2-mavzu:Ma’naviyatning vujudga kelishi (genezisi) va dastlabki
rivojlanish davri.
Reja:
1.
Insonning ijtimoiylashuvi ma’naviyatning vujudga kelish.
2.
Ibtidoiy sinkretizm.
3.
Ma’naviyatning vujudga kelishi tug’risidagi turli nazariyalar va qarashlar.
4. Ma’naviyat genezisida mehnatning o‘rni.
5.Ma’naviy hayotda diniy va siyosiy mafkura ta’sirining kuchayishi.
Insonning ijtimoiylashuvi ma’naviyat vujudga kelishining asosiy
sababi.
Inson doimo izlanishda. Eng avvalo u o‘zining kimligini bilgisi, insoniy
tabiati bilan uyg‘unlikda yashagisi keladi. Insonning o‘zini anglashi ibtidosida va
asosida ma’naviyat turadi.Ma’naviyatning o‘zi esa insonning poda bo‘lib
yashashdan ongli urug‘-jamoa bo‘lib yashashga o‘tishi jarayonida, ya’ni
ijtimoiylashuvi jarayonida shakllana boshlagan. Neandertal odam o‘zini
tabiatdan, hayvonot olamidan ajratib anglashi va ilk urug‘
jamoada
munosabatlarini tartibga solishi jarayonida ma’naviyatning ilk kurtaklarini
vujudga keltirdi. Bu haqda biz ularning marosimiy unsurlari yaqqol ko‘rinib
turgan dafn qoldiqlari orqali bilamiz. Antropologiya fanining so‘nggi tadqiqotlari
hozirgi zamon odami (kramonon odami) neanddertallarning bevosita avlodi
emasligini, neandertal genlari zamonaviy insonda
faqat besh foizini tashkil
etishini ko‘rsatmoqda. Neandertal odam homo sapiens (aqlli odam) deyiladi.
Kramonon odami (zamonaviy insonlarning ilk ajdodlari) esa homo sapiens
sapiens (aqlli-aqlli odam, yoki ikki karra aqlli odam) deyiladi. Kramonon
neandertallarni va saqlanib qolgan boshqa qadimgi odam xillari asta-sekin siqib
chiqargan, qisman assimilyatsiyalashtirgan. Kramonon odamida ma’naviyat
unsurlari neandartallarga* nisbatan yana-da ko‘proq bo‘lgan,
deb faraz qilish
mumkin.
Taxmin qilish mumkinki, kramonon odam yaratgan madaniyat bevosita
neandertal odam madaniyati emas, lekin undan ancha-muncha unsurlarni olgan.
Chunki neadertal odam yevropaning sovuq iqlimida, og‘ir sharoitda yashagan va
turmush tarzida, ko‘nikmalarida, madaniyatida mazkur sharoitda foydali bo‘lgan
unsurlarni yaratgan.
Rus qadimshunosi P. I. Boriskovskiy «Insoniyatning
eng qadimgi
o‘tmishi»
1
kitobida marosimlar 400 ming yil ilgari paydo bo‘lgan deydi.G‘arb
olimlaridan J. Klark marosimlar yoshini neandertal va «rodeziyalik» odam bilan
bog‘laydi va 200— 150 ming yilga tenglashtiradi
2
.
Ilk marosimchilik 400 ming yoki 200 ming yil ilgari paydo bo‘lganmi,
degan masala ustida bahs yuritish shart emas. Biz uchun eng muhimi - inson o‘z
biologik, hayvoniy tabiatidan asl insoniy tabiatiga o‘tish jarayonida ma’naviylik
unsurlarini o‘zlashtira boshlagani va oqibatda yangi tosh asrida nisbatan
muvozanatga keltirilgan murakkab tizimga ega ma’naviyatni yaratganidir.
Dadil aytish mumkinki, neandertal odamlarda diniy-ma’naviy
hayot
unsurlari faqat dafn marosimlari bilangina cheklanmagan. Ular hattoki falakiyot
hodisalariga, yulduzlar turkumlariga, alohida yulduzlarga nom berganlar. Isbot
uchun shunday misol keltirish o‘rinlidir: o‘zbeklar Yetti og‘ayni, Yetti qaroqchi
deb nomlaydigan yulduzlar turkumi bor. Yevropaning ko‘p xalqlari ularni Katta
ona ayiq, Kichik ayiq deb atashadi. Jahonning boshqa ayrim xalqlari ham ularga
nisbatan «ayiq» nomini qo‘llaydi. Qadimgi yunonlarning falakiyot asotirlarida bu
bir necha variantda shunday tushuntiriladi. Ona ayiq –
Zevsning mahbubasi
Kallisto, Kichik ayiq - uning o‘g‘li Arkos. Zevs xotini Geraning rashkidan
qo‘rqib, Kallistoni ayiqqa aylantirib qo‘yadi (boshqa bir variantda uni ayiqqa
Gera
aylantiradi, yana birida esa Artemida). Arkos ov qilib yurganda ayiq
qiyofasidagi onasiga duch keladi va tanimasdan o‘q-yoyidan otmoqchi bo‘ladi.
Zevs o‘g‘li Arkosning beixtiyor onasining qotiliga aylanib qolmasligi uchun uni
ham ayiqqa aylantiradi va har ikkisini osmonga dumidan ushlab otib yuboradi
(osmon ayiqlarining dumi uzunligi shundan).
* Қулайлик учун неандерталлардан ташқари осий ва африкада сақланиб қолган қадимги одамнинг
барча
хилларини шартли равишда умумийлаштириш неандерталлар деб аташ маъқул.
1