2. Mavzu: Molekulyar ekologiya va uning biosfera ta’limotidagi o’rni



Download 59,32 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi59,32 Kb.
#925430
Bog'liq
2-мавзу

2.Mavzu: Molekulyar ekologiya va uning biosfera ta’limotidagi o’rni.




Reja:
1. Ekologik omillar
2. Biosferaning tuzilishi tarkibi.
3. Biosferaning funksiyalari.
Tayanch iboralar:
Biosfera, atmosfera, gidrosfera, litosfera, tirik moddalar, biogen moddalar, fitogen moddalar, zoogen moddalar, biosferaning funksiyalari, biogeotsenoz, populyatsiya, kos moddalar, biokos moddalar, produtsentlar, konsumentlar, redutsentlar, fotosintez, resurslarni ishlab chiqarish foydalanish suvining aylanma harakatini tashkil qilish, chiqindilarni xom-ashyo sifatida foydalanish, turli korxonalarni birlashtirish, ishlab chiqarishni ekologizatsiyalash.

Ekologik omillar to‘g‘risida umumiy tushuncha


Tirik organizmlarga ta’sir etuvchi muhitning har qanday bo‘laklari ekologik omillar deyiladi.
Muhit - quruqlik, suv, havo va yer osti qismlaridan iborat. Tashqi muhit tushunchasidan tashqari yashash sharoitlari degan tushuncha ham mavjud bo‘lib, bu tushunchaga organizmning yashashi uchun zarur bo‘lgan elementlar yoki omillardan yorug‘lik, issiqlik, suv, oziqlanish va shu kabilar kiradi. 1933 yilda D. N. Kashkarov muhit omillarini 3 guruh (iqlim, edafik va biotik) ga bo‘ladi. Keyinchalik 1950 yilda Alyoxin ekologik omillarni iqlim, edafik, orografik, biotik, antropogen va tarixiy guruhlarga ajratib o‘rganishni taklif qiladi.
Ekologik omillar 3 ta asosiy guruhga bo‘linadi:
1.Abiotik omillar - anorganik tabiat sharoitining yoki o‘lik tabiatning yig‘indisi. Bularga harorat, yorug‘lik, namlik, suv, tuproq, relef kiradi.
2. Biotik omillar: unga tirik tabiat elementlari (tirik organizmlarning bir-biriga va yashash muhitiga ta’siri) kiradi. Biotik omillar fitogen va zoogen omillarga bo‘linadi.
Fitogen omillar deganda yuksak va tuban o‘simliklarning organizmga ta’siri
e’tiborga olinsa, zoogen omillar deganda esa organizmga barcha hayvonlarning ta’siri nazarda tutiladi.
3.Antropogen omillar - bu inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan omillar, ya’ni odamlarning o‘simlik va hayvon turlari yoki ular guruhlarining tuzilishiga ko‘rsatgan ta’siridir. Tirik organizmlarga juda ko‘p omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ana shu omillarning ayrim organizmlarga ko‘rsatgan ta’siri natijasi esa xilma-xildir. Omilning organizm hayoti uchun eng qulay darajasi - optimal daraja deyiladi. Har qanday ekologik omillarning eng yuqori darajasi maksimum va eng quyi darajasi minimum bo‘ladi. Tabiiyki, har bir tirik organizm uchun u yoki bu ekologik omilning o‘z maksimumi, minimumi va optimumi bo‘ladi. Chunonchi, uy pashshasi 7°C dan 50°C gacha yashashi mumkin. Ular uchun yashashning optimum darajasi 36-40°C ni tashkil etadi.
Shuni ham ta’kidlash zarurki, ekologik omillar organizmlarga kompleks ta’sir etgandagina ular yuqori natija beradi. Bu omillarning birortasi o‘z vaqtida bo‘lmasa yoki yetishmasa organizmlarning normal o‘sishi va rivojlanishi tugal o‘tmaydi. Demak, ekologik omillarning har biri organizm uchun zarur bo‘lib, ularning birini ikkinchisi almashtira olmaydi. Shu sababli ekologik omillar organizm hayotida bir xil ahamiyatga egadir. Chunonchi, o‘simliklar hayotidan misol keltirsak, g‘o‘zani o‘stirish va parvarish qilishda o‘g‘it bermasdan faqat suv berish bilan g‘o‘zani to‘la rivojlantirib bo‘lmaydi. Yoki buning aksi ham xuddi shunday natijalarga olib keladi. Organizmning hayot faoliyatini susaytiruvchi omilga cheklovchi omil (limitiruyushiy faktor) deyiladi. Organizmlarga ta’sir qiluvchi omillarning bittasi cheklovchi omil bo‘lishi mumkin. Chunonchi, hayvonlar va o‘simliklarning shimol tomonga qarab tarqalishi issiqlikning yetishmasligi natijasida janubga tarqalishi esa, namlikning yetishmasligi tufayli kechadi. Demak, organizmlarning shimolga tarqalishida cheklovchi omil bo‘lib harorat hisoblansa, aksincha, janub tomonga tarqalishida esa cheklovchi omil bu namlikdir. Omilning faqatgina yetishmasligigina emas, balki ortiqchaligi ham cheklovchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ekologik omillarni o‘rganish sohasida Yu.Libix ko‘p tajribalar o‘tkazdi. Uning yozishicha (1840) ekinlarning hosildorligi ko‘pincha ular uchun ko‘p kerak bo‘lgan elementlar (SO 2 yoki N 2 O) bilan cheklanmaydi, aksincha tuproqda kam uchraydigan va o‘simliklar uchun juda kam miqdorda kerak bo‘lgan elementlar bilan cheklanadi. Demak, o‘simliklarning o‘sishi tuproq tarkibida minimum miqdorda uchraydigan elementga (masalan, rux) bog‘liq degan xulosa Libixning "Minimum qonuni" deb yuritiladi. Libixning ko‘rsatishicha u yoki bu omillarning yetishmasligigina emas, balki issiqlik, yorug‘lik va suv kabi omillarning ortiqchaligi ham cheklovchi omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin. U yoki bu turning yashash imkoniyati bo‘lgan ma’lum bir omilning o‘zgaruvchan chegarasi tolerantlik deyiladi. Ba’zi bir organizmlarning tolerantlik xususiyati ma’lum bir omilga nisbatan chegaralangan bo‘lsa, boshqa xil omilga nisbatan esa keng doirada bo‘lishi mumkin. Masalan uy pashshasi (chivini) 7°C dan to 50°C issiqlikkacha bardosh berib 7 yashashi mumkin. Uning tolerantlik chegarasi keng. Bunday organizmlarni evriterm organizmlar deyiladi. Boshqa xil organizmlarning tolerantlik chegarasi tor bo‘lishi mumkin, ularni stenoterm organizmlar deyiladi. Tolerantlik qonunini 1913 yilda V.Shelford (Shelford, 1913) asoslab bergan. Bu qonunga muvofiq maksimum chegaralovchi omillarning ta’siri minimum chegaralovchi omillar ta’siri bilan bir xildir.
"Tolerantlik" qonunini to‘ldiruvchi omillar quyidagilardan iborat:
1. Organizmlar bir omilga nisbatan keng diapazonli tolerantlikka ega bo‘lsalar ikkinchi omilga nisbatan ularda tolerantlik diapazoni tor bo‘ladi.
2. Keng tolerantlikka ega bo‘lgan organizmlar yer yuzida keng tarqalgan.
3. Tur uchun sharoit birorta ekologik omilga nisbatan optimal darajada bo‘lmasa, shu turning boshqa xil ekologik omillarga nisbatan tolerantlik diapazoni tor bo‘ladi. Masalan, g‘allasimon ekinlar uchun azot yetishmasa ularning qurg‘oqchilikka chidamlilik xususiyati pasayadi.
4. Organizmlarning ko‘payish davri noziq bo‘lib, bu davrda ko‘pchilik ekologik omillar organizm uchun cheklovchi omil ham bo‘lishi mumkin. Masalan, voyaga yetgan sarv daraxti suvda ham, quruqlikda ham yashashi mumkin, biroq u namlik yetarli bo‘lgan, suv ko‘llamagan joylardagina ko‘payish imkoniyatiga ega. Turning tabiatda yashashi uchun kerak bo‘lgan barcha tashqi muhit omillari yig‘indisi ekologik taxmon (burchak) deyiladi. Ko‘pincha bu atama ikkita yaqin turlarning o‘zaro munosabatini kuzatishda qo‘llaniladi. Ekologik taxmon atamasini 1917 yilda Dj.Grinnel turlarning kenglikda tarqalish tavsifi uchun qo‘llagan edi. Ekologik taxmon yashash joyi atamasiga yaqin tushunchadir. Keyinchalik 1927 yilda Ch.Elton ekologik taxmon turning jamoadagi holati deb aniqladi va bu holatda eng muhimi ularning, ya’ni turlarning bir-birlari bilan trofik bog‘lanishi ekanligini qayd qildi.
Turning ekologik o‘rni (Dj.Grinnell) deganda, ma’lum bir turning barcha abiotik va biotik omillar majmuiga bo‘lgan munosabatini, ya’ni hamjamoada tutgan o‘rni tushuniladi.
Ch.Elton esa ushbu tushunchaning funksional tomoniga alohida e’tibor bergan. Ekotizimdagi turning faoliyati asosan oziqlanishdan bo‘lgani uchun ekologik taxmonni oziqa taxmon deyish ham mumkin. Tabiatda populyatsiyalarga xilma-xil abiotik va biotik omillar ta’sir etib turadi. Shuning uchun ekologik taxmon iqlim, trofik, edafik va boshqa xususiy shakllarga ajratiladi.
Hayvonlar orasida o‘simliklarga nisbatan ekologik taxmon yaxshi ifodalangan.Ammo biogeotsenozlarda o‘simliklar ham ekologik taxmonga ega. O‘simliklarda ekologik taxmonga ajratish belgilari quyidagilar hisoblanadi: turning har xil balandlikda bo‘lishi, ildizlarning tuproqning turli qatlamlariga kirib borishi, turli vaqtlarda gullashi, changlatuvchilarning xilma-xilligi, namlik va boshqalarga munosabatining o‘zgacha bo‘lishi kabilardir. Dasht va cho‘l biogeotsinozlarida yirik va mayda sut emizuvchilar o‘t o‘simliklar bilan oziqlanadi. Bular tuyoqlilar (otlar, qo‘ylar, antilopalar, sayg‘oqlar) va kemiruvchilar (sug‘urlar, yumronqoziqlar, sichqonsimonlarning ko‘pchilik vakillari). Ularning hammasi biogeotsenozda bitta funksional guruh, ya’ni o‘txo‘r hayvonlarni tashkil etadi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, o‘simlik massasini iste’mol qilishda ularning roli bir xil emas, balki ular oziqlanish uchun o‘simlik qoplamining turli tarkibiy qismlaridan foydalanadi. Yirik tuyoqlilar to‘yimli, nisbatan baland bo‘yli o‘simliklardan oziqa oladi. Shu yerda yashovchi sug‘urlar tuyoqlilarning ketidan ular yemagan siyrak va ezilgan o‘tlarni iste’mol qiladi. Nisbatan mayda hayvonlar hisoblangan yumronqoziqlar esa, tuyoqlilar, sug‘urlardan o‘simliklarni yig‘adilar. Shunday qilib, hamjamoa hosil qiluvchi uch guruhdagi o‘txo‘r hayvonlar o‘rtasida o‘simliklar qoplami biomassasidan foydalanishda funksiyalarning bo‘lib olinishi kuzatiladi va ushbu hayvonlar o‘rtasida raqobat bo‘lmaydi. V.N.Beklyamishev tasnifi bo‘yicha ekologik taxmon (ekotaxmon) to‘rt toifaga bo‘linadi: trofik, topik, forik va fabrik. Trofik aloqada bir tur ikkinchi tur bilan oziqlanadi. Topik aloqada bir tur ikkinchi turning yashash sharoitini o‘zgartirishda namoyon bo‘ladi. Daraxtlar tanasida lishayniklarning yashashi, o‘rmondagi daraxtlar tomonidan shu yerlarda o‘suvchi o‘simliklar hayotiga ko‘rsatiladigan ta’sirlarda yaqqol ko‘rinadi. Forik aloqada bir turning tarqalishi ikkinchi turning ta’siri natijasida ro‘yobga chiqadi. Ko‘pchilik hayvonlar tomonidan o‘simlik urug‘ va mevalarining tarqalishi bunga misol bo‘la oladi. Bunday tarqalish aktiv yoki passiv holda o‘tishi mumkin. Bir turning o‘ziga in qurishi uchun boshqa turning qoldiqlaridan foydalanishiga fabrik aloqa deyiladi. Chunonchi, qushlar in qurishi uchun daraxt barglari va shoxchalaridan yoki hayvonlarning jun va patlaridan ham foydalanadilar.
XIX asrning oxirlari va XX asrning boshlarida ko‘pchilik ekologlar jamoada o‘xshash joyni egallagan, bir-biriga ekologik yaqin turgan turlar mustahkam yashay olmasliklari mumkin degan xulosaga kelgan edilar. Bu fikrlar keyinchalik bir ekologik taxmonda uchraydigan 2 ta tur orasidagi raqobatchilik modelini matematik tuzib chiqilganda ham o‘z tasdig‘ini topdi. (V.Volterra va T.F.Gauze). Ekologik taxmon to‘g‘risidagi hozirgi zamon tushunchasi 1957, 1965 yillarda Dj.Xatchinson tomonidan tuzilgan ekologik taxmon modeliga asoslangandir.
Atrof-muhitni muhofaza qilishning ilmiy – nazariy asoslarini ishlab chiqish uchun eng avvalo tabiat qonunlarini va nihoyat insoniyat jamiyati bilan tabiat o’rtasidagi bog’liqlik qonunlarini mukammal ravishda o’rganib chiqishimiz zarurdir. Ko’pchilik falokatlar aynan ana shu bog’liqlik qonuniyatlarini hisobga olmay insonlarning tabiatga ko’rsayotgan ta’sirlari oqibatidan kelib chiqayapti.
Shu muammolarni to’g’ri xal qilishda insonlarni ishlab chiqarish faoliyatlari bilan tabiat o’rtasidagi bog’liqlik qonuniyatlarini o’rgatuvchi fan - «ekologiya» fanining ahamiyati juda kattadir. Bu fan o’z mohiyati bilan tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, inson bilan tabiat o’rtasidagi aloqaning strategiya va taktikasini ishlab chiquvchi ilmiy baza vazifasini o’taydi. Shuning uchun atrof-muhit tirik organizmlarining yashashi uchun normal ekologik parametrlarga ega bo’lgan chegaralar miqyosida, ya’ni biosfera chegaralari o’rganiladi.
Biosferaning chidamlilik ostonasi va sig’im chegarasi. Insonlarning tabiatga ko’rsatayotgan ta’sirlari aytarlik katta bo’lmagan taqdirlarda ushbu muammo iqtisodiy muammolarga kirilmas edi. Ya’ni tabiat har doim bizga cheksiz xizmat ko’rsatadi deb tushunilar yedi. Lekin bugungi kundagi ahvol Shuni isbotlab turibdiki, tabiat insolarni uylamay, xaddan tashkari ko’p ko’rsatadigan ta’sirlariga bardosh bera olmas ekan, ya’ni u o’z-o’zini qaytadan tiklab ulgura olmayapti.
Demak, tabiatni har bir elementi uzining ma’lum «sig’im chegarasiga» ega ekan. Antropogen ta’sir bu chegaradan oshib ketsa, u yemirila boshlar ekan. Masalan: bir vaqtlar gullab yashnab turgan Tigr va Yefrat vodiylari sug’orish sistemasini noto’g’ri tuzilganligi va qishloq xo’jalik ekinlarining ko’p ekilganligi tufayli tuproq eroziyasi va tuzlanish jarayonlari xisobiga cho’lga aylanib qolgan. Uralsk-Voljsk cho’llari ham noto’g’ri chorva boqilishi xisobiga hosil bo’lgandir. Oxirgi vaqtlarda yana shunday ekologik inqirozlardan biri Orol dengizini qurishi xisobiga uning atrofida cho’llarning kengayib, tuproqda tuz miqdorini ortib borishidir. Natijada ichimlik suvining sifati yomonlashib, turli kasallik turlari ortib boryapti. Atrof muhitning tabiy holatini buzilishi darajasi nafaqat antropogen ta’siriga, balki tabiat elementlarining aks ta’sir reaksiyasi va xossalariga ham bog’liqdir. Tabiat elementlarining aks ta’sir reaksiyasi ko’pgina hollarda notekisdir: ma’lum miqdorgacha ko’rsatilayotgan ozginagina ta’sir xisobiga esa, tabiatda juda kuchli aks ta’sirini boshlanishiga olib kelishi mumkin. Ushbu ta’sir ekologik sistemalarning chidamlilik ostonasi deb ataladi. Keskin va intensiv ravishda ko’rsatilayotgan ta’sir xisobiga biosfera ichki o’z-o’zini boshqarish mexanizmi buziladi, ya’ni ekologik inqiroz sodir bo’ladi.
Biosfera - bu Yerning tirik organizmlar va ularning yashash, mavjudlik muhitlarini tashkil etuvchi o’lik tabiatni o’z ichiga oluvchi tashqi qobig’i (sfera) dir. (bios - hayot, yashash; spharia - shar). Biosfera - tirik va o’lik materiyalarning o’zaro ta’sirlari natijasini ifodalaydi.
Biosfera haqidagi ta’limotni buyuk olim akad. B.I.Vernadskiy 1926 yilda yaratgandir. Uning ta’limotiga binoan biosfera quyidagi qismlardan iboratdir:
1. Atmosfera- 25-30 km balandlikkacha (Yerning havoli qobig’’i)
2. Gidrosfera-10 km chuqurlikkacha (Yerning suvli qobig’’i)
3. Litosfera- 3-4 km chuqurlikkacha (Yerning tuproqli qatlami)
Biosferaning tarkibi
B.I.Vernadskiy ta’limotiga binoan biosfera quyidagi tarkibga egadir:
1. Tirik moddalar- o’simlik, xayvonlar, mikroorganizmlar.
2. Biogen moddalar- organik asosli moddalar, ular 2 turga bo’linadi:

  1. Fitogen moddalar- (o’simliklar qoldiqlaridan hosil bo’lgan) ko’mir, torf, neft, gumus va boshqalar.

  2. Zoogen moddalar (tirik organizm qoldiqlaridan hosil bo’lgan)- bo’r, oxak va boshqa cho’kindi moddalar.

3. Kos moddalar- noorganik va magmatik asosli tog’ jinslari, yerning yashil qobig’i va suv.
4. Biokos moddalar - mikroorganizmlar ta’siri ostida tog’ jinslarining yemirilishi xisobiga hosil bo’ladigan cho’kindi moddalar. Masalan, tuproq, tabiiy suvlar va x.k.
Biosferada asosiy o’rinni «tirik modda» egallaydi. Tirik moddani o’simliklar dunyosi, xayvonlar, baliqlar, xasharotlar va mikroorganizmlar tashkil etadilar. Ular biosferani shakllanishida; atmosfera, gidrosfera va litosferaning tarkiblarini boshqarishda; kimyoviy elementlarning taqsimlanishida; foydali qazilmalarni va tuproq qatlamining hosil bo’lishda eng aktiv rolni o’ynaydi.

1 Rasm. Biosferaning tuzilishi.


Biosferaning funksiyalari
1. Biologik mahsuldorlik - ya’ni yerdagi barcha tirik mavjudotlarni oziq- ovqatlar bilan ta’minlash.
2. Muhitning optimal gaz va gidrologik tarkibini ta’minlash.
3. Biologik tozalash (tabiatni o’z-o’zini tozalashi, qayta tiklashi, assimilyatsiya).
Biosfera nisbatan mustaqil bo’lgan alohida bo’laklar yig’indisidan iborat bo’lib, mozaik tuzilishiga (struktraga) egadir. Biosferaning aloxida faoliyat ko’rsatuvchi elementlar struktura birligini biogeotsenoz deb ataluvchi ekologik sistemalar tashkil etadi. Biogetsenoz- bu biotik, tipografik va iqlimiy jihatdan, bir xil bo’lgan abiotik muhitdagi o’zaro bog’liq bo’lgan o’simliklar va xayvonlar yig’indisidan iboratdir.
Shunday qilib, biogeotsenoz deb - nisbatan bir xil uchastkada joylashgan va uzoq muddat davomida chiqindisiz, yopiq ishlab chiqarish jarayonini amalga oshiruvchi o’simliklar, xayvonlar va mikroorganizmlar populyatsiyalari yig’indisiga aytiladi.
Tirik organizmlar u yoki bu biogeotsenozda birga yashash uchun qulay bo’lgan turlarning moslari bilan birgalikda o’zaro moslashgan holdagina yashaydilar. Bir turdagi tirik organizmlar yig’indisi – populyatsiya deb ataladi.
Shunday qilib barcha organizmlar biogeotsenoz miqyosida o’zaro ozuqa bilan ta’minlanish jihatdan o’zaro ouzviy bog’liqdir ya’ni trofik (oziqa) zanjirini tashkil qiladi.
Planetamizdagi barcha tirik moddalar ikki guruhga bo’linadilar:
1) avtotrof organizmlar - ya’ni noorganik moddalardan organik moddalarni hosil qila oluvchilar. Ularga xlorofilli yashil o’simliklar misol bo’la oladi.
2) geterotrof organizmlar – bu inson, xayvonlar va mikroorganizmlardir. Ular organik moddalarni sintez qila olmaydilar.
Geterotrof organizmlar organik moddalarni turlicha iste’mol qiladilar. Ularning ba’zi birlari o’simliklar va ularning mevalarini, boshqa birlari esa xayvonlar va o’simliklarning o’lik qoldiqlarini, uchinchilari esa – o’lgan xayvonlarni iste’mol qiladilar.
Biosferada moddalarning aylanma harakati.
Moddalarning biotik aylanma xarakati yopiq sistema shakliga bir necha milliard yillar davomidagi evolyutsion rivojlanish natijasida kelgandir. Moddalarning aylanma xarakati quyidagi asosiy uch guruh mikroorganizmlar amalga oshiriladi:
1. Produtsentlar (ishlab chiqaruvchilar)- ya’ni avtotrof organizmlar. Biosferadagi asosiy produtsent - bu yashil o’simliklardir.
2. Konsumentlar (iste’molchilar) - ya’ni avtotrof organizmlar hisobiga yashovchi geterotrof organizmlar. I tarkibli konsumentlariga, fitoplanktonlar bilan oziqalanuvchi ba’zi bir baliqlar kiradi. II tartibli konsumentlarga esa yirtqich va parazit organizmlar kiradi.
3. Redutsentlar (qayta tiklovchilar) - ya’ni parchalanayotgan organizmlar bilan ozuqalanuvchi xayvonlar. Ularga bakteriya va mikroorganizmlar kiradi.
Yuqoridagi (sxemadagi sxemadan ko’rinib turibdiki, yashil o’simliklar produtsentlar quyosh energiyasi ta’sirida fotosintez jarayonini amalga oshirishi xisobiga boshlang’ich tirik moddani va O2 hosil qiladilar.

2 Rasm. Fotosintez reaksiyasi




Xayvonlar (konsumentlar) esa o’simliklar va O2 ni iste’mol qilib CO2 ni va organik asosli qattiq сhiqindilarni hosil qiladilar.
O’lgan xayvonlar va o’simliklarni esa xasharotlar, bakteriyalar parchalab, qayta parchalab mineral moddalar ikki oddiy organik birikmalarga aylantirib beradilar. Ular esa tuproqqa tushganligi tufayli yana qaytadan o’simliklar tomonidan iste’mol qilinadilar (ya’ni noorganik asosli qattiq chiqindilar produtsentlar uchun o’g’it vazifasini o’taydilar). Ushbu jarayonning uzluksizligi, yopiqligi oxirgi moddalarning doimiy parchalanishi xisobiga ta’minlanadi.


Hozirgi zamon biosferasi organik dunyo va o’lik tabiatning o’zoq vaqt davomidagi evolyutsiyasining natijasidir. Biosferadagi ishlab chiqarish jarayoni bizni o’zining xom ashyodan tejamli foydalanishi, qayta ishlab chiqarishning yuqori takomilligi, hamda ishlab chiqarish Chiqindilarini shu sistemaning ichida hosil bo’lgan zaxoti yo’qotilishi bilan ajablantiradi.
Mustaxkamlash uchun savollar:
1) Biosfera nima?
2) Biosfera xaqidagi ta’limotni kim tomonidan va qachon yaratgan?
3) Biosfera nechta qismdan tashkil topgan?
4) Biosferaning tarkibiga nimalar kiradi?
5) Biosferaning funksiyalari nimalardan iborat?
6. Biosfera tarkibidagi tirik moddalar nimalardan iborat?
7. Biogen moddalar necha turga bo’linadi va nimalardan iborat?
8. Planetamizdagi barcha tirik moddalar necha guruhga bo’linadi va ular qaysilar?
9. Biogeotsenoz deb nimaga aytiladi?
10. Populyatsiya deb nimaga aytiladi?



Download 59,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish