2-mavzu. Mehnat xavfsizligi bo’yicha standartlar sistemasi. Yoshlar va ayollar mehnatini muxofaza qilish



Download 45,3 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi45,3 Kb.
#213128
Bog'liq
5-mavzu

5- Mavzu: MEHNAT GIGIENASI VA ISHLAB CHIQARISH SANITARIYASI. MIKROIQLIM.TITRASH VA SHOVQINLAR.

Reja

1. Mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi.

2. Mehnat fiziologiyasi.

3. Mikroiqlim.

4. Titrashlash va shovqinlar.

5.1. Mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi.

Mehnat gigienasi-tibbiy profilaktik sohasi bo’lib, ish qobiliyatini yuksak darajada ta’minlash, kasb kasalliklari va odamning mehnat faoliyati bilan bog’liq boshqa salbiy oqibatlarni oldini olishning ilmiy asoslarini va amaliy choralarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi.

Mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning asosiy yo’nalishlari:

I- Gigienik yo’nalish:

- Salomatlik va ish qobiliyatiga ta’sir qiladigan ishlab chiqarish muxiti omillarini meyorlash.

- Ishlab chiqarish muxitidagi zararli moddalarni kamaytirish va yo’qotish yo’li bilan mehnat sharoitlarini sog’lomlashtirish.

II- Fiziologik yo’nalishda:

  • Ish joyi, asboblar, mashina va jixozlarni fiziologik talablarga muvofiq holda bo’lishiga erishish;
  • Mehnat va dam olishni rejalashtirishni joriy etish;
  • Mehnatning jismoniy og’irligini kamaytirish, fiziolik jihatdan yetarlicha harorat faolligini ta’minlash;
  • Mehnatning aqliy va emotsional toliqtirishini kamaytirish.

III- Texnologik yo’nalishi.

III- Texnologik yo’nalishi.

  • Pultlar va mashinalar, mexanizmlar tizimlarini boshqarish uchun boshqa vositalar ixtiro qilishda ruhiy talablarni xisobga olish. (muhandislik ruhiyati);
  • Kasb tanlashda va kasbiy talablarga muvofiq holda shaxsning ruxiy xususiyatlarini hisobga olish;
  • Jamoalarda qulay ruxiy kayfiyat yaratish, ishchilarni mehnatdan va uning natijalaridan yuqori manfaatdor bo’lishini ta’minlash bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish va joriy qilish.
  • IV- Estetik yo’nalish;

  • intererlarni bezatishda, uskunalarni joylashtirishda, ranglar bilan bezashda va boshqarishda ishlab chiqarish estetikasi talablariga rioya qilish.
  • Texnikaviy estetika talablarini bajarish, mashinalar, asboblar, jixozlar, pulptlar singari boshqaruv vositalarini badiiy ixtiro qilish.

5.2. Mehnat fiziologiyasi

Mehnat fiziologiyasi ish paytida inson tanasida yuz beradigan funktsional o’zgarishlarini tekshiradi, ish qobiliyatini oshirish, mehnat faoliyati va jarayonining ishchilar sog’ligiga salbiy ta’sirini oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqidi. Mehnat avvalo, ijtimoiy tushunchadir. Mehnat jamiyatning eng xususiyatli belgilarini tahlil qilish, ishtimoiy rejada moddiy boyliklar manbai va jamiyatni shakllantiradigan negiz ekanligini ko’rsatadi.

Jismoniy mehnat

Jismoniy mehnat-deganda tayanch-harorat apparat iva uning ishlashi uchun zarur harakatni ta’minlaydigan muhim quvvat sarflari bilan bog’liq ishlab chiqarish faoliyatining turi tushuniladi.

Aqliy mehnat.

Aqliy mehnat-odamning ishlab chiqarish jarayonini boshqarish va ijodiy faoliyat bilan band bo’lishdir. Uning asosini ma’lumotni idrok qilish, qayta ishlash va qarorlar qabul qilish tashkil etadi. Ma’lumotni qabul qilish asosan ko’rish va eshitish organlari tomonidan amalga oshirladi. Bunda diqqat, xotira, intellektual faoliyat singari oliy ruhiy funktsiyalar ishga solinadi.

Aqliy faoliyatning hamma hollarida asab tizimi, uning markaziy bo’lishlarining ishtirok etish asosiy belgi sanaladi. Aksariyat aqliy mehnatni bajarish mushak faoliyatining pasayishi (gipokineziya) bilan birga o’tadi.

Toliqish

Toliqish

Toliqish - ish bajarish jarayonida organizm ish qobiliyatini pasayishi.

Toliqish - kaytuvchan, fiziologik holatdir. Toliqish bir qator fiziologik ko’rsatkichlar bo’yicha aniqlanishi ham mumkin. Ish bajarishda charchash, diqqat-e’tibor funktsiyasining yomonlashuvi, muskul chidamining, ba’zan kuchning ham pasayishi toliqish yuzaga kelganidan dalolat beradi.


5. 3. Mikroiqlim

Ishlab chiqarish muhitida meteriologiya sharoitini ifodalovchi omillar-havoning harorati, nisbiy namligi, barometrik bosim va ish joylaridagi havo harakatining tezligi kishining ish qobiliyatiga, mehnat unumdorligiga va inson organizm jarayonlariga katta ta’sir ko’rsatadi. Inson tanasidagi doimiy harorat-organizm termoregulyatsiyasi fiziologik va kimyoviy jarayonlar asosida ushlab turiladi va tashqi muhit bilan organizm orasidagi issiqlik almashinuvi to’liq ta’minlanadi. Haroratning 15-200S, nisbiy namlikning 35-75% bo’lishi moddalar almashinuvi va issiqlik ajralish jarayonlarini amalga o’zgartirmaydi.


5.4. Titrash va shovqinlar.

  • SHovqin, titrash va ultra-infratovush qattiq jism, gaz hamda suyuqlik, moddiy jismlarning mexanik tebranishlaridir. Ruxsat etilgan sanitariya talablaridan ortiq bo’lgan ishlab chiqarish shovqinlari, titrash va ultra-infratovushlari muntazam ravishda ta’sir etganda odam organizm zaharlanishi, keyinchalik og’ir kasbiy kasalliklar kelib chiqishi mumkin.
  • Fiziologik nuqtai nazardan shovqin eshitish organlariga yoqimsiz ta’sir ko’rsatadigan ovoz jarayoni sifatida qaralib, so’zlashiga halaqit berib, inson sog’lig’iga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Download 45,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish