1. Tayoqchasimon viruslar. Bu guruxga kiruvchi viruslar to’g’ri, buqilmaydigan, mo’rt, silindir formasida bo’lib, ular “tamaki chiporlanish (mozaikasi) viruslari” guruhi deyiladi. Bu guruhga uzunligi 130 - 300 nm, eni 20 nm ga yaqin viruslar kiradi.
2. Ipsimon viruslar. Ipsimon viruslarning zarrachalari oson bukuluvchan, elastik va bir biri bilan matashish xususiyatiga ega bo’ladi. Ipsimon viruslarning eni 10-12 nm atrofida bo’lib, uzunligi 400-900 nm ga yetishi mumkin.
Viruslarning ipsimon formasi faqat o’simlik virusiga xos deb hisoblanar edi. Ammo keyingi vaqtlarda DNK va RNK tutuvchi bakteriofag-larning ham ipsimon formalari topildi. Masalan, fd – bakteriofagi.
Do'stlaringiz bilan baham: |