2-mavzu: Ostiologiya haqida tushuncha


Guruhlarda ishlash qoidasi



Download 113,09 Kb.
bet4/26
Sana07.08.2021
Hajmi113,09 Kb.
#140774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Reja Anatomiya

Guruhlarda ishlash qoidasi

  • Sherigingizni diqqat bilan tinglang.

  • Guruh ishlarida o’zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga javobgarlik bilan yondoshing.

  • Agar sisga yordam kerak bo’sa, albatta guruh a’zolariga murojaat qiling

  • Agar sizdan yordam so’rashsa, albatta yordam bering.

  • Guruhlar faoliyati natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart!

  • Shuni tushunmog’ingiz lozim:

  • Boshqalarga o’rgatish orqali o’zimiz o’rganamiz;

  • Biz bir kemadamiz: yoki birgalikda suzib chiqamiz, yoki birgalikda cho’kib ketamiz;



3-Ilova
SINDIKAT” metodi

“Sindikat”/ yunoncha “birgalikda harakat qilish” “maslakdoshlik”metodi o’quvchilarda mavzuni ijodiy o’rganish, nazariy bilimlarini umumlashtirish, tizimlashtirish asosida fikrni qisqa va aniq bayon qilish qobilyatini tarbiyalashga hizmat qiladi.

Har bir guruh yagona topshiriqni 3 xil variantda hal etish lozim. M.o’rganayotgan mavzu mohiyatini 1-guruh jadval, 2-guruh sxema, 3-guruh klaster tarzida ochib berishi kerak guruhlar topshiriqni bajarib bo’lishgach, ular tomonidan taqdim etilgan yechimlar jamoa tomonidan muhokama qilinadi.


1-guruh


Mohiyati

Ovqat hazm qilish a’zolari

Umurtqa pog’onasi

Ko’krak qafasi

Umurtqalar

Qovurg’alar

Siyak

Tuzilishi
















Joylashishi
















Fiziologiyasi
















Patologiyasi
















2-guruh



Umurtqa pog’onasi




Ko’krak qafasi




Umurtqalar




Qovurg’alar




Siyak




























Tuzilishi




Tuzilishi




Tuzilishi




Tuzilishi




Tuzilishi




























J oylashishi




J oylashishi




J oylashishi




J oylashishi




J oylashishi




























F iziologiyasi




F iziologiyasi




F iziologiyasi




F iziologiyasi




F iziologiyasi




























Patologiyasi




Patologiyasi




O’siqlari




Tarkibi




Patologiyasi


































Chegaralari















Tarkibi


Mavzu: Suyaklar haqidagi ta`limot. Suyaklar birikishi. Ta`na skeleti .

Reja:

1.Harakat a'zolari sistemasi. Skelet va uning vazifalari, qismlari

2.Suyaklarning tarkibi, tasnifi, o’zaro birlashuvi.

3.Tana skeleti va umurtqalar.

4.To’sh suyagi va qovurg’alar.

5.Ko’krak qafasining tuzilishi, vazifasi, yosh va jinsga qarab farqlanishi.


1. Harakat a'zolari sistemasi. Skelet va uning vazifalari, qismlari.

Harakat sistemasi organizmning ko'p qismini yoki gavdaning umumiy og'irligiga nisbatan 72,45% ni tashkil etadi. Shu jumladan, muskullar gavdaning 2/5, suyaklar esa 1/5-1/7 qismidan tashkil topgan.

Muskullar deyarli hamma suyaklar ustini qoplab turadi va gavdaning tashqi ko'rinishi (qomat)ning shakllanishida asosiy vazifani bajaradi.

Suyaklar haqida ta'limot.

Organizmning harakatini ta'minlaydigan harakat a'zolari muskullar, skelet va ularni biriktirib turgan boylamlardan iborat.



Skelet organizmda tayanch ahamiyatiga ega bo'lgan zich to'qimalardan iborat. Skelet bir qancha alohida suyaklardan vujudga kelgan bo'lib, biriktiruvchi to'qimalar, boylamlar va tog'aylar vositasida o'zaro birlashib turadi hamda passiv harakat apparatini hosil qiladi. Skelet bo'lmasa, yer yuzidagi bironta jonzod o'zini tik tutib turolmaydi va qomat shakllanmaydi. Skelet organizmda, asosan, quyidagi vazifalarni bajaradi: tayanch, suyanchiq, harakat va organizmni himoya qilish vazifalari.

  1. Suyaklarning tarkibi, tasnifi, o’zaro birlashuvi.

Odam skeleti 200 dan ortiq ayrim suyaklardan tuzilgan bo'lib, ularning aksariyati juft suyaklardir. Suyaklar, asosan, suyak to'qimalaridan tuzilgan .

Suyaklar qattiq va elastik bo'lib, asosan, ikki xil moddadan iborat. Ularning 1/3 qismi organik moddalar (ossein, muguz modda) bo'lsa, 2/3 qismi anorganik moddalardir (asosan, kalsiy tuzlari, ayniqsa fosfor kislotali ohak 51,04% ni tashkil etadi). Suyaklar elastikligini ossein moddasi ta'minlaydigan bo'lsa, ularning qattiq (pishiq) ligi mineral tuzlar hisobiga vujudga keladi, Suyaklar tarkibidagi orga­nik va anorganik moddalar munosabati kerakli mustahkamlikni namoyon qiladi va bu holat yoshga qarab o'zgarib boradi. Yosh organizm suyaklari tarkibida ossein ko'pligi tufayli bukiluvchi bo'lib, mo'rt bo'lmaydi. Yosh ulg'ayib borgan sayin suyaklar tarkibida mineral tuzlar ko'payadi. Shuning uchun odam keksaygan sari, suyaklari elastiklik xususiyatini yo'qotib, asta-sekin mo'rtlashadi, tez sinadi .

Suyaklar tarkibida organik va anorganik moddalardan tashqari, A, D va C vitaminlari ham bo'ladi. Yosh bolalar suyagi tarkibida kalsiy tuzlari va D vitamini yetishmasligidan raxit kasalligi kelib chiqadi, suyaklar mustahkamligi kamayib bir tomonga qiyshayadi. Agar suyakda A vitamini yetishmasa, suyak­lar haddan tashqari yo'g'onlashib, ichidagi bo'shliqlari, har xil kanalchalari kattalashadi.

Suyaklarning ichki tuzilishini ularni arralab qaragandagina ko'rish mumkin. Ular ikki xil moddadan, zich (qattiq) va g'ovak modda (ko'mik)dan iborat. Zich modda yaxlit massaga o'xshab ko'rinadi, g'ovak modda esa ingichka xoanalar to'ridan iborat bo'lib, bir-biri bilan chalkashib, har xil burchaklar hosil qiladi .

Suyaklarning sirtqi yuzasi suyak ust pardasi-periost bilan qoplangan (suyaklarning bo'g'im yuzalari, paylar va boylamlar yopishgan joylarda periost bo'lmaydi). Periost yupqa, pushti rangli biriktiruvchi to'qimadan iborat bo'lib, suyaklarning alohida teshikchalaridan o'tib boradigan tolachalar vositasida suyaklar ustiga mustahkam yopishib turadi .

Periost ikki qavatdan, ya'ni tashqi qavat - tolali fibroz to'qimadan, ichki qavat-nerv va qon tomirlarga boy bo'lgan suyak hosil qiladigan qismdan iborat. Qon tomirlari suyaklarga alohida oziq teshiklar orqali boradi. Periostning ichki qavati suyaklarni eniga o'stiradi. Suyaklar­ning bo'g'im hosil qiladigan sathi bo'g'im tog'aylari bi­lan qoplangan .

Suyaklar tasnifi

Suyaklar tuzilishi, rivojlanishi va vazifalariga ko'ra quyidagicha bo'linadi.

1. Naysimon suyaklar: a) uzun suyaklar-yelka, bilak, son va boldir suyaklari, ya'ni qo'1-oyoq suyaklari; g'ovak va zich moddalardan tuzilgan, ilik kanali bo'ladi, richag harakatiga ega va tayanch, muhofaza vazifalarini bajaradi; b) kalta naysimon suyaklar - kaft va panja suyaklari; qisqa harakat qilish richaglariga ega.

2.Govak suyaklar: a) uzun g'ovak suyaklar - qovurg'a va to'sh suyaklari; ular, asosan, g'ovak moddadan tuzilgan bo'lib, yupqa zich modda plastinkasi bilan qoplangan va tayanch hamda himoya vazifasini bajaradi; b) kalta g'ovak suyaklari- umurtqa va kaft usti suyak­lari; d) sesamasimon suyaklar - tizza qopqog'i, no'xatsimon suyak va barmoq suyaklarining sesamasimon suyaklari; g'ovak moddasidan tuzil­gan, muskul paylarining orasida, deyarli bo'g'im atrofida joylashgan va ularni hosil qilishda qatnashadi, harakatni osonlashtiradi.

3.Yassi suyaklar: a) kallaning yassi (qopqoq) suyaklari-himoya vazifasini bajaradi; b) yassi kamar suyaklar - kurak hamda chanoq suyaklari. Ular tayanch va muhofaza vazifalarini bajaradi.

4. Aralash suyaklar-kalla suyagining asosiy qismini tashkil etgan va bir qancha suyaklar birikishidan vujudga kelgan suyaklar.,


Download 113,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish