Elastiklik kuchi -
moddiy nuqtaning muvozanat holatidan ko’chishigaproportsional va
muvozanat holati tomon yo’nalgan bo’ladi (2.1
- rasm
):
r
F
(2.12)
2.1- rasm. Prujinaga osilgan jismning muvozanat holatidan siljishi
bu Erda
r
- jismning muvozanat holatidan siljishini belgilovchi radius-vektordir,
-
jismning elastiklik xususiyatiga bog’liq bo’lgan proportsionallik koeffitsienti.
Ishqalanish kuchi
- jismning boshqa jism sirtida sirpanishiga qarshilik ko’rsatadigan kuch
bo’lib, jismning sirtiga normal bo’yicha bergan bosim kuchiga tengdir.
n
R
k
F
(2.13)
k
– jism sirtining holatiga bog’liq bo’lgan ishqalish koeffitsienti.
R
n
– jism sirtiga normal
bo’yicha yo’nalgan bosim kuchi.
Ishqalanish kuchining tabiati quyidagilardan iborat:
*
Elektromagnit tabiatiga ega bo’lgan tinchlikdagi ishqalanish kuchi, u ishqalanayotgan
sirtlar turiga bog’liq bo’ladi;
*Elektromagnit tabiatga ega bo’lgan sirpanishdagi ishqalanish kuchi. Buerda sirpanish
koeffitsienti ishqalanayotgan moddalar tabiatiga bog’liq bo’ladi;
*Elektromagnit tabiatga ega bo’lgan chayqalishdagi ishqalanish kuchi, u chayqalishdagi
ishqalish koeffitsientiga bog’liq bo’ladi;
Qarshilik kuchi -
g
az va suyuqliklarning ilgarilanma harakatlarida hosil bo’ladigan kuchdir.
Gaz va suyuqliklarda harakatlanuvchi har qanday jism qarshilikka uchraydi va bu
ilgarilanma harakatni susaytirishga olib keladi. Bu kuch harakatlanuvchi jismning harakat
tezligiga kuchli bog’lanishda bo’ladi:
1
k
F
(2.14)
bu yerda
k
1
– muhitni xarakterlovchi doimiylik (moy, suv, yopishqoq suyuqliklar). Bu kuch
suyuqlik yoki gazning harakat tezligiga proportsional kuch bo’lib, kichik tezliklar uchun o’rinli
bo’ladi. Katta tezliklarda esa formula biroz boshqacha ko’rinishga ega bo’lib, kuch tezlikning
kvadratiga proportsional bo’ladi.
2
2
k
F
(2.15)
Arximed kuchi - g
az yoki suyuqliklar ustunlarining har xil balandliklaridagi
bosimlarning farqi hisobiga itarish kuchlari hosil bo’ladi. Idishning shakliga bog’liq
bo’lmaydigan, suyuqlik yoki gaz ustunining birlik yuzasiga ta’sir etuvchi bosim quyidagicha
ifodalanadi:
P = F/S = mg/S = ρgh
Bu yerda
S –
suyuqlik yoki gaz ustunining yuzasi
, h –
ustun balandligi
, ρ –
suyuqlik yoki
gazning zichligi.
Savollar:
1.
Massa nima?
2.
Kuch tushunchasini yoriting.
3.
Nyutonning qonunlarini dinamikadagi o’rni.
Document Outline - 2. Nyutonning ikkinchi va uchinchi qonunlari
Do'stlaringiz bilan baham: |