2-mavzu: markaziy osiyo jahon sivilizasiyasining ajralmas qismi



Download 125 Kb.
bet1/4
Sana12.07.2022
Hajmi125 Kb.
#779935
  1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu


2-MAVZU: MARKAZIY OSIYO JAHON SIVILIZASIYASINING AJRALMAS QISMI

Reja:




  1. O’zbekiston qadimgi sivilizasiya va madaniyat beshigi.




  1. Insoniyatning dastlabki ajdodlari, ularning makonlari.




  1. Ibtidoiy jamiyat davri, uni davrlashtirish, asosiy bosqichlari.




  1. Ajdodlarimizning ilk diniy e’tiqodlari. «Avesto» - zardushtiylik dinining muqaddas kitobi.

Tayanch so’zlar va iboralar: Sivilizasiya, insoniyatning dastlabki ajdodlari, antropogenez jarayonlari, paleolit, mezolit, neolit, eneolit, Teshiktosh, Joytun, Hisor, Kaltaminor, Sarazm, Zamonbobo, Sopolli, Zarautsoy, ibtidoiy urug’chilik tizimi – matriarxat, patriarxat, ajdodlarimiz hayotidagi ilk diniy e’tiqodlar, zardushtiylik, «Avesto».


-I-

Insoniyat qadim-qadimdan o’z davriga xos turmush tarziga, moddiy va ma’naviy madaniyatga, ya’ni ma’lum darajadagi sivilizasiyaga ega bo’lgan. Davrlar o’tishi bilan insoniyat sivilizasiyasi darajasi o’sib, rivojlanib, takomillashib borgan. Bu jarayon odamlarning mehnat qilish usuli qanchalik darajada moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratish va ko’paytirib borish bilan bog’liq kechgan.


U yoki bu sivilizasiya haqida so’z borganda insoniyatning yashash uchun kurashi, tinimsiz mehnati, ma’naviyat va ma’rifatga intilishi tufayli o’zi uchun yaratgan jismoniy va madaniy qulayliklari – ov va mehnat qurollari, kiyim-bosh, uy-joy va oilaviy munosabatlari, ishlab chiqarish usullari, maishiy xizmat vositalari, ijtimoiy ongi va ma’naviy dunyosi, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-huquqiy munosabatlari darajasi bilan tavsiflanadigan ma’lum bir tarixiy davr tushuniladi. Masalan, Qadimgi Sharq sivilizasiyasi, Antik Yunon-Rim sivilizasiyasi, Islom sivilizasiyasi, Xristian sivilizasiyasi, hozirgi zamon sivilizasiyasi kabi tushunchalarda insonlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayoti, turmush tarzi, ma’naviy qiyofasi, axloqi, bilim saviyasi, mehnat qurollari va hokazo jihatlari mujassamlashgan bo’ladi.
Har bir mintaqada sivilizasiya davriy nuqtai nazardan ertaroq yoki kechroq, o’ziga xos shaklda shakllanib, rivojlanib borgan. Tarixiy, ilmiy tadqiqotlar bizning Vatanimiz – O’zbekiston insoniyat sivilizasiyasining qadimgi o’choqlaridan biri ekanligidan dalolat bermoqda. O’zbekiston va O’rta Osiyo hududlarida olib borilayotgan keng miqyosdagi tadqiqot ishlarining natijalari ham Vatanimizning jahon sivilizasiyasida tutgan o’rnini tasdiqlaydi.
Dunyoning turli burchaklarida yashaydigan xalqlarning turli davrlarda, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarda erishgan yutuqlari hamda taraqqiyot bosqichiga ko’tarilishini sivilizasiya tushunchasi o’zida aks ettiradi. Bu taraqqiyot bosqichi insoniyatning paydo bo’lishi va rivojlanishi, jamiyatning rivojlanish darajasi, moddiy va ma’naviy madaniyatning yuksalishi, qabilalar va xalqlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar bilan izohlanadi.
O’rta Osiyo sivilizasiyasi turli hududlarda yashagan qadimgi qabilalar miloddan avvalgi VI ming yillikdanoq dehqonchilikka o’tib, unumdor xo’jalikni rivojlantirgan bo’lsalar, bu davrda shimoliy hududlardagi qabilalar asosan ovchilik, baliqchilik va qisman ziroatchilikning ilk shakllari bilan shug’ullaganlar. Bu notekislik jarayonini tabiiy geografik sharoitlar va o’zaro munosabatlar bilan izohlash mumkin. Bu o’rinda O’rta Osiyoning cho’l va dasht hududlari hamda tog’li va daryo vohalari hududlarining rivojlanish darajasidagi madaniy notekislikni taqqoslab ko’rish muhimdir.
Undan tashqari, O’rta Osiyoda turli-tuman madaniyat yaratgan qadimgi aholining neolit davridayoq, ya’ni miloddan avvalgi VI-IV ming yilliklardagi o’zaro munosabatlari va bu aholining Sharqdagi, dastavval Old Osiyodagi boshqa qadimgi sivilizasiya o’choqlari bilan uzviy aloqada bo’lishi ham mahalliy sivilizasiyaning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatgan.
-II-
Yer sharida hayotning paydo bo’lishi, unda insoniyatning vujudga kelishi va rivojlanishi kabi masalalar bo’yicha olimlar uzoq yillar davomida tadqiqotlar olib borib, turli nazariyalarni ilgari surib kelmoqdalar. Bu haqda dunyoviy, diniy ta’limotlar va boshqa qarashlar vujudga keldi. Dunyoviy ta’limotga ko’ra, inson mehnat va aqliy jihatdan kamol topishi natijasida hozirgi darajasiga yetib kelgan, degan fikr bildiriladi. Diniy ta’limotga binoan odamni xudo yaratganligi aytiladi. Bugungi kunda inson boshqa sayyoralardan kelib yerga tarqalganligi haqidagi rivoyatlar ham mavjud. Demak, sayyoramizda odamzodning paydo bo’lishi va rivojlanishi haqida yagona fikr yo’q deyish mumkin, bu masala muammoligicha qolmoqda.
Shuni aytish lozimki, tarix fanida insonni kelib chiqishi va rivojlanishi arxeologik va antropologik materiallar, mavjud turli manbalarga asoslanib o’rganiladi. Olimlar bergan ma’lumotlarga ko’ra eng qadimgi odamlar Yer yuzida bundan 2-3 million yil avval yashaganlar. Ular dastlab Afrika, janubiy va janubi sharqiy Osiyoda yashab, keyinchalik Osiyo va Yevropa qit’asining ichki hududlariga kirib borgan.
Ma’lumki, arxeologik izlanishlar natijasida insoniyatning dastlabki vakillarining qoldiqlari Sharqiy Afrikadagi Olduvoy darasidan topilgan. Bunda ingliz olimlari ota-bola Liki Luis va Liki Richardlarning (1959-1960-yillarida qazishma ishlari olib borilgan) xizmatlari kattadir. Bu odam qoldiqlari Tanzaniyaning Zinj nomli qishlog’idan topilgani uchun uni joy nomi bilan «Zinjantrop odami» deb nom olgan. Olimlar tomonidan «Ishbilarmon odam» deb nomlangan «Zinjantrom odam»ning suyak qoldiqlari yonidan tosh qurollari va har xil hayvon suyaklari ham topilgan. Zinjantroplar bundan 3-2 million yil oldin yashab, «avstralopitek»lar («janub maymuni») oilasining eng qadimgi vakili hisoblanadi.
Zinjantrop odamidan keyingi davrda yashagan odam qoldiqlari 1891-1892-yillari golland shifokori Ye.Dyubua tomonidan Indoneziyaning Yava orolidagi Trinil degan joy yaqinidan topilgan bo’lib, fanda ularni «Pitekantrop» («Maymun-odam») deb atash rasm bo’lgan. Pitekantroplar bundan taxminan 1 mln. yil ilgari yashaganlari aniqlangan. Shuningdek, 1927 yil Pekin shahri yaqinidan (Xitoy) kanadalik olim D.Blek tomonidan topilgan eng qadimgi odamlar (arxantroplar)ga mansub «Sinantrop» (lot. Sina – Xitoy va yunon. antropos – odam) bundan 600-500 ming yil ilgarigi davrga oidligi aniqlangan. Undan tashqari eng qadimgi qazilma odam qoldiqlari Germaniyaning Geydelberg, Vengriyaning Budapesht shahri yaqinidan ham topilgan. 1856-1870 yillarda Germaniyaning Neandertal vodiysidan «Neandertal odami» (Germaniyaning Dyusseldorf shahri yaqinida; nomi shundan olingan) qoldiqlari topilgan.
Hozirgi davrda olimlarning katta guruhi odamzodning dastlabki vatani Afrika degan fikrni ilgari sursa, yana bir guruh olimlar Yevropa deydilar. Boshqa bir guruh olimlar esa odam dastavval Osiyoning janubida paydo bo’lgan degan g’oyani ilgari suradilar.
Yaqin yillarga qadar O’zbekiston hududlari eng qadimgi odamlar tomonidan 100 ming yillar ilgari o’zlashtirilgan deb hisoblanib kelinar edi. Ko’pchilik tadqiqotchilar O’rta Osiyo paleoliti haqidagi bahslarda bu jarayonni asosan Yevropa paleoliti bilan bog’lab kelar edilar. Ammo so’nggi yillarda O’zbekiston arxeologlari tomonidan olib borilgan ko’pgina tadqiqotlar bu masalaga ancha oydinlik kiritdi.
1980 yil arxeolog O’.Islomov boshchiligidagi tadqiqotchilar Farg’ona vodiysidagi Selung’ur (So’x tumani) g’oridan paleolit davri makonini ochishga muvaffaq bo’ldilar. So’nggi tadqiqotlar natijalariga qaraganda Selung’ur ilk paleolit davriga oid bo’lib, 13 madaniy qatlamdan iborat. Bu qatlamlardan juda ko’plab ibtidoiy tosh qurollar topilgan. Bu qurollar ko’p hollarda Olduvoy qurollariga o’xshab ketadi.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda Selung’ur topilmalarining yoshi 1 mln. yildan ziyodroqdir. Selung’ur topilmalari orasidan eng qadimgi odam jag’ suyaklari, tishlari va yelka suyaklaridir. Fanda «Farg’ona odami» - «Fergantrop» deb nomlangan bu qazilma odam qoldiqlari eng qadimgi odam haqidagi tasavvurlarimizni yanada kengaytirish bilan birga O’rta Osiyo, xususan O’zbekistonning insoniyat paydo bo’lib rivojlangan o’choqlaridan biri ekanligini uzil-kesil isbotlaydi.
-III-
O’rta Osiyoning ibtidoiy jamoa tuzumi davrini o’rganishdagi eng katta muammolardan biri – uzoq tarixiy davrni tashkil etuvchi bu bosqichni davrlarga bo’lish muammosidir. Biroq so’nggi yillardagi olimlarning olib borgan ilmiy tadqiqot natijalariga ko’ra, hozirgi paytda O’rta Osiyo hududi ibtidoiy jamoa tuzumi umumiy ko’rinishda paleolit – qadimgi tosh davri, mezolit – o’rta tosh davri, neolit – yangi tosh davri, eneolit – miss-tosh davri, bronza davri va temir davriga bo’linadi.
1) PALEOLIT – ibtidoiy mehnat qurollari toshdan yasalganligi sababli eng qadimgi davrni tarixchilar paleolit (grekcha «palaios-palayos» - qadimgi, «lithos-litos» - tosh degan ma’noni bildiradi) – qadimgi tosh davri deb ataydilar. Paleolit davri o’z navbatida uch bosqichdan – ilk paleolit, o’rta paleolit va so’nggi paleolitdan iborat.
Hozirgi O’zbekiston hududida m.a.1,2-1 mln. avval ilk paleolit davri boshlandi. Ilk paleolitning o’ziga xos tomoni shundaki, bu davrda odamlar va ularning dastlabki mehnat qurollari vujudga keladi. Biroq tosh qurollaridan boshqa mehnat qurollari bizgacha yetib kelmagan.
Ilk paleolit davri odamlari jismoniy jihatdan ham, aqliy jihatdan ham hozirgi qiyofadagi aql-idrokli odamlardan ajralib turadilar. Ular asosan to’da-to’da bo’lib, ya’ni ibtidoiy to’da shaklida termachilik va ovchilik bilan tirikchilik o’tkazganlar hamda tabiat oldida ojiz bo’lib, unda mavjud bo’lgan tayyor mahsulotlarni o’zlashtirib yashaganlar. Ibtidoiy to’daturmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan eng qadimgi odamlar jamoasidir. Bu davrda odamlar o’rtasida oilaviy aloqalar hali aniq tartibga tushmagan. Markaziy Osiyoda bu davrda yashagan ibtidoiy odamlar sinantrop nomi bilan ataladi. Sinantroplar g’or va ung’urlar og’zidan makon topib turli jonzotlarni ovlash, o’simlik ildizlari va yovvoyi mevalarni terish bilan kun kechirganlar, olov hosil qilishni hali bilmaganlar. Ayni vaqtda toshdan mehnat qurollari yasab, ulardan ilg’itgich, urgich, chopg’ich, kavlagich va kesgichlar sifatida foydalanganlar. Shu tufayli ularni «homo-habilis» - «ishbilarmon odam» deyiladi.
O’zbekiston hududlaridagi Selung’ur (Farg’ona vodiysidagi), Ko’lbuloq (Toshkent viloyatidagi), Uchtut (Buxorodagi) makonlari ilk paleolit davriga oiddir.
O’rta paleolit m.a. 100-40 ming yilliklar. Bu davr qadimgi tosh asrining muhim va ajralmas qismi hisoblanadi. Mamlakatimiz hududida o’rta paleolit davri, avvalo, odamlar qiyofasining o’zgarishi, neandertallarning vujudga kelishi bilan farqlanadi. Ularning peshonasi va jaq tishlari bo’rtib chiqmagan, miyasi kattaroq bo’lgan, tik yura olgan. Bu davrga oid dastlabki yodgorlik Boysun tog’idagi Teshiktosh (Surxondaryo) g’or makoni 1938 yilda A.Okladnikov tomonidan ochilgan edi. Teshiktosh g’or makonining topilmalari nafaqat O’zbekiston, balki butun dunyo arxeologiya fanida mashhurdir. Bu g’or makondan 3000 ga yaqin tosh qurollar topilgan. Teshiktosh g’or makonining yuqori qatlamlaridan 9 yashar bolaning skelet suyaklari topilgan.
O’rta Osiyo hududlarida tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan bir qancha izlanishlar natijasida o’rta paleolit davriga doir ko’plab makonlar aniqlandi. Jumladan, Omonqo’ton, Qo’tirbuloq va Zirabuloq (Samarqand viloyati), Qorabura (Vaxsh vohasi), Jarqo’rg’on va Og’zokichik (Tojikiston), Qo’lbuloq, Obirahmat va Xo’jakent (Toshkent viloyati), Tossor va Qopchig’ay (Qirg’iziston) kabi ko’plab makonlar o’rta paleolit davriga oid bo’lib, ularning jami 300 ga yaqinlashib qoladi.
O’rta paleolit davri odamlari ishqalash orqali sun’iy olov chiqarishni kashf etganlar, gulxanda pishirilgan mazali va to’yimli go’sht iste’mol qilishga, yirtqich hayvonlarni olov bilan qo’rqitishga erishganlar. Olovni bilib olish odamlar hayotida, ularning hayvonlar ustidan hukmronlik qilishida katta ahamiyatga ega bo’lgan. G’or va ung’urlarni o’zlashtirish, o’choq yasab uning atrofida to’planish va nihoyat jamoa bo’lib ov qilish uslublari paydo bo’ladi.
So’nggi paleolitm.a. 40-12 ming yilliklar. Bu davr yodgorliklari o’rta paleolit yodgorliklariga nisbatan kamroq o’rganilgan. Hozirgi kunga qadar O’rta Osiyoda bu davrga oid 30 dan ziyod makonlar ochilgan. Samarqand (shaharning o’zida), Xo’jag’or (Farg’ona vodiysi), Shug’nov (Pomir etaklari), Qo’lbuloq (Toshkent viloyati), Qorakamar (Tojikiston), Achisay (Qozog’iston) yodgorliklari shular jumlasidandir.
Mamlakatimizning so’nggi paleolit manzilgohlarida o’tkazilgan tadqiqotlar bu davrda mehnat qurollari yasash texnikasida, odamlarning turmush tarzi va dunyoqarashida, xo’jalik yuritishida keskin o’zgarish yuz berganligini ko’rsatadi. Xususan, odamlar g’orlardan chiqib yengil turar joylar, chayla va yarim yerto’lalarda yashay boshladilar. Ular endi faqat tog’li hududlarda yashab qolmay vohalar bo’ylab tarqalib, tekisliklarda, daryo va ko’llar bo’ylarida joylashadilar.
Odamlar jismoniy jihatdan ham takomillashdi. Bu davrning eng katta yutug’i antropogenez jarayonining tugallanishi va hozirgi zamon odamlariga o’xshash bo’lgan kromanonlar shakllanishining boshlanishidir. Fanda bu odamni «homo sapiens» - «aql-idrokli odam» deb ataladi. Ularning miya hajmi «homo habilis»dan ikki baravar katta, bo’yi baland, qomati tik bo’lgan, nutqi rivojlanib, oddiy gap tuza olgan. Xo’jalikda baliq ovi kelib chiqadi. Odamlar yashash uchun kulbalar qurganlar.
Mazkur davrning o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri ibtidoiy to’dadan urug’chilik tizimiga o’tiladi. Urug’birgalikda yashagan va mehnat qilgan, umumiy mehnat quroliga va qurol-yarog’larga ega bo’lgan qarindoshlar jamoasidir. Qon-qarindoshlikka asoslangan urug’ jamoalari ona urug’i doirasida rasmiylashdi, u tarixda matriarxat deb nom oldi. Matriarxat eng qadimgi tizim rivojidagi bir bosqich bo’lib, qarindoshlik munosabatlari ona tomonga qarab belgilanib, urug’ va oila boshlig’i ayol kishi bo’lgan. Bir urug’dan tarqalgan odamlar jamoasi katta bir g’orda yoki bir necha kulbadan iborat joyda birgalikda yashagan, birgalikda mehnat qilgan, mehnat mahsulotlari butun urug’ a’zolarining umumiy mulki hisoblangan. Mehnat qurollari tayyorlash, ovqat topish, yoshlarga ov qilishni o’rgatish ishlariga urug’ oqsoqoli rahbarlik qilgan. Urug’ning eng tajribali va hurmatli a’zosi oqsoqol bo’lgan.
Odamlar tosh va suyakka tasvir tushirishni, ayollar uchun turli bezak va taqinchoqlar, ayollarning haykalchalarini yasashni o’zlashtirganlar. G’orlarning devorlariga yirik hayvonlarning tashqi ko’rinishini, ov manzaralarini tasvirlovchi rasmlar chizganlar. Hayvonlar va ovchilarning harakatlarini namoyon etuvchi o’yin-raqslar vujudga kelgan. Shu tariqa, tasviriy va amaliy san’at paydo bo’ladi. Shu bilan bir qatorda qadimgi odamlar orasida dastlabki diniy qarashlar ham paydo bo’ldi.
So’nggi paleolit davridayoq insonning yevropoid, negroid, mongoloid kabi irqiy turlari paydo bo’ladi. Bu irqlar odamlar taraqqiyotining sifat ko’rsatkichi bo’lmay, tabiiy shart-sharoitlar ta’sirida vujudga keladi. Yevropoidlar Yevropada, negroidlar Afrikada, mongoloidlar Shimoliy, Sharqiy va Janubiy Osiyoda yashaganlar.

2) MEZOLIT («mezos» - o’rta, «litos» - tosh) – m.a. 12-7 ming yilliklarni o’z ichiga oladi. O’zbekistonning janubidagi Machay g’ori, Zarautsoy qoyasi (Surxondaryo) Obishir (Farg’ona vodiysi), Bo’zsuv, Qo’shilish (Toshkent) va boshqa hududlardan topilgan.


Mezolit davriga kelib ulkan muzlikning yana shimolga tomon chekinishi natijasida odamlarning yer yuzi bo’ylab keng tarqalish imkoniyatini beradi. Kishilar nisbatan nozikroq qurollar tayyorlashni o’zlashtira boshladilar. Xususan, janubiy o’lkalarda, shuningdek, O’rta Osiyoda turli geometrik shakldagi mayda qurolchalar – mikrolitlar paydo bo’lib, ular uchun suyak va yog’och dastachalardan qadama sifatida foydalanilgan. Undan tashqari, bu davrda insoniyat o’z tarixidagi dastlabki murakkab moslama – o’q-yoyni kashf etdi. Natijada chopqir kichik tuyoqli hayvonlar va parrandalarni ov qilish imkoniyati paydo bo’ldi. O’q-yoydan foydalanish insoniyat taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo’lib, ovchilikni insonlarning hayot manbaiga aylantirdi, ovdan keladigan daromad va zahiralar ko’payib borgan. O’q-yoy quroli odamning yolg’iz o’zi hayvonlarni ovlash, jamoadan ajralib hayot kechirishiga imkoniyat yaratadi.
Bu davrning eng katta yutuqlaridan yana biri yovvoyi hayvonlar (it, qo’y, echki kabilar) qo’lga o’rgatila boshlanib, xonakilashtirilishidir. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga qaraganda, mezolit davriga kelib Old, Yaqin va O’rta Osiyoning ba’zi joylarida termachilikdan yovvoiy o’simliklarni xonakilashtirishga hamda ovchilikdan chorvachilikka o’tish boshlanadi. Bu jarayon ilg’or, unumdor ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi va tabiiy-geografik iqlim bilan bevosita bog’liq edi.
Mezolit davriga oid mozorlarning tahlili odamlarda diniy e’tiqod shakllanayotganini, u dunyoga ishonganini ko’rsatadi. Ko’hitong tog’idagi Zarautsoy qoyasidan (hozirgi Surxondaryo viloyati) topilgan suratlar esa tasviriy san’atning vujudga kelganligini ko’rsatadi. Qoyada yovvoiy hayvonlarni ov qilish manzarasi tasvirlangan. Zarautsoy qoyalaridagi suratlar o’sha davr rassomlarining fikr doirasini, diniy tasavvurlarni tasviriy san’atda qanchalik darajada aks ettirganliklari haqida fikr yuritishga asos beradi.

3) NEOLIT («neos» - yangi, «litos» - tosh) – m.a. 6-4 ming yilliklarni o’z ichiga oladi.


Neolit davrida qurollar ishlash texnikasida tub o’zgarishlar yuz bergan. Yangi tosh qurollari orqali silliqlash, pardozlash, parmalash usullari ixtiro etildi. Tosh qurollari orasida tosh boltalar, ponalar, iskanalar, tosh-teshalar paydo bo’ldi. Shu boisdan neolit davri «toshboltalar asri» ham deyiladi.
Bu davrning yana bir yangiligi – bu hunarmandchilikning sopol buyumlari yasash tarmog’i vujudga keladi. Shuning uchun bu davrni «sopol asri» ham deyishadi. Odamlar hayotida chorvachilik va dehqonchilik vujudga keladi va xo’jalikda asosiy o’rinni egallaydi. Neolit davrida ishlab chiqaruvchi xo’jalik shakllanib bo’ladi. Bu insoniyat erishgan katta yutuq bo’lib, odamlar tabiatga qaramlikdan butunlay qutuladilar. Urug’ jamoalari ozuqa izlab ko’chib, daydib yurishdan o’troq hayot kechirishga o’tadilar. Doimiy yashaydigan kulbalar, uylar qurish odamlarning turmush tarziga aylanadi, qishloqlar vujudga keladi.
Neolit davrida odamlar hayvon terisidan tikilgan kiyimlar kiyadigan bo’ladilar. Hunarmandchilikda to’qimachilik, tikuvchilik tarmog’i ham paydo bo’ladi. Odamlar yog’och va qamishdan qayiq yasab (qayiqsozlik) suvda suzishni ham o’zlashtirdilar. Bular bu davrning muhim kashfiyoti va ixtirosidir.
Neolit davri qabilalari xo’jalik shakllariga qarab quyidagi madaniyatlariga bo’linadi: Joytun madaniyati (Janubiy Turkmaniston), Kaltaminor madaniyati (Amudaryo va Zarafshon vohalari), Hisor madaniyati (Pomir)

4) ENEOLIT – (mis-tosh davri) – m.a. 4-3 ming yilliklarning o’rtalarini o’z ichiga oladi. Insoniyat tarixining tosh davri o’rnini metall qurollar egallay boshladi.



Download 125 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish