2-MAVZU: MASALALAR YECHISHNI O‘RGATISHDA
O‘QITUVCHINING KREATIV YONDASHUVINI RIVOJLANTIRISH
Reja:
1.
Matematikadan masalalar yechishda о„qituvchi
krеativligini oshiruvchi
omillar.
2. Masalalar yechishda о„qituvchi krеativligini oshirish yo„llari.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
kreativlik, ijodiy faoliyat,
ijodiy fikrlash, ijodiy qobiliyat, masala, yechim.
1.
MATEMATIKADAN MASALALAR YECHISHDA О‘QITUVCHI
KRЕATIVLIGINI OSHIRUVCHI OMILLAR.
Hozirgi vaqtda o„quvchilarning ilmiy savodxonligi, izlanish,
ijodiy
qobiliyatlari va muammolarni hal qilishda kreativ yondashuvni rivojlantirish
muammosi alohida dolzarblikka ega. Maktab yangi bilimlarni olishda o'z
salohiyatidan iloji boricha samarali foydalana oladigan va uni ijodiy, malakali
qo'llay oladigan shaxsni tayyorlashi kerak. Bu ishlarni
amalga oshirishda qanday
muammo mavjud?
Maktabda o'tgan o'n bir yil davomida bolalar sinfda ham, har qanday
to'garaklarda, fakultativ mashg'ulotlarda ham yetarli bilim va ko'nikmalarga ega
bo'lishadi. O„qituvchilar ta'lim berish, o„quvchining shaxsiyatini rivojlantirish
uchun barcha sa‟y-harakatlarini
amalga oshiradilar; ixtisoslashtirilgan sinflar va
maktablar yaratiladi, turli dasturlar va texnologiyalar ixtiro qilinadi. Ammo
amalda, aksariyat hollarda biz hayotga tayyor bo'lmagan bitiruvchini ko'ramiz.
Inson hayotini rang-barang ammo murakkab qiladigan yuqori texnologiyalar
davrida, o'quvchilarining hayotiy faoliyati jarayonida
yuzaga keladigan turli
ko'rinishdagi muammolarni hal qilishga qanday o„rgatish mumkin? Buning uchun
undan odatiy harakatlar va yondashuvlarni emas, balki egiluvchanlik, ravonlik,
o'ziga xoslik va kreativ fikrlashni talab qiladigan
zamon kelganini anglashimiz
kerak. Bu talablar bilan bog'liq holda, kichik maktab o'quvchilarini ochiq
masalalarni yechishga o'rgatish muammosi ayniqsa dolzarb bo'lib qoldi.
Boshlang„ich maktabda dars berishda ochiq yechim talab qiladigan
masalalardan foydalanish o'qituvchiga nafaqat bilim berish, balki o'quvchini ijodiy
fikrlashni rivojlantiradigan, o'quvchilarni hayotiy masalalarni
yechimini topishga
tayyorlaydigan va tanlov qilish qobiliyatini shakllantiradigan muammolarga duch
kelish imkoniyatini beradi.
Faoliyatga asoslangan yondashuvni ishlatmasdan, ochiq masalalarni yechishni
o'rganish deyarli mumkin emas.
Masalalarni
yechish
jarayoni
o„quvchilar
qo„llaydigan
mantiqiy
operatsiyalarni barchasini rivojlantirishga yo„naltirilgan bo„lib, o„quvchilarning
aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish bilan bir qatorda, ularning matematikaga bo„lgan
qiziqishlarini tarbiyalashga ham ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. Shuning uchun ham
bugungi kunda boshlang„ich sinflar matematikasida matnli masalalar mazmuni
kengaytirilib, ularni yechishga o„qituvchining
kreativ yondasha oladigan, mavjud
pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bо„lgan tayyorgarligining mavjudligi
talab etiladi.