Mikoplazmalarni tuzilishi, tarqalishi va ko’payishi
Odam va hayvonlarda mikoplazmalar qo’zg’atadigan kasalliklar azaldan ma’lum. Lekin o’simliklarda kasallik qo’zg’atuvchi mikoplazmalar 1967 yili tut daraxtidan yaponiyalik olimlar tomonidan ajratib olingan. Hozirda o’simliklarda kasallik qo’zg’atuvchi 50 yaqin mikoplazmalar turi aniqlangan.
Mikoplazmalar viruslarga yaqin mikroorganizmlar bo’lib, ular – polimorf, ya’ni turli shakldagi mikroorganizmlar, nihoyatda mayda (0,1- 1 mikron) xaqiqiy bakteriyalardan qobig’idagi devorining yo’qligi bilan farqlanadi. Ular spora hosil qilmaydi, bakteriyali filtrdan o’tadi. Shuning uchun ham ular bakteriya va viruslarning oralig’idagi mikroorganizmlardir. Ularda haqiqiy qobiqning o’rniga uch qavatli lipoprotein membrana tashkil topgan. Mikoplazmalarning viruslardan farqi ularni tuzilishi hujayra tuzilishiga yaqin va sun’iy oziqalarda o’sadi, hamda ularning tarkibi RNK va DNK dan iboratdir.
Mikoplazmalar orasida saprofit va parazit formalari bor. Hayvonlarda turli - tuman kasalliklarni vujudga keltiradi. Ularni 10 - 20% ot qonining zardobi qo’shilgan qattiq oziqa muhitlarida o’stirish mumkin. Suyuq oziqa muhitlarda mikoplamalar kokkisimon, yulduzsimon, disksimon, ipsimon va boshqa shaklli bo’lib, qattiq oziqa muhitlarda esa o’rtasi qora mayda koloniyalarni hosil qiladi.
Mikoplazmalar orasida yaxshi o’rganilgani erkin holda hayot kechiradigan Mycoplasma laidlawu dir. G. Morovin va M.Turtelen (1964) ularni elektron mikroskopda ko’rib, to’rt xil hujayrasi: 1) elementar tanasi; 2) oraliq hujayralar; 3) yirik hujayralar; 4) ichida elementar tanasi bo’lgan yirik hujayralar borligini aniqlaydilar.
Mikoplazmalar odamda va boshqa umurtqalilar orasida keng tarqalgan. Mikoplazmalarning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
a) hujayralari pleomorf, diametri 0,1 —1,0 mkm;
b) hujayralari uch qavatli membrana bilan o’ralgan;
v) bakteriya ribosomalariga o’xshash ribosomalari bor;
g) hujayralarida RNK va DNK bor. DNK qo’sh spiralli, molekulyar og’irligi 4-108 dan 1 • 109 gacha;
d) sun’iy oziqa muhitida o’sadi, agarli muhitda mayda koloniyalar hosil qiladi;
e) penitsillinga chidamli, lekin tetratsiklinga sezgir;
O’simliklarda uchraydigan mikoplazmalarni birinchi bo’lib yaponiyalik olimlar aniqlaganlar. Ular qo’qongulning sariq kasalligi, tut daraxtining pakanaligi va boshqa kasalliklarning sababchilarini elektron mikroskopda ko’rib, mikoplazmalarga o’xshash hujayralar borligini kuzatganlar. Kasallangan tut ko’chatlariga tetratsiklin ta’sir ettirilgach, kasallik namoyon bo’lmay qolgan. O’simliklarda uchraydigan mikoplazmalar hujayralar ichida bo’ladi.
Ba’zi xususiyatlari bilan mikoplazmalar bakteriyalarning L formasiga o’xshab ketadi. Mikoplazmalarning hujayra po’sti yaxshi taraqqiy etgan, penitsillinga chidamli.
Mikoplazmalar o’simliklarda 50 dan ortiq turli-tuman kasallik-larni qo’zg’atadi. Jumladan, sariq kasalligi, qo’qongulning sariq kasalligi, pomidordagi stolbur, makkajo’xori, tut va boshqa o’simliklarning pakanaligi va sitrus o’simliklarda kasalliklarni qo’zg’atadi. Keng tarqalgan formasi ellipssimon bo’lib, 0,2X0,3 mkm kattalikda.
Sulida keng tarqalgan kasalliklardan biri g’umbaklanishdir. Bu kasallikning sababchisi Liburnia striatella. Bu kasallik Sibirda, Uzoq Sharqda va Shimoliy Qozog’istonda tarqalgan. Pomidor gulining tugunchalari, shonalarida Hyalesthes obsolefus gulkosa barglarining yopishib o’sishiga olib keladi, natijada pomidor mevasi mayda va qattiq bo’ladi, bu kasallik Qrim va Kavkazda tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |