Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
Nima uchun moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv
tizimida eng asosiy elementlardan biri hisoblanadi?
Moliyaviy siyosatning ta’rifini aytib bering.
Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik qanday
elementlardan tarkib topadi?
Moliyaviy siyosatga oid uch mantiqiy xulosalarni tushuntirib
bering.
Moliyaviy siyosatning o‘ziga xos bo‘lgan eng asosiy
xususiyatlari nimalardan iborat?
Moliyaviy siyosatning eng asosiy maqsadi bo‘lib nimalar
hisoblanadi?
Korxona moliyaviy siyosatining maqsadini aytib bering.
Moliyaviy siyosat nima orqali amalga oshiriladi va uning
faoliyati qanday tamoyillar asosida tashkil etiladi?
Moliyaviy
siyosatni
amalga
oshirishning
asosiy
metodologik tamoyillarini aytib bering.
Moliyaviy siyosatning natijaliligi qanday sabablarga
bog‘liq?
Moliyaviy siyosat, eng
avvalo, nimaga yo‘naltirilgan bo‘lishi
kerak va nima uchun?
Moliyaviy siyosatning mazmuni, uning asosiy yo‘nalishlari
nimalar orqali namoyon bo‘ladi?
Mumtoz siyosiy iqtisod asoschilari bo‘lgan A.Smit va
D.Rikardolar moliyaviy siyosatga oid konsepsiyalarining
mohiyatini tushuntirib bering.
XX asrning 20-yillari oxirlaridan boshlab keynschilik
nazariy konsepsiyasiga muvofiq moliyaviy siyosatning asosiy
yo‘nalishlarini aytib bering.
XX asrning 70-yillarida iqtisodiy nazariyaning neoklassik
yo‘nalishi moliyaviy siyosatning o‘ziga xos bo‘lgan qanday
xususiyatlarini belgilab berdi?
Sho‘rolar davlatida va sotsialistik orientatsiyada bo‘lgan
mamlakatlarda moliyaviy siyosatning o‘ziga xos bo‘lgan belgilari
nimalardan iborat bo‘lgan?
II jahon urushidan keyingi yillarda Sovet davlatining
moliyaviy siyosatini tushuntirib bering.
Moliyaviy siyosatni ishlab chiqishda moliyaviy resurslarni
taqsimlash
va
qayta
taqsimlashning
negizida
qanday
prinsiplarning yotishi muhim ahamiyatga ega?
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlarig
a (yo‘nalishlariga)
nimalar kiradi?
Qanday besh yo‘nalishlarning yig‘indisi (majmui) davlat
siyosatini amalga oshirishning asosiy vositasi sifatida xizmat
qiladigan moliyaviy siyosatni aniqlab beradi?
Moliyaviy siyosatning yo‘nalishi sifatida davlatning byudjet
siyosati qanday aniqlanadi va uning mazmuni nimalardan
iborat?
Zamonaviy moliya fani soliqlarga nisbatan munosabatini
aniq belgilash imkoniga ega bo‘lgan. Bu munosabatlar
nimalardan tashkil topadi?
Moliyaviy siyosatning yo‘nalishlaridan yana biri bo‘lgan pul
siyosatining o‘ziga xos bo‘lgan xarakterli xususiyatlarini
tushuntirib bering.
Moliyaviy siyosatning yo‘nalishi bo‘lgan kredit siyosatining
mazmunini va uning amalga oshirilish yo‘lini aytib bering.
Amalga oshirilayotgan kredit siyosatiga muvofiq foiz
stavkasi asossiz darajada yuqori bo‘lsa, u qanday salbiy
oqibatlarga olib kelishi mumkin?
Moliyaviy siyosatning yo‘nalishi sifatida davlatning baho
siyosati nimalar orqali ifodalanadi?
Investitsiya siyosati moliyaviy siyosatning yo‘nalishlaridan
biri
sifatida qanday tadbirlar kompleksidan iborat bo‘lishi
mumkin?
Moliyaviy siyosatning yo‘nalishi sifatida ijtimoiy siyosat
yana siyosatning qanday ko‘rinishlarini o‘z ichiga oladi?
Boj siyosatining mazmuni va uning o‘ziga xos bo‘lgan
xususiyatlari nimalardan iborat?
Sobiq Ittifoq moliyaviy siyosatning mohiyati nimada edi?
O‘zbekistonda mustaqil moliyaviy tizimni tashkil etish
qanday amalga oshirildi?
Milliy valyutani muomalaga kiritish tarixini aytib bering.
Valyuta konvertatsiyasining ilk va chegaralangan tartibi
qanday amal qildi?
“Yagona rubl hududi”ni tashkil etish g‘oyasi nega amalga
oshmadi?
1993-1994-yillarda amalga oshirilgan milliy valyutani joriy
etish qanday tashkil etilgan?
1992-2016-yillar mobaynida amal qilgan moliyaviy
siyosatning o‘ziga xos xususiyatlarini aytib bering.
2003-2017-yillar
davrida
amal
qilgan
valyuta
konvertatsiyasining yutuq va kamchiliklari nimalarda edi?
“2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi”da ishlab chiqilgan davlat moliyaviy siyosatning
maqsadi va vazifalarini nimalar tashkil etadi?
2016-yildan boshlangan iqtisodiy taraqqiyotning yangi
davrida moliyaviy siyosatning vazifalari va o‘ziga xos
xususiyatlarini tushuntirib bering.
O‘z
bekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2017-
yil 2 sentyabrda imzolagan “Valyuta siyosatini liberallashtirish
bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
Farmonining mazmunini gapirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |