta’limning tegishli yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida matematika fani bo‘yicha mashg‘ulotlarni ko‘paytirish hamda ta’lim berish sifatini oshirish;

matematika sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarning ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash, amaliy matematikani rivojlantirish va iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolarni modellashtirish asosida matematik yechimlarni ishlab chiqish;

matematika sohasida ta’lim olayotgan va ilmiy-tadqiqotlar bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, chet eldagi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirish;

mamlakatimizning ilmiy va ta’lim tashkilotlarini bosqichma-bosqich jahonning matematika fani bo‘yicha yetakchi ilmiy markazlari darajasiga yetkazish.

Ixtisoslashtirilgan maktablarda:

maktab direktori tegishli tuman (shahar) hokimining iqtisodiy va boshqaruv jarayonlariga matematik usullar va modellarni joriy qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi;

maktab direktori O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Institut direktori bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

matematika fani chuqurlashtirilib o‘qitiladigan sinflar bosqichma-bosqich, mavjud ehtiyoj va o‘quvchilarning qobiliyatidan kelib chiqib tashkil etiladi;

o‘quvchilar belgilangan tartibda tanlov asosida saralab olinadi;

matematika fani chuqurlashtirilib o‘qitiladigan sinf bitiruvchilari tegishli oliy ta’lim muassasalarining matematika ta’lim yo‘nalishlariga ular uchun belgilangan maqsadli parametrlar bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi.

Milliy sertifikatlash tizimi doirasida quyidagilar belgilansin:

matematikani bilish darajasini baholash va bu to‘g‘risida milliy malaka sertifikatini (keyingi o‘rinlarda — milliy sertifikat) berish o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi;

matematikani bilish darajasini baholash tabaqalashtirilgan holda amalga oshiriladi;

imtiyoz beriladigan darajadagi milliy sertifikatga ega abituriyent davlat oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishda matematika fanidan test sinovi topshirishdan ozod etiladi va unga matematika fani uchun belgilangan maksimal ball beriladi;

2021-yil 1-sentabrdan boshlab Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani bo‘yicha o‘qituvchilari tegishli darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lishlari majburiy hisoblanadi;

Milliy sertifikatlash tizimi uchun test topshiriqlari bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borishda ekspert sifatida Institut ilmiy xodimlari jalb qilinadi;

milliy sertifikatning tegishli darajasiga ega matematika fani o‘qituvchilariga (Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani o‘qituvchilaridan tashqari) ular faoliyat olib borayotgan davlat ta’lim muassasasining joylashuviga qarab bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 25 foizdan 50 foizgacha har oylik ustama haq to‘lanadi.

Mukofot bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar taqdirlanadi;

Mukofot ikki yilda bir marta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashining taklifiga ko‘ra uchta yo‘nalish (fundamental sohadagi tadqiqot, yoshlar o‘rtasidagi tadqiqot va iqtisodiyotning real sektoridagi muammoning yechimini ta’minlagan tadqiqot) bo‘yicha beriladi;

har bir yo‘nalish bo‘yicha Mukofot sovrindorlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 50 ming AQSh dollari ekvivalentidagi pul mukofoti beriladi;

Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashida Mukofot nomzodlarini ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining tavsiyanomasiga ko‘ra amalga oshiriladi;

taqdirlash uchun nomzodlar bo‘yicha takliflar O‘zbekiston matematika jamiyati tomonidan o‘tkaziladigan doimiy kuzatuvlar asosida shakllantiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etiladi;

Mukofot sovrindoriga pul mukofotini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish 2021-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Innovatsion rivojlanish vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.


Download 177,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish