2-mavzu
.
Ma’rifiy qadriyatlar va maqsadlar
(2 soat)
Reja:
1.
Inson hayotining mohiyati va ma’rifiy qadriyatlar. Insoniylik mohiyati.
Jamiyatning tayanch qadriyatlari va ma’rifiy (ta’limiy, tarbiyaviy va madaniy)
qadriyatlar haqidagi tasavvurlar. O‘zbek pedagogikasida ma’rifiy qadriyatlar.
2. Ma’rifat – shaxs va jamiyat taraqqiyotining umumiy shakli. Ma’rifat va
madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi. Ma’rifiy tizim
va uning asosiy tarkibiy
qismlari (ta’lim, tarbiya, shaxs kamoloti). Zamonaviy ma’rifatning rivojlanish
yo‘nalishlari.
3. Ma’rifat – ta’lim, tarbiya va shaxs kamolotining birligi sifatida. Ta’lim,
tarbiya va shaxs kamoloti jarayonlarining o‘zaro munosabati. “Ma’rifat”
tushunchasining manbalari. Ma’rifat (ta’lim, tarbiya, shaxs kamoloti) jarayon va
natija sifatida.
Tayanch iboralar
Ma’rifiy qadriyatlar, tarbiya, ta’lim, pedagogika, yoshlar tarbiyasi, mutafakkir,
jadidchilar,
kelajak avlod, axloq, odob, iymon, an’ana, qadriyat, madrasa, kitob,
doston, xalq og‘zaki ijodiyoti, maktab, madaniyat, ma’rifat.
1.
O‘zbek pedagogikasida ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlar.
O‘zbekiston respublikasi o‘zining mustaqilligiga
erishgan kunidan boshlab,
jamiyatimizning barcha sohalarida, jumladan uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimi
jarayonida ma’naviy, ma’rifiy va mafkuraviy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.
Darhaqiqat,
hozirgi davr pedagogikasi, tarbiyashunoslik ilmi, ta’lim-
tarbshakllangan yuksak ma’naviyati, an’ana va udumlari, ulug‘ bobokalonlarimizning
o‘lmiya nazariyasi va amaliyotini qayta qurish hamda taraqqiy ettirish milliy istiqlol
mafkurasi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,
milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga asoslanadi. Shuningdek, xalqimizning an’ana va udumlari donishmand,
mutafakkir bobolarimizning o‘lmas merosidan oziqlanadi
Faylasuf olim, akademik E.Yusupov o‘zining qator asarlarida qadriyatlarning
ta’rifi va xususiyatlariga to‘xtalib o‘tadi. U, qadriyat tushunchasiga falsafiy nuqtai
nazardan quyidagicha ta’rif beradi: "Qariyatlar
jamiyat hayotining tarixiy
taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etadigan, kishilar ongiga singib,
ijtimoiy kasb etgan
moddiy, ma’naviy hodisa, jarayon bo‘lsa ham, uning ahamiyati va mohiyati
kishilarning ularga munosabati asosida belgilanadi. Qadriyat degan tushunchaning
o‘zi ham qadr-qimmat ma’nosini bildiradi"
1
.
Olim, jamiyat taraqqiyotida insoniyat
tomonidan bunyod etilgan, o‘tmish va
kelajakda rivojlanish uchun ijobiy ta’sir etadigan barcha moddiy va ma’naviy
boyliklar, fikrlar, g‘oyalarga qadriyat sifatida qaraydi. Shaxsning xislatlari, fazilatlari,
dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiladigan, o‘tmishda
yaratilgan, kelajakda foydalaniladigan omillar yoshlarning ta’lim- tarbiyasida