2-mavzu. Ma’rifiy qadriyatlar va maqsadlar (2 soat) Reja


 Yusupov E. Qadriyatlar va ularning jamiyat hayotidagi o’rni. /Uslubiy qo’llanma. -Т.: O’zMU, 1998. - 30 b



Download 392,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana03.03.2022
Hajmi392,72 Kb.
#480184
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-ma\'ruza

1
 Yusupov E. Qadriyatlar va ularning jamiyat hayotidagi o’rni. /Uslubiy qo’llanma. -Т.: O’zMU, 1998. - 30 b. 
20 


foydalanish lozim bo‘lgan qadriyatlar deb tushunildi. Shuningdek, barcha qadriyatlar 
ta’limiy, tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ular, yosh avlod ongi, dunyoqarashining 
shakllanishiga, ichki ruhiy dunyosining, aqliy faoliyatining kamol topishida muhim 
ahamiyat kasb etadi. Ko‘pgina qadriyatlar jarayon xususiyatiga ega bo‘lib, ushbu 
jarayonni amalga oshirilishida bo‘lg‘usi shaxs - bola ishtirok etadi, uning 
xususiyatlarini o‘zida aks ettiradi, ba’zi qoidalarini o‘rganib, ongiga singdirib boradi. 
Bular jumlasiga an’analar, urf-odatlar, o‘gitlar, nasihatlar, bayramlar yo‘nalishidagi 
qadriyatlarni misol keltirish mumkin. 
Ba’zi qadriyatlar esa, namoyon bo‘lishi natijasida turli xil buyumlar, asarlar, 
jihozlar, qurilmalar moddiy boyliklar ko‘rinishida yaratiladi hamda moddiy 
borliqning o‘zligiga nisbatan, ushbu tasvir uzoq vaqt saqlanib qoladi. Borliq 
yaratilishiga sabab bo‘ladigan qadriyatlar shartli ravishda moddiy qadriyatlar deb 
belgilandi. Ko‘p yillik kuzatishlar va olib borilgan tadqiqot natijasida, o‘quvchi 
shaxsining shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir etadigan tarixiy, madaniy, ma’naviy, 
moddiy qadriyatlar umumlashtirilib quyidagi tuzilmaga keltirishga harakat qilindi. 
Jarayon qadriyatlari shartli ravishda ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlar deb, namoyon 
qadriyatlar esa, moddiy borliq ko‘rinishidagi moddiy qadriyatlar deb belgilandi (1-
Jadval). 
1-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, qadriyatlar uchta guruhga ajratilgan. Ya’ni, 
umuminsoniy
(mustaqillik, 
do‘stlik, 
vatanparvarlik 
kabi), 
mintaqaviy 
(mehmondo‘stlik, sahovatlilik, bolajonlik kabi) va 
milliy (ma'naviy-ma'rifiy, moddiy)
qadriyatlarga guruhlandi. Kuzatishlardan ma’lum bo‘ldiki, o‘quvchi har bir 
qadriyatlarni o‘rganish jarayonida alohida o‘zi shakllana olmas ekan. Binobarin, har 
bir qadriyat bir-biri bilan chambarchas bog‘liq ekan, u holda o‘quvchi ushbu 
bog‘liqlik jarayonida bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘ladi. Uning shakllangan 
kichik hunarmand bo‘lib yetishishiga imkoniyat yaratiladi. Ushbu imkoniyat ta’lim 
va tarbiyaning shakli, vositasi va metodlari hamohang holatda olib borilsagina, ijobiy 
natijalarni beradi. 
O‘quvchilar 
umuminsoniy
(mustaqillik, do‘stlik kabi), 
mintaqaviy 
(mehmondo‘stlik, sahovatlilik kabi) hamda 
milliy
(ma’naviy-ma’rifiy, moddiy) 
qadriyatlar orqali ta’lim muassasalarida ta’lim va tarbiya olishadi. Ushbu jarayonda, 
ularning bir-birlariga bo‘lgan hurmati, do‘stligi, hamkorligi kabi insoniy fazilatlari 
shakllanadi. Shuningdek, ular xalq hunarmandchiligi sohalarini o‘zlashtirishi hamda 
ta’lim va tarbiyaning shakli, vositasi, metodlaridan unumli, samarali foydalanishi 
natijasida shakllangan kichik hunarmand sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu 
umuminsoniy, mintaqaviy va milliy qadriyatlarning o‘zaro bir- birlari bilan 
chambarchas aloqadorligi ifodalangan. 
Jadvalda qadriyatlar tuzilmasi qulaylashtirilgan holatda ifodalandi. Ma’lumki, 
umuminsoniy, mintaqaviy, milliy, ma’naviy-ma’rifiy, moddiy kabi qadriyatlarning 
nomi va atamalari soni yuzdan ortiqdir. 
Biz bilamizki, milliy qadriyatlar shartli ravishda ma’naviy va moddiy 
qadriyatlarga bo‘linadi. Ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarga xalq ijodiy merosi, ya’ni 
xalq og‘zaki va yozma ijodi (doston, lapar, rivoyat kabi) va an’analar (Qurbon hayiti, 
Ro‘za hayiti, beshik to‘yi kabi) hamda musiqa va teatr san’ati (ashula, raqs, 
qo‘g‘irchoq, dor o‘yini kabi), moddiy qadriyatlarga esa, xalq hunarmandchiligi 


(pichoqchilik, ko‘nchilik, kosibchilik, mahsido‘zlik kabi), tasviriy va amaliy san’at 
(loyihalash, grafika, xattotlik kabi) sohalari hamda tarixiy obidalar (qal’a, machit, 
maqbara kabilar) misol bo‘ladi. 
Xalqimizning tarixiy rivojlanish taraqqiyoti xususiyatlarini ifodalaydigan 
ma’naviy va moddiy qadriyatlar ko‘p yillar davomida yaratilgan. Xalqning hayotiy 
ahvolini yoritadigan manbalar hamda moddiy borliq ko‘rinishida yaratilgan jihoz, 
buyumlar shartli ravishda milliy qadriyatlar sifatida guruhlandi. Xalq ijodiy merosi 
(xalq ijodi) - mehnatkash xalq ommasining badiiy-ijodiy faoliyati bo‘lib, xalq 
yaratgan, xalq orasida keng tarqalgan va ajdoddan-avlodga o‘tib, ommaning ijtimoiy 
mehnat tajribasi jarayonida shakllanib, tobora takomillashtirilib boradigan san’atdir. 
Xalq ijodida mehnat faoliyati, ijtimoiy-milliy hayoti, turmush tarzi, tabiat 
to‘g‘risidagi tushunchalari, madaniyati, e’tiqodi, orzu-istaklari, his-tuyg‘ulari hamda 
tafakkurining boy olami, baxtli va adolatli zamon haqidagi o‘ylari o‘z ifodasini 
topadi. Olim M.Imomnazarov fikricha, “... barcha ma’naviy boylikni xalq yaratadi. 
Ammo, Yevropa ilmida mumtoz (klassik) san’at va xalq ijodi (folklor) ni farqlash 
udum bo‘lgan. ... xalq ijodi namunalari odatda turli toifalar did-farosatini 
charxlashga, ularning ma’naviy kamolotini yuksaltirishga, ularda nazokat, nafosat 
tuyg‘ularini tarbiyalashga xizmat qiladi, dunyoni uyg‘un idrok etishga yordam 
beradi”
2

Dostonlar - Sharq adabiyotiga mansub lirik, epik zamindagi ko‘p qismli poetik 
asarlar bo‘lib, xalq hayotining ma’lum tarixiy taraqqiyot davri uchun muhim 
hisoblangan mavzularga bag‘ishlanadi. Uning matni she’riy yoki ertakka o‘xshash 
ko‘rinishlarda bo‘lib, baxshilar, hofizlar, oqinlar tomonidan qayta ishlanishi va 
kuylanishi natijasida yildan-yilga sayqallanib boradi. 
Dostonlarda voqea-hodisalar, qahramonlar xatti-harakatlari, xulq-atvorlari 
bo‘rttirib ko‘rsatiladi, mubolag‘a va turli-tuman qilib (metafora va boshqalarda) 
tasvirlanadi. 
O‘zbek xalq dostonlaridan "Alpomish", "Go‘ro‘g‘li", "Avazxon", "Hasanxon", 
"Kuntug‘mish", "Oshiq G‘arib va Shohsanam", "Yunus pari", "Rustamxon" va 
boshqalar halqning o‘lmas qadriyatlariga aylangan hamda jahon madaniyati safidan 
muhim o‘rin egallagan. 
Xalq dostonlari Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Po‘lkan shoir, Ergash Jumanbulbul 
o‘g‘li, Islom shoir, surxondaryolik Shoberdi Boltayev, qoraqalpog‘istonlik Jumaboy 
Bozorov, xorazmlik Abdulla Qurbonnazarov va boshqalar ijodi xalqning yirik 
dostonchilik maktablari ijodiy mevalari sifatida tanilgan. Dostonchilikning 
Surxondaryo (Denov, Termiz), Qashqadaryo, Xorazm, Qoraqalpog‘iston, 
Samarqand, Jizzax ijodiy maktablarining ijro uslublari o‘ziga xos maftunkorligi 
bilan ajralib turadi. Hozirgi davrda xalqning og‘zaki ijodi, baxshichilik san’ati 
ulug‘landi va davlat miqyosida "Xalq baxshisi" unvoni ta’sis etildi. Har yili 
tumanlar, viloyatlar va respublika miqyosida baxshilar o‘rtasida ko‘rik 
tanlovlarning o‘tkazilishi an’ana tusiga kirib bormoqda. 
Har bir xalqning tarixiy o‘tmishi, urf-odatlari, mehnat tajribalari, yig‘inlari 

Download 392,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish