YAlang`och — Toshkent shahridagi qishloqlardan biri. Hozir bu erlar Toshkent agrar dorilfununi va bir qator zamonaviy binolar qurilgan obod joylardan biri. Bu nomning kelib chiqishi haqida keksalar shunday deydilar: «Ilgarilari bu erda na daraxt, na bir odam yashagan, shuning uchun bu erni yalang`och, ya`ni hech narsa yo`q» ma`nosida ishlatganlar, ba`zilari bu erda bir odam yashagan, u kiyimsiz, yalang`och yurgan, hatto yoz oylarida ham o`t (olov) yoqib isinib o`tirgan, uni odamlar yalang`och devona yoki yalang`och eshon ham deyishar edilar, astasekin devona so`zi tushirib qoldirilib, yalang`och bo`lib qolgan deyishadi.
Qonqus — Toshkent shaxrini oralab o`tuvchi Anhor o`z suvini hozirgi kunda ham ikkiga, ya`ni «Qonqus» va «CHala» ariqlariga bo`lib beradi. Qonqus arig`ining nomi bilan ataluvchi qishloq hozirgi Zangiota rayonidagi kolxozning idorasi joylashgan hududni o`z ichiga oladi. Qishloq tarixi shunday hikoya bilan boshlanadi: «Qadim zamonlarda shu qishloqda yalang oyoq, yozin-qishin bir xil qiyinchilikda yashaydigan bir kambag`al bi-rovlarning erida ketmon chopib, tirikchilik qilgan. Kunlardan bir kuni qishloq oqsoqollari kel, shu bechora kambag`al h.am bir parcha eriga ega bo`lsin, umid bilan oramizda katta bo`ldi-ku deydilarda, qishloqning bir chetidan qo`riq er beradilar. Bundan yigitning boshi osmonga etadi. Biroq erni ishlashga hech narsasi yo`q, hamyoni quruq bu yigit shaharga tushib ikki yil mardikorlik qiladi, choyxonada choy tashiydi, Nihoyat, 5 — 10 tanga pul topib beliga tugib, ikki qop qattiq nonni elkasiga ortib, qishlog`iga keladi va erga mehr bilan qaraydi, qish va yoz demay ishlaydi, ariq qaziydi, lekin yigitning eriga suv bermaydilar, har kim kambag`alning suvini yo`ldan to`sib, o`z erlarini sug`oraveradi. Baxor o`tib yoz keladi, hamma erlar ko`m-ko`k, lekin yigitning eri qaqrab yotadi. Yigit eriga zo`rg`a suv olib keladi, yil bo`yi ariq qazib, bir ho`plam suv uchun yurak bag`ri ezilgan yigitning eriga tasodifan silqindi paynak suv etib borib qoladi. Fig`oni falakka ko`tarilgan yigit: «xudoga shukur, erimga suv keldi, mehnat suvimdan bir ho`play» deb qorni bilan erga yotadi. Issiq kunda entikib, lablari qaqragan yigitning chanqoqligidan lablari loy suvga tegadi-yu, yigit og`zidan laxta-laxta qon ketib, shu ondayoq jon beradi». SHu suv uchun qon qusib, jon bergan yigitning voqeasidan so`ng bu qishloqning nomi Qonqus bo`lib qolgan ham deyishadi. Faqat bugina emas butun Qonqus arig`idan suv ichuvchi mehnatkashlarning 1917 yilga qadar umumiy suv va sug`orish uchun tortgan azob-uqubatlari yigit tortgan azobuqubatlardan qolishmas edi. Qonqus qishlog`ida istiqomat qiluvchi 1903 yilda tug`ilgan Xolmat ota Rahimovning hikoyasi ham diqqatga sazovor. «Rahmatli otam vafot etganda men 12 yoshli bola edim. Bu voqea 1915 yilning ko`klamida sodir bo`ldi. Otam Rahim CHO`ng`aev degan boyning erida korandachilik qilib, tirikchilik o`tkazar edi. Otam ekin ekadigan boyning eri ham shu Qonqus arig`idan suv ichar edi. Erni sug`orish maqsadida otam uydan ertalab chiqib ketadilar. U endigina Qonqus arig`idan o`z ekiniga suv ochadigan ariq boshiga borib, suvga tushib ariqqa suv ochayotganida Zangi ota volostining mingboshisi Burxonboy kelib qolib, ha nega so`roqsiz suv ochding yalangoyoq, deb haqorat qila boshlaydi. Otam indamaydi. Nega indamaysan, karquloq, deb otdan tushib, otamni qamchi bilan qattiq savalaydi. Mingboshi qo`lidan otamni ajratib ololmaydilar, mingboshi ketgach, otam kaltak zarbidan bir necha kun o`tgach vafot etadi» deydi. Xulosa qilib aytganda, bu ariqdan erlarni sug`orish shunchalik qiyin bo`lganki, undan suv olib kelib mehnatkash dehqonlar o`z ekinlarini sug`orguncha qon qusib yuborganlar. SHu boisdan ham mehnat ahli bu ariqqa Qonqus deb nom berganlar. Aslida qonqus so`zi qishloq arig`i degan ma`noni bildiradi. Masalan: Ugom, CHotqol, Pskom so`zlaridagi gom, qol, kom — qo`shimchasi suv degan ma`noni ifodalaydi. Demak, Qonqusdagi qon so`zi — suv, qus — so`zi esa qishloq degan ma`noni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |