2-mavzu. O'zbekistob elektr energetika sohasining rivojlanish istiqbollari. Energetika sohasini isloh etish



Download 1,39 Mb.
bet2/5
Sana20.04.2022
Hajmi1,39 Mb.
#565751
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu. O\'zbekistob elektr energetika sohasining rivojlanish is

Davlat-xususiy sheriklik. Energetika sohasida bozor munosabatlariga o‘tish yo‘lida muvaffaqiyatli odimlardan biri – O‘zbekiston uchun tamomila yangi model – davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida energiya, shu jumladan, QTEM ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishdir. Bugun ushbu model jamiki qurilayotgan va rejalashtirilgan elektr stansiyalar uchun asosga aylandi. Shunday qilib, yangi elektr stansiyalarni, shu jumladan, issiqlik (IES), quyosh fotoelektr (QFES), shamol (SHES) elektr stansiyalarini ishga tushirish ko‘p jihatdan mamlakat energetika sohasida ro‘y berayotgan bozor o‘zgarishlariga misol bo‘la oladi.
DXSH asosidagi loyihalar tender, yaʼni raqobatdosh bozor asosida o‘tkaziladi. Bu jihatdan Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki eng yaxshi xalqaro tajribani o‘zlashtirish va tenderlar o‘tkazish uchun texnik yordam ko‘rsatmoqda. Taʼkidlab o‘tish joizki, tender g‘olibi yangi elektr stansiyani loyihalash, qurish va ishlatish uchun masʼuldir. U bilan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini xarid qilish yuzasidan 20-25 yilga mo‘ljallangan uzoq muddatli bitim tuziladi. Elektr energiya uchun foydali narx taklifi (tarif) tenderda g‘olib bo‘lish uchun asosiy mezon qilib olinadi. Ammo o‘z taklifini berishdan oldin tender qatnashchilari malakali saralash bosqichidan o‘tishlari lozim. Bunda ular yuksak tajribasini, mablag‘lari mavjudligini, bunday loyihalarni amalga oshirish va taʼminlashga qodirligini isbotlashi lozim. Shunday qilib, O‘zbekiston energetikasida so‘nggi 3 yil davomida jadal joriy qilinayotgan bozor tamoyillari bu sohada sog‘lom raqobat yaratishga imkon beradi, elektr energiya mustaqil ishlab chiqaruvchilarining manfaatdorligi esa buning isbotidir.
Joriy vaziyat. Bugunga kelib elektr energiya xaridi bo‘yicha jami 17 bitim imzolangan, bu esa energetika sohasi uchun raqobat muhitini yaratish borasida muhim bosqichdir. Energiyani mustaqil ishlab chiqaruvchilar qatorida Total Eren SA (Fransiya), Abu Dhabi Future Energy Company – Masdar (BAA), Aksa Enerji Üretim A.Ş. (Turkiya), ACWA Power (Saudiya Arabistoni) kabi kompaniyalar mavjud. O‘zbekistonda qulay investitsiya iqlimi yaratilgani sharofati ila hukumat kafolati ostida kreditlar jalb etishga zarurat qolmadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yana-da rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Energetika vazirligi huzurida Loyiha ofisi tashkil qilingan bo‘lib, u xalqaro moliya tashkilotlari bilan ham ish yuritadi. Turli mamlakatlarning energetika sohalarini isloh qilish asnosida katta tajriba to‘plagan xalqaro ekspertlar jalb etilgan.
Ekspertlar tomonidan elektr energiyasining ulgurji raqobatdosh bozoriga izchil o‘tish nazarda tutilgan konsepsiya ishlab chiqilgan. Bunda uch bosqich 2021–2025 yillar davrida bosib o‘tiladi. Birinchi bosqichda elektr energiya korxonalarini erkinlashtirish va ishlab chiqariladigan elektr energiyasini sotishni ixtiyor etgan xususiy (mustaqil) ishlab chiqaruvchilar tomonidan litsenziyalar olish ko‘zda tutilgan. Ikkinchi bosqich davomida elektr energiyasini taqsimlash tizimining yagona operatori yaratiladi, elektr energiyani isteʼmolchilarga sotishga oid vazifalar esa asta-sekin yetkazib beruvchilarga o‘tkaziladi. Isteʼmolchilar elektr energiyani savdo onlayn-platformasi yoxud istalgan yetkazib beruvchi orqali xarid qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Uchinchi bosqich – “Kun ichi (soatbay) savdolar”. Unga binoan, rejali asosda savdo maydonchasida soatbay ishlab chiqarilgan va isteʼmol qilingan elektr energiyaning ortiqcha yoki tanqis hajmlarining onlayn oldi-sotdisi amalga oshiriladi. Soha meʼyoriy-huquqiy negizini takomillashtirishga doir ishlar davom ettiriladi. Xususan, quyidagi loyihalar: O‘zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi qonuni (bu borada Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Jahon banki ekspertlari bilan hamkorlikda ishlar olib borildi), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energetikasi sohasini isloh qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Magistral elektr tarmoqlari kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ekspertizasi bo‘yicha ishlar faol kechmoqda.
Energiyaning birnecha turlari mavjud bo‘lib ularga quyidagilar kiradi:
- mexanik energiya;
- elektr energiyasi;
- kimyoviy energiya;
- yadro ichidagi (atom) energiyasi;
- quyosh energiyasi va boshqalar.
Elektr energiya - eng arzon va uzatilishi qulay energiyadir. Buenergiyadan sanoatda, xalq xo‘jaligida va turmushda keng foydalaniladi.
Elektr jihozlari, apparatlar va maishiy xizmat qurilmalarining ko‘pchiligi uchun elektr energiya manbai zarur. Elektr stansiyasidagi manbai elektr generatori hisoblanadi.

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish