Nazorat savollari
O‘zbek mifologiyasi deyilganda nimani tushinasiz?
O‘zbek folklorida qanday mifologik obrazlar bor?
Bugungi adabiyotda, san’atda mifologik tafakkurning o‘rni qanday?
Foydalanish uchun adabiyotlar:
Karimov I.A. Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2000. T.8. -528 b.
Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.-Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
Islom Karimov. Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor. T., “O‘zbekiston”. 2009.
Sarimsoqov B. Epik janrlar diffuziyasi // O‘zbek folklorining epik janrlari. Toshkent, 1981, 93-168-betlar;
Haydarov T. «Go‘ro‘g‘li» va mifologiya sinkretizmi. Nomzodlik diss. avtoreferati. Toshkent, 1993;
Jo‘rayev M., Shomusarov Sh. O‘zbek mifologiyasi va arab folklori. – Toshkent.: Fan, 2000.
Turdimov Sh. «Go‘ro‘g‘li» dostonlarining genezis iva tadrijiy bosqichlari. –Toshkent:Fan, 2011. – 240 b.
Turdimov Sh. Hikmat xazinasi, -T.: “O‘zbekiston ” 2016.
Eshonqulov J. Epik tafakkur tadriji. Toshkent., “Fan” 2006. B-128
Eshonqul Jabbor. O‘zbek folklorida tush va uning badiiy talqini.
–Toshkent: Fan, 2011. – 304 b.
GLOSSARIY
Mif (yun. mythos – rivoyat, hikoya, masal) – xalq og‘zaki ijodining eng qadim davrlarida paydo bo‘lgan, voqelik (olam) haqidagi tasavvurlarni konkret obrazlar vositasida aks ettiruvchi rivoyaviy asarlar. M. rivoyaviy asarlar (olam va odam haqidagi hikoyalar) bo‘lsa-da, ularni tom ma’noda so‘z san'ati hodisasi deb bo‘lmaydi. M.lar qadimgi odamlar uchun tafakkur shakli, ular M. vositasida olam sir-sinoatlari (olamning yoki insonning yaratilishi, quyosh chiqishi va botishi, shamol esishi va momaguldurak sababi va h.)ni bilishga intilganlar, M.larda ularning olam haqidagi bilimlari o‘z ifodasini topgan.
Janr (fr. genre – jins, tur, xil) – adabiy janr, adabiy asarlarning tarixan shakllanuvchi tipi, muayyan davr milliy yoki jahon adabiyotida umumiy xususiyatlari bilan turli ko‘lamdagi guruhlarni tashkil qiluvchi asarlarni anglatuvchi tushuncha. J. terminining qo‘llanishida turlichalik kuzatiladi: ayrim manbalarda J. termini adabiy tur (epos, lirika, drama) ma’nosida ishlatilsa, boshqa birlarida ancha tor ma’noda (epos – tur, roman – xil, tarixiy roman – janr) qo‘llanadi.
Lirika (yun. lyra – musiqa asbobi, qadimda she’rlar uning jo‘rligida o‘qilgan) – badiiy adabiyotning uchta asosiy turidan biri. L.da voqelik lirik sub’yekt his-tuyg‘ulari orqali akslanadi, uning uchun badiiy nutq ob’ekti emas, sub’ekti birlamchidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |