2-mavzu. Mif va uning badiiy talqinlari. Afsona, rivoyat, naqllarning janr xususiyati Reja



Download 35,96 Kb.
bet2/5
Sana30.05.2023
Hajmi35,96 Kb.
#945722
1   2   3   4   5
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ma`ruza matni

2.Miflarning turlari.
Dunyo xalqlari miflarini folklorshunoslik quyidagi ko‘rinishlarda tasnif etadi:
1) Ibtido haqidagi miflar (olamning yaratilishi va yerdagi hayotning paydo bo‘lishi haqidagi miflar); 2) Samoviy miflar (osmon jismlari va tabiat hodisalarining paydo bo‘lishi haqidagi miflar); 3) antropogenik miflar (g‘ayrioddiy xislatlarga ega bo‘lgan afsonaviy peronajlar haqidagi miflar – masalan, Gerakl, Gelgamish, Doroko‘z, Ozitqi, Albasti, Alanqasar, Hubbi haqidagi miflar); 4) kult miflar (muayyan e'tiqodiy ishonchlar bilan bog‘liq miflar, masalan hosildorlik kulti, suv kulti, o‘simlik kulti, olov kuti haqidagi miflar); 5) totemistik miflar (totem-ajdod haqidagi qadimgi tasavvurlar asosida kelib chiqqan miflar); 6) kalendar miflar (yil, oy, kun hisobi bilan bog‘liq miflar – masalan : Ayamajuz, ahman-dahman, chilla, to‘qson hisobi,bilan bog‘liq miflar); 7) o‘lib-tiriluvchi tabiat kultlari haqidagi miflar (“Go‘ro‘g‘li” dostoni, Go‘ro‘g‘li, Rayhon poshsho, Hiloloy, Zaydinoy obrazlari asosida turuvchi miflar); 8) animistik miflar(jon haqidagitabiatdagi barcha narsalarning, butun borlikning joni haqidagi tasavvurlar ifoda topgan miflar); 9) manistik miflar (ajdodlar homiyligi haqidagi miflar); dualistik miflar (ezgulik va yovuzlik kuchlari o‘rtasidagi kurash haqidagi asotiriy qarashlarni o‘zida aks ettiriuvchi miflar); 11esxatologik miflar (olamning intihosi, oxir zamon to‘g‘risidagi miflar)
O‘rta Osiyoda yashaydigan xalqlarning o‘tmish hayoti bilan bog‘liq miflarning dastlabki namunalari “Avesto” kitobida berilgan. “Avesto” qadimgi Xorazmda yashagan ajdodlarimiz ijodi mahsulidir. Avval og‘zaki tarzda vujudga kelgan asar yozuv madaniyati shakllangandan so‘ng Zardusht tashabbusi bilan 12 000 mol teriga oltin harflar bilan bitildi. XI asrdagi afsonalar qayd etilgan “Kitobi Dada Qo‘rqut” va XIII asrda yashagan O‘g‘uz qog‘on haqidagi “O‘g‘uznoma” deb atalgan kitoblarda (ulardagi voqyealar, afsonalar matnining ancha avval yaratilganini bildirsa ham ilmiy asarlarda XI va XIII asrlar qayd etilgan) turkiy qabila va urug‘lar tarixi haqidagi mifik tasavvur ifodalari o‘rin olgan.
“Avesto” kitobida ezgulik olamini yaratuvchi Ahura Mazda bilan yomonlik olami xudosi Angra Manyu (Ahriman) qarama-qarshi qo‘yilgan. Ular o‘rtasidagi munosabatni tasvirlash davomida Mitra, Anaxita, Kayumars, Jamshid, Gershasp kabi qahramonlar ishtirok etgan voqyealar bayon etiladi.
Turkiy xalqlar mifik dunyosi aks etgan tarixiy-adabiy kitoblardan biri “Kitobi Dada Qo‘rqut” hisoblanadi. Qo‘rqut ota ismi bilan ham mashhur bo‘lgan Dada Qo‘rqut o‘z vaqtida odamlarga yaxshilik qilish, mushkullarini osonlashtirishda ko‘makdosh bo‘lgan. Kelgusi hayot haqida bashorat qiluvchi, Alloh nazar solgan tabarruk insonlardan biri sifatida hurmat topgan.
Turkiy mifologiyaga oid voqyea-hodisalar tasvirlangan yana bir kitob “O‘g‘uznoma” deb ataladi. “O‘g‘uznoma”da voqyealar bayoni qisqa-qisqa jumlalar vositasida berilgan. Jami 42 maktubni eslatuvchi matnning har birida to‘qqiztadan jumla bor. Har bir jumla ifodalanayotgan voqyea haqida muhim ma'lumot berish vazifasini bajargan. O‘g‘uz ismli qahramon bo‘lib, nomada tasvirlanishicha, oyog‘i ho‘kiznikidek baquvvat, beli bo‘rinikidek ingichka, yag‘rini silovsinnikidek, ko‘kragi ayiqnikidek keng edi.
“O‘g‘uznoma”da turkiy xalqlar mifik dunyoqarashidagi bo‘ri, ot, ayiq totemlari, kun, oy, yulduz, ko‘k, tog‘, dengiz, yoy, o‘q fetishlari muhim o‘rin olgan. Nomada Ko‘k bo‘ri O‘g‘uzxonga bir necha marta yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi, uni xavfdan ogoh qiladi, unga g‘alaba xabarini beradi. Bu bilan animizm belgilarining “O‘g‘uznoma”da yetakchi ekanini dalillash mumkin.
Xullas, o‘zbek mifik olamini alohida bir sirli olamga qiyoslash mumkin. Unda xalqimiz, yurtimiz, tariximiz o‘zining mukammal ramziy qiyofasini namoyon etadi. Ayni choqda o‘zbek xalqining qadim zamonlardan boy og‘zaki ijodga va mifik asarlarga ega boy xalq ekanini isbotlaydi.
Xalq og‘zaki ijodi janrlari. Har bir fan, sohaning muhim nazariy masalalari bo‘ladi. Badiiy adabiyotni o‘rganuvchi fan adabiyotshunoslik deb ataladi. Xalq og‘zaki poetik ijodini o‘rganish sohasini folklorshunoslik deymiz. Folklorshunoslik adabiyotshunoslik tarkibidagi mustaqil fan hisoblansa-da, o‘rganish ob'ekti badiiy adabiyot bo‘lgani sabab bir qator umumiy va mushtarak jihatlar bor. Xususan, janrlar masalasi adabiyotshunoslik uchun ham, folklorshunoslik uchun ham muhim hisoblanadi. Faqat adabiyotshunoslikda yozma adabiyot vakillari qalamiga mansub g‘azal, ruboiy, doston, noma kabi (mumtoz adabiyot); she'r, hikoya, roman, drama kabilar (zamonaviy adabiyot) ning janr xususiyalari o‘rganiladi. Folklorshunoslikda esa xalq og‘zaki adabiyotidagi maqol, qo‘shiq, ertak, doston kabi janrlarning o‘ziga xoslik tomonlari tadqiq etiladi. Ammo qaysi shaklda yaratilgan adabiyot ekanidan qat'i nazar har bir yo‘nalishdagi yutuqlar va kashfiyotlar adabiyotshunoslik ilmi taraqqiyotiga qo‘shilgan hissa sifatida baholanaveradi.

Download 35,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish