2-mavzu: O‘zbek orfografiyasining shakllanishi va taraqqiyotstrreplA



Download 105 Kb.
bet1/3
Sana07.03.2021
Hajmi105 Kb.
#61129
  1   2   3
Bog'liq
2 maruza O‘zbek orfografiyasining shakllanishi va taraqqiyoti


2-mavzu: O‘ZBEK ORFOGRAFIYASINING SHAKLLANISHI VA TARAQQIYOTI
R E J A:

1. Arab garfikasiga asoslangan yillardagi islohotlar.

2. Lotin grafikasiga asoslagan davrdagi imlo masalalari.

3. Rus grafikasiga asoslagan yozuvning imlo masalalari.

4. Ikki yozuvlikka asoslagan yillar.
Tayanch tushunchalar: “Chig‘atoy gurungi”, yangi turk alifbosi, markaziy qo‘mitasi, O‘zbekiston yangi alifbe markaziy qo‘mitasi, alifbo, orfografiya.
O‘zbek adabiy tili tarixini davrlashtirishga oid manbalarda hozirgi o‘zbek adabiy tili XIX-XX asrlarda yoki XX asrning 20-30 yillarida shakllangan degan qarashlar mavjud. Demak, uning yozuv tizimlarini ham XX asr boshidan to hozirga qadar bo‘lgan va bo‘layotgan jarayonlar bilan bog‘lab o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Bu esa o‘z navbatida o‘zbek orfografiyasining tarixiy rivojlanish jarayonlarini belgilaydi.

O‘zbek yozuvining XX asr tarixi murakkab jarayonlarga boyligi bilan xarakterlanadi: bu davrda o‘zbek yozuvi bir necha marta tub isloh qilindi – bir grafik tizimdan boshqa grafik tizimga ko‘chirildi. Jahon xalqlarining yozuv tarixida bunday hodisa kamdan kam uchraydi.

Mavjud manbalar tahlilidan shu narsa ma’lum boiadiki, o‘zbek yozuvining XX asr tarixi to‘rt davrni o‘z ichiga oladi:

1-davr – arab grafikasiga asoslangan yillar (1900–1929).

2-davr – lotin grafikasiga asoslangan yillar (1929–1940).

3-davr – rus grafikasiga asoslangan yillar (1940–1995).

4-davr – ikki yozuvlilikka (rus va lotin grafikalaridagi yozuvlarga) asoslangan yillar (1995-2010).

Arab alifbosi bizda VIII asrning 20-yillaridan XX asrning 20-yillarigacha qo‘llangan. “Milliy uyg‘onish” davrida arab imlosi va alifbosiga ayrim islohlar kiritish boshlangan. Ilg‘or o‘zbek ziyolilari 1905-1907-yillardan (matbuot va so‘z erkinligiga erishilgandan so‘ng) ayrim arabcha harflarning shakliga, ba’zi imlo qoidalariga isloh kiritish to‘g‘risida matbuotda yoza boshlaganlar. Ammo bu masalaga Turkistonni boshqargan davlat amaldorlari salbiy munosabatda bo‘lib, o‘lkada davlat tili rus tili, mahalliy tillar, ularning yozuvi, imlosi bilan shug‘ullanish davlatning vazifasi hisoblanmaydi” deb salbiy munosabatda bo‘lganlar. O‘zbekcha matbuot va muallimlik bilan shug‘ullangan mahalliy ziyolilar esa turli tazyiqlarga bardosh berib, imlo va ona tili darsliklari yaratish yuzasidan o‘zlari tashabbus ko‘rsatib ish olib borganlar, «Turkcha qoida», «Imlo» singari o‘quv qo‘llanmalarini nashr qildirganlar, matbuotda maqolalar bilan chiqqanlar. Demak, yuqoridagi sababalarga ko‘ra birinchi davrning 1916-yilgacha bo‘lgan bosqichida yozuvni isloh qilishga qaratilgan jiddiy harakatlar kuzatilmaydi. Bu bosqichda asosiy e’tibor savod chiqarish, o‘qish va o‘rgatish ishlarni tashkil etish masalalariga qaratilgan va shu maqsadda qator o‘quv – uslubiy kitoblar yaratilgan. «Ustodi avval» (Saidrasul Saidazizov, 1902), «Birinchi muallim» (Abdulla Avloniy, 1911), «lkkinchi muallim» (Abdulla Avloniy, 1912), «Turkcha qoida» (M.M. Faxriddinov, 1913), «Rahbari soniy» (Abdullaxo‘ja Saidmuhammadxo‘jayev, 1916) kabi qo‘llanmalar shular jumlasidandir.

1917-yil oktabr to‘ntarishidan so‘ng mahalliy tillar, ularning alifbosi va imlosiga rasmiy ravishda e’tibor berila boshlangan. Ayniqsa, 1919-yil 26-dekabrda Rusiya Respublikasida savodsizlikni tugatish to‘grisida Dekret chiqqanidan so‘ng Qo‘shma Rusiya Sho‘rolarining Turkiston Muxtor Jumhuriyatida ham alifbo va imlo masalalarini tezroq hal qilish o‘rtaga qo‘yilgan, chunki imlo va harflar shakli masalalarini hal qilmay turib, ko‘pchilik xalqni savodxon qilib bo‘lmas edi.

1918-yilda Toshkentda til-imlo va adabiyot masalalari bilan shug‘ullanuvchi to‘garak-seminar – «Chig‘atoy gurungi» jamiyati tashkil topadi. Unga Fitrat va Qayum Ramazonov boshchilik qilishadi. 1919-1920-yillarda bu jamiyat a’zolari alifboni isloh qilish bilan bog‘liq “Bitim yo‘llari” kitobchasini yaratadi.

Turkiston jumhuriyati Xalq Maorif Komissarligi o‘zbek maorifchilarining 1918-yil avgustda bo‘lib o‘tgan birinchi qurultoyida arabcha harflarni isloh qilish yuzasidan quyidagi qarorga kelingan: harflarning ikki xil shaklda, ya’ni alohida yozilish shakli hamda so‘z boshida yozilish shakligina bo‘lishi lozim.


Download 105 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish