2-mavzu: markaziy osiyo jahon sivilizasiyasining ajralmas qismi


M.a. 1-minginchi yillarning boshlari



Download 125 Kb.
bet3/4
Sana12.07.2022
Hajmi125 Kb.
#779935
1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu

M.a. 1-minginchi yillarning boshlari (IX-VIII asrlar)da ajdodlarimiz temirdan mehnat qurollari, qurol-yarog’lar, bezakli buyumlar yasashni o’zlashtirganlar va temirdan foydalanish keng tarqaldi. O’rta Osiyoda ko’chmanchi chorvador qabilalarning ajralib chiqishi yuz berdi.
Temirning kashf qilinishi hunarmandchilikni yanada yuqori pog’onaga ko’tardi. Ikkinchi yirik mehnat taqsimoti amalga oshdi, ya’ni hunarmandchilik dehqonchilik va chorvachilikdan ajralib chiqdi.
Temir davrida kulolchilik charxi, naqsh bilan bezatilgan sopol buyumlar keng tarqaldi, metallga ishlov berish rivojlandi. Xonadonlarda ip yigirish va matolar to’qish, kiyim tikish tobora kengayib bordi. Uy-joy qurilish birmuncha yaxshilandi. 10-20 tadan xonasi bo’lgan katta maydonli uylar qurilishi bilan birga, g’ishtdan, sinchdan alohida bir oilaga mo’ljallangan uylar qurish keng tarqaldi.


-IV-
Ajdodlarimiz hayotidagi dastlabki diniy e’tiqodlar va marosimlar urug’chilik jamiyatida paydo bo’lgan. O’zbekiston insonlarda ilk bor diniy tasavvurlar va aqidalar paydo bo’lgan eng qadimgi o’lkalardan biri hisoblanadi. Neolit davrining oxirlariga kelib animizm, totemizm, fetishizm, sehrgarlik (magiya) va shamanizm singari ibtidoiy din shakllari tarqaldi.
ANIMIZM. Tabiatning jonliligi to’g’risidagi tasavvurlar yig’indisi fanda animizm ( lotincha anima, animus – ruh) deb ataladi. Ibtidoiy odam tasavvuriga ko’ra, uning atrofidagi dunyoda har narsaning (hayvonlar, o’simliklar, tabiat hodisalari va h.k.) joni, ya’ni ruhi mavjud. Yer, olov, o’rmon, suv, tog’ va uy «ruh»larining kelib chiqishi ham shundan. Daraxtga topinish ramzi sifatida «hayot daraxti» mavzusi O’zbekiston xalq hunarmanchiligida muhim o’rin tutadi. So’nggi bronza va temir davri boshlarida inson ruhi o’lmaydi, balki narigi dunyoda yashashda davom etadi, degan tasavvur vujudga keldi.
TOTEMIZM. Totemizm – hayvonlar va o’simliklarni e’tiqod obyektiga aylanishi natijasida keng tarqalgan diniy tasavvurlarning yig’indisidir. Bu tasavvurlarga ko’ra hayvonlar, o’simliklar va boshqalarning bir xillari totem (hindu. – urug’chilik tuzumining ilk davrida hayvon va o’simliklar turiga yoki jonsiz tabiat narsalariga topinish) deyilgan. Ibtidoiy xalqlarda o’z qabilalariga asos solgan deb hisoblangan hayvon yoki o’simliklarga e’tiqod qilish, topinish; totemni o’ldirish, iste’mol qilish taqiqlangan; hayvon, o’simlik va baliq nomi bilan yuritilgan qabilalarning totem shakli solingan ramzi bo’lgan.
FETISHIZM. Fetish (portugal, fransuz) – yasalgan tumor, sehrli narsa; jonsiz narsalarni g’ayritabiiy xususiyatga ega deb ishonish va ularga topinish, sajda qilish. Fetishizmning ko’rinishlaridan biri turli xil buyumlardan yasaladigan tumor taqish odatidir.
MAGIYA. Magiya (yunon.) – sehrgarlik; odamning o’zini g’ayritabiiy kuchlarga ta’sir ko’rsata olish qobiliyatiga asoslangan ish amallari. Sehrgarlik (magiya) turlicha bo’lib, davolash, biror odamni «isitish» yo «sovitish», dehqonchilik, chorvachilik sohalari, hatto ob-havoga ta’sir ko’rsatish kabi ko’rinishlari ma’lum bo’lgan. Ko’zminchoq, tumor yordamida yomon ko’zlardan, balo-qazolardan asrashga oid sehrgarlik ham shunga kiradi. Sehrgarlikning ba’zi shakllari hozir ham uchrab turadi: Qur’oni karim oyatlari yozilgan tumor, duo matni tushirilgan ko’zminchoq va h.k.
SHAMANIZM (tungus – evenk.) – taman, shaman – evenk tilida ruhoniy; ibtidoiy jamoa tuzumi oxirlarida vujudga kelgan dinlardan biri. Shamanizm ayrim kishilar – shamanlarning g’ayritabiiy qobiliyatiga ega bo’lib ashula aytish, raqsga tushish, childirma chalib jazavaga tushib, yovuz va saxiy ruhlar bilan bevosita munosabatga bo’la olganlari uchun kasallarni davolash, fol ochish va boshqa qobiliyatga egaliklarida ishontirishdan iboratdir. Shamanlar go’yo ruhlarni chaqira olar, qo’ng’iroqli childirma bilan ruhlar makoniga sayohat qilar, ularga iltimos bilan murojaat qila olar emish.
ZARDUSHTIYLIK – zoroastrizm m.a. VII-VI asrlarda vujudga kelgan din. Bu din qariyb ming yil O’rta Osiyo, Ozarbayjon va Eron xalqlarining asosiy dini hisoblangan. Bu dinning paydo bo’lishi – Zardusht, Zaratushtra (Avesto tili bo’yicha), Zoroastr (yunoncha «astron» - «yulduz»), (m.a. 618-544 yy.) degan payg’ambar nomi bilan bog’liq.
Zardusht 40 yoshga yetganda o’zigacha bo’lgan ko’p xudolilik diniy aqidalariga qarshi chiqib, yakkaxudolikka asoslangan birinchi kitob – «Avesto» («Qat’iy qonunlar» ma’nosini bildiradi) yaratgan. “Avesto” zardushtiylikning muqaddas kitoblari to’plami hisoblanadi.
Zardusht va’zlari (da’vat) matnlarining hammasi m.a. III asrda 21 kitobda jamlangan, bu kitoblar “Avesto”ning asosini tashkil etadi. Kitobda Turon, Xuroson, Ozarbayjon, Eron, Kichik Osiyo xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam va odam to’g’risidagi tasavvur, urf-odat va ma’naviy qadriyatlari o’z aksini topgan.
Zardushtiylikning axloqiy ta’limoti «ezgu fikr», «ezgu so’z» va «ezgu amal»dan iborat muqaddas uchlik (axloqiy triada)da o’z ifodasini topgan. Zardushtiylik talabiga ko’ra, har bir inson tangrining yakka-yu yagonaligini e’tirof etishi, xoh erkak, xoh ayol bo’lsin ilm o’rganishi, turli kasblarni egallashi, chorvachilik, dehqonchilik, bog’dorchilik bilan shug’ullanishi, kanal qazishi, yer ochishi lozim. Eng asosiysi - zardushtiylikda e’tiqod erkinligi mavjud bo’lgan.

Download 125 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish