2-mavzu Maktabgacha, kichik maktab, o`smirlik, ilk o`spirinlik yosh davrlarida psixik rivojlanish xususiyatlari. Oila psixologiyasi. Yoshlik, yetuklik va keksalik davrining psixologik xususiyatlari. Reja



Download 170,5 Kb.
bet1/8
Sana25.02.2022
Hajmi170,5 Kb.
#463414
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 ma`ruza Maktabgacha va kichik maktab yoshi davrlarida psixik rivojlanish (2)


2-mavzu Maktabgacha, kichik maktab, o`smirlik, ilk o`spirinlik yosh davrlarida psixik rivojlanish xususiyatlari.Oila psixologiyasi. Yoshlik, yetuklik va keksalik davrining psixologik xususiyatlari.Reja:
1.Maktabgacha yosh davrida psixofiziologik taraqqiyotning umumiy tavsifi, o’yin - maktabgacha yoshdagi bolaning etakchi faoliyati sifatida, bilish jarayonlari va nutqning rivojlanishiga xos xususiyatlar, emotsional-irodaviy sifatlarning rivojlanish xususiyatlari.
2..Kichik maktab yoshi davrida motivatsion sohadagi rivojlanish xususiyatlari, bolaning o’zi haqidagi tasavvurlari va xulq-atvori, kichik maktab yoshida bola shaxsining rivojlanish xususiyatlari.
3.Oilaning asosiy vazifalari oila guruhining muhim integral xususiyatlari: vazifalari, tuzilishi, dinamikasi
4.Yoshlik davri va uning o‘ziga xos psixologik xususiyatlar.
5.Etuklik davrining birinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari.
6.Gerontopsixologiya haqida umumiy tushuncha.
7. Keksalik davridagi shaxsning psixologik xususiyatlari.


Tayanch so’z va tushunchalar:
Ontogenez, psixik rivojlanish, perinatal, chaqaloqlik, tug`ilish, go`daklik, ilk bolalik, psixofiziologik rivojlanish, emotsional rivojlanish, inqiroz, o`z-o`zini anglash, maktabgacha davri, shaxs, irodaviy sifatlar, syujetli - rolli o‘yinlar, psixik jarayon, umumiy taraqqiyot, yosh inqirozi, alomati, maktabga tayyorgarlik, Maktab yoshi, psixik rivojlanish, shaxs, motivatsion soha, kognitiv soha, affektiv soha, bilish jarayoni, diqqat, idrok, xotira, tafakkur, xayol, kuzatish, tasavvur.


1. Maktabgacha yosh davrida psixofiziologik taraqqiyotning umumiy tavsifi, o’yin - maktabgacha yoshdagi bolaning etakchi faoliyati sifatida, bilish jarayonlari va nutqning rivojlanishiga xos xususiyatlar, emotsional-irodaviy sifatlarning rivojlanish xususiyatlari. 3-7 yoshgacha bo‘lgan davr maktabgacha yosh davri hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o‘zgarishlari bo‘lishini inobatga olgan holda 3 davrga (3-4 yosh) kichik maktabgacha davri, (4-5) yosh kichik bog‘cha yoshi, o‘rta maktabgacha davr (o‘rta bog‘cha yoshi) 6-7 yosh va katta maktabgacha davr katta bog‘cha yoshlilarga ajratish mumkin. Bola rivojlanish jarayonida odamlarning ilgari o‘tgan avlodlari tomonidan yaratilgan predmet va hodisalar olami bilan alohida maxsus munosabatga kirishadi. Bola insoniyat qo‘lga kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda o‘zlashtirib, egallab boradi. Bunda predmetlar olamini, hamda ular yordamida amalga oshiriladigan xatti-harakatlarni, tilni, odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning o‘sib borishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga oshirilib borilmog‘I kerak. Asosan Mana shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ko‘zga tashlanib turuvchi xususiyatlaridan biri ularning serharakatligi va taqlidchanligidir.
Kattalar va tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabat orqali bola axloq normalari, kishilarni anglash, shuningdek, ijobiy va salbiy munosabatlar bilan tanisha boshlaydi. Bog‘cha yoshidagi bola endi o‘z gavdasini juda yaxshi boshqara boshlaydi. Uning harakati muvofiqlashtirilgan holda bo‘ladi. Bu davrda bolaning nutqi jadal rivojlana boshlaydi. U yangiliklarni egallashga nisbatan o‘zi bilganlarini mustahkamlashga ehtiyoj sezadi. O‘zi bilgan ertagini qayta-qayta eshitish va bundan zerikmaslik shu davrdagi bolalarga xos xususiyatdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning etakchi faoliyati bu o‘yindir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘yin faoliyati masalasi asrlar davomida juda ko‘p olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalaro‘zlarining o‘yin faoliyatlarida ildam qadamlar bilan olg‘a qarab borayotgan sermazmun hayotimizning hamma tomonlarini aks ettirishgaintiladilar.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, fan-texnika mislsiz rivojlangan bizning hozirgi zamonamizdagi yaratilayotgan, hayratda qoldiradigan narsalar bolalarga go‘yo bir mo‘jizadek ko‘rinadi. Natijada ular ham o‘zlarining turli o‘yinlari jarayonida o‘xshatma qilib (ya`ni analogik tarzda) har xil xayoliy narsalarni o’ylab chiqaradilar (uchar ot, mashina odam, gapiradigan daraxt kabi). Bundan tashqari, bolalarning turli xayoliy narsalarni o‘ylab chiqarishlari yana shuni bildiradiki, ular o‘zlarining har turli o‘yin faoliyatlarida faqat atroflaridagi bor narsalarni emas, balki ayni chog‘da ehtiyojlari talab qilayotgan narsalarni ham aks ettiradilar.
Bolalarning o‘yin faoliyatlarida har xil xayoliy va afsonaviy obrazlarni yaratishlaridan shunday xulosa chiqarish mumkin: odamning (shu jumladan bolalarning ham) tashqi muhitdagina rsa va hodisalarni aks ettirish jarayonlari passiv jarayon emas, balki faol hamda ijodiy, yaratuvchan, o‘zgartiruvchan jarayondir.
Bolalar o‘yin faoliyatlarining yana bir ajoyib xususiyati shundan iboratki, o‘yin jarayonida bolaning qiladigan xatti-harakatlari va bajaradigan rollari ko‘pincha umumiylik xarakteriga ega bo‘ladi. Bunda bola o‘zining turli –tuman o‘yinlarida faqat o‘ziga tanish bo‘lgan yolg’iz bir haydovchining, shifokorning, militsionerning, tarbiyachining, uchuvchining xatti-harakatlarigina emas, balki umuman haydovchilarning, shifokorlarning, tarbiyachilarning hamda uchuvchilarning xatti-harakatlarini aks ettiradi. Albatta, turmush tajribalari va faoliyatlari doirasi juda cheklangan kichik yoshdagi bolalar (ba`zan kichik guruh bolalari ham) o‘zlarining o‘yinlarida aniq odamlarni va ularning harakatlarini aks ettiradilar. (Masalan, oyisini, dadasini, akasini, tarbiyachisini va shu kabi). O‘rta, katta bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yinlarida esa bunday obrazlar umumiylik xarakteriga ega bo‘la boshlaydi.
Bolalarning individual xususiyatlarini, xususan ularning jamoaviy o‘yinlari orqali kuzatish qulaydir. Bu o‘yinlarda bolalar kattalarning faqat predmetlarga munosabatini emas, balki ko‘proq o‘zaro munosabatlarini aks ettiradilar. Shuningdek, jamoaviy o‘yinda bolalar bir guruh odamlarning murakkab hayotiy faoliyatlarini aks ettiradilar.
Katta maktabgacha yoshda syujetli-rolli o‘yinlar rivojlanadi, lekin endi bu o‘yinlar o‘z mavzusining boyligi va xilma-xilligi bilan farqlanadi. Bu o‘yinlarjarayonida bolalardaliderlikyuzaga kela boshlaydi, shuningdek tashkilotchilik ko‘nikma va malakalari rivojlanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar shug‘ullanadigan ijodiy faoliyatlar orasida tasviriy san`atning ham ahamiyati juda katta. Bolaning tasavvur etish xarakteriga qarab uning atrof hayotni qanday idrok etishi, xotira, tasavvur va tafakkur xususiyatlariga baho berish mumkin. Katta bog‘cha yoshidagi bolalar chizgan rasmlar ularning ichki kechinmalari, ruhiy holatlari, orzu, umid va ehtiyojlarini ham aks ettiradi. Bog‘cha yoshdagi bolalar rasm chizishga ham nihoyatda qiziqadilar. Rasm chizish bolalar uchun o‘yin faoliyatining o‘ziga xos bir shakli bo‘lib hisoblanadi. Bola avvalo, ko‘rayotgan narsalarini, keyinchalik esa o‘zi biladigan, xotirasidagi va o‘zi o‘ylab topgan narsalarni chizadi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar uchun musobaqa juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, aynan shunday o‘yinlarda muvafaqqiyatga erishish shakllanadi va mustahkamlanadi.
Katta maktabgacha yoshda konstruktorlik o‘yinlari asta-sekinlik bilan mehnat faoliyatiga aylanib boradi. O‘yinda bola elementar mehnat ko‘nikma va malakalarini egallay boshlaydi, predmetlarning maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘yin faoliyatlari haqida gapirar ekanmiz, albatta ularning o‘yinchoqlari masalasiga ham to‘xtab o‘tish kerak. Bolalarga o‘yinchoqlarni berishda ularning yosh xususiyatlarini, taraqqiyot darajalarini va ayni paytda ularni ko‘proq nimalar qiziqtirishini hisobga olish kerak.
Ma’lumki, 1-3 yosh bolalar hali tashqi muhitni juda oz o‘zlashtirganlar. Ular hali hattoki narsalarning rangini, hajmini va boshqa jihatlarini yaxshi ajrata olmaydilar. Shuning uchun ularga qo‘g‘irchoq bilan birga har xil rangli qiyqim, laxtak matolar ham berish kerak. Ayniqsa, qiz bolalar o‘z qo’g‘irchoqlarini har xil rangli matolarga o‘rab, ro‘mol qilib o‘ratib mashq qiladilar. O‘g‘il bolalarga esa, har xil rangli, bir-birining ichiga sig‘adigan quticha o‘yinchoqlarni berish foydalidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, tasavvur, tafakkur, nutq, xayol, hissiyot va irodaning rivojlanishi jadal kechadi. Bola ranglarni hali bir-biridan yaxshi farq qila olmaydi. Unga ranglarning farqini bilishga yordam qiladigan o‘yinchoqlar berish lozim. Bu yoshdagi bolalar turli narsalarni idrok qilishda ko‘zga yaxshi tashlanib turuvchi belgilariga (rangi va shakliga) asoslansalar ham, lekin chuqur tahlil qilmaydilar.
Diqqat har qanday faoliyatimizning doimiy yo‘ldoshidir. Shuning uchun diqqatning inson hayotidagi ahamiyati ham benihoya kattadir. Bog‘cha yoshidagi bolalar diqqati asosan ixtiyorsiz bo‘ladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning o‘sib borishi uchun o‘yin juda katta ahamiyatga ega. O‘yin paytida bolalar diqqatlarini bir joyda to‘plab, o‘z tashabbuslari bilan ma’lum maqsadlarini ilgari suradilar.
Bu yoshdagi bolaning xotirasi yangi faoliyatlar va bolaning oldiga qo‘yilgan yangi talablar asosida takomillasha boradi. Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlarining faoliyatlari uchun qandaydir ahamiyatga ega bo‘lgan, ularda kuchli taassurotlar qoldirgan va ularni qiziqtirgan narsalarni beixtiyor eslarida olib qoladilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar tafakkuri va uning o‘sishi o‘ziga xos xususiyatga ega. Tafakkur bolaning bog‘cha yoshidagi davrida juda tez rivojlana boshlaydi. Buning sababi, birinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalarda turmush tajribasining nisbatan ko‘payishi, ikkinchidan, bu davrda bolalar nutqining yaxshi o‘sgan bo‘lishi, uchinchidan esa, bog‘cha yoshidagi bolalarning juda ko‘p erkin mustaqil harakatlar qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlaridir. Bog‘cha yoshidagi bolalarda har sohaga doir savollarning tug‘ilishi ular tafakkurining faollashayotganligidan darak beradi. Bola o‘z savoliga javob topa olmasa yoki kattalar uning savoliga ahamiyat bermasalar, undagi qiziquvchanlik susaya boshlaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqi va uning o‘sishi jadal kechadi. Agar 2 yashar bolaning so‘z zapasi tahminan 250 tadan 400 tagacha bo‘lsa, 3 yashar bolaning so‘z zapasi 1000 tadan 1200 tagacha va 7 yashar bolaning so‘z zapasi 4000 taga etadi. Demak, bog‘cha yoshi davrida bolaning nutqi ham miqdor, ham sifat jihatidan ancha takomillashadi. Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqini o‘sishi oilaning madaniy saviyasiga bog‘liq. Kattalar bolalar nutqini o‘stirish bilan shug‘ullanar ekanlar, bog‘cha yoshidagi bolalar ba`zi hollarda o‘z nutq sifatlarini to‘la idrok eta olmasliklarini unutmasliklari kerak. Bundan tashqari, bolalarda murakkab nutq tovushlarini bir-biridan farq qilish qobiliyati ham hali to‘la takomillashmagan bo‘ladi. Tili chuchuklikni tuzatishning eng birinchi shartlaridan biri bola bilan to’la va to‘g‘ri talaffuz etib, ravon til bilan gaplashishdir.
Maktabgacha davrda axloqiy tushunchalar borgan sari qat’iylasha boradi. Axloqiy tushunchalar manbai bo‘lib ularning ta’lim –tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan kattalar, shuningdek, tengdoshlari ham bo‘lishi mumkin. Axloqiy tajribalar asosan muloqot, kuzatish, taqlid qilish jarayonida, shu bilan birga kattalarning ayniqsa onalarning maqtovi va tanqidlari orqali o‘tadi va mustahkamlanadi. Bola doimo baho, ayniqsa maqtov olishga harakat qiladi. Bu baho va maqtovlarning bola shaxsidagi muvaffaqiyatga erishishga harakat xususiyatining rivojlanishida, shuningdek, uning shaxsiy hayoti, hamda kasb tanlashida ahamiyati juda katta.
Maktabgacha yoshdagi davrda bolalarda muloqotning yangi motivlari yuzaga keladi. U shaxsiy va ishbilarmonlik motivlaridir. Shaxsiy muloqot motivlari bu –bolaning tashvishga solayotgan ichki muammolari bilan bog‘liq, ishbilarmonlik motivlari esa u yoki bu ishni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan motivlardir. Bu motivlarga asta –sekinlik bilan bilim, ko‘nikma va malakalarni egalash bilan bog‘liq bo‘lgan o‘qish motivlari qo‘shiladi. Bu motivlar ilk bolalik davrdan boshlanib yuzaga keladigan bolalarning tabiiy qiziquvchanligi o‘rnida paydo bo‘ladi. O‘zini ko‘rsatish motivlari ham bu yoshda yaqqol namoyon bo‘ladi
Kichik va o‘rta maktabgacha yoshida bola xarakterining shakllanishi davom etadi. U asosan bolalarning kattalar xarakterini kuzatishlari asosida tarkib topadi. Shu yillardan boshlab bolada ahamiyatli hisoblangan–iroda, mustaqillik va tashabbuskorlik kabi ahamiyatli shaxsiy xususiyatlar rivojlana boshlaydi. Katta maktabgacha yoshda bola atrofdagi odamlar bilan turli faoliyatlarda muloqot va munosabatlarga kirishishga o‘rgana boshlaydi. Bu esa unga kelajakda odamlar bilan til topishishda, ish bo‘yicha va shaxsiy munosabatlarni normal ravishda o‘rnata olishida foyda keltiradi. Bu yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishida ularning ota–onalari haqidagi fikrlari va ularga beradigan baholari nihoyatda ahamiyatlidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning xayoli, asosan, ularning turli -tumano‘yin faoliyatlarida o‘sadi. Biroq, shu narsa diqqatga sazovorki, agar bog‘cha yoshidagi bolalarda xayol qilish qobiliyati bo‘lmaganda edi, ularning xayoli ham xilma-xil bo‘lmas edi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning xayollari turli xil mashg’ulotlarda ham o‘sadi. Bog‘cha yoshidagi bolalar xayolining o‘sishiga faol ta’sir qiluvchi omillardan yana biri ertaklardir. Bolalar hayvonlar haqidagi turli ertaklarni eshitganlarida shu ertaklardagi obrazlarga nisbatan ma’lum munosabat yuzaga keladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda yoqimli va yoqimsiz his-tuyg’ular g‘oyat kuchli va juda tez namoyon bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning his-tuyg’ulari ular organik ehtiyojlarining qondirilishi va qondirilmasligi bilan bog‘liqdir. Bu ehtiyojlarning qondirilmasligi sababli bolada noxushlik (yoqimsiz), norozilik, iztiroblanish tuyg’ularini qo‘zg‘aydi. Katta maktabgacha yoshidagi bolalarda burch hissi – nima yaxshi-yu, nima yomonligini anglashlari bilan axloqiy tasavvurlari o‘rtasida bog‘liqlik bor. Katta odamlar tomonidan buyurilgan biron topshiriqni bajarganlarida mamnunlik, shodlik tuyg‘ulari paydo bo‘lsa, biron tartib qoidani buzib qo‘yganlarida xafalik, ta’bi xiralik hissi tug‘iladi.

Download 170,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish