2-mavzu Maktabgacha, kichik maktab, o`smirlik, ilk o`spirinlik yosh davrlarida psixik rivojlanish xususiyatlari. Oila psixologiyasi. Yoshlik, yetuklik va keksalik davrining psixologik xususiyatlari. Reja



Download 170,5 Kb.
bet5/8
Sana25.02.2022
Hajmi170,5 Kb.
#463414
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 ma`ruza Maktabgacha va kichik maktab yoshi davrlarida psixik rivojlanish (2)

Tasavvurning rivojlanishi. Tasavvur qobiliyatining rivojlanishi ikki bosqichda kechadi. Dastlab yaratiluvchi obrazlar real ob’ektga yaqin tavsiflanadi (detallarga boy bo‘lmagan holda). Ikkinchi sinf oxiri, keyin esa uchinchi sinfda ikkinchi bosqich boshlanadi. Avvalo, alomatlar va tarkibiy qismlar miqdori sezilarli tarzda oshadi.
Yaratuvchi (reproduktiv) tasavvur kichik maktab yoshida barcha mashg‘ulotlarda rivojlanadi. Kichik maktab o‘quvchilarining biror predmetning kelib chiqishi va qurilishi shart-sharoitini ko‘rsatishga harakat qilishi - ularda ijodiy (produktiv) tasavvur rivojlanishida muhim psixologik asosdir.
Fikrlashning rivojlanishi. Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari fikrlashining rivojlanishida ikki asosiy bosqich kuzatiladi. Birinchi bosqichda(1-2-sinf) fikrlashda ko‘rgazmali-harakatlilik ustunlik qiladi, uni yana amaliy-harakatlilik yoki hissiylik deb ham atashadi. Bu bosqichda bolalarning narsalarni umumlashtirishi predmetlarning yaqqol belgilari ta’siri ostida ro‘y beradi. Fikrlash rivojlanishining ikkinchi bosqichi (3-sinf) o‘quvchilar tomonidan tushunchalarning alohida xususiyatlari orasidagi o‘zaro munosabatni bilib olish, ya’ni tasniflashga (masalan, “stol” – ot so‘z turkumi) bog‘liq. Bolalar o‘qituvchiga u yoki bu tasnifni qanday o‘zlashtirganliklari haqida hisob beradilar. Abstrakt, mavhum va nazariy fikrlash nisbatan murakkab fikrlash turining keyingi bosqichi bo‘lib hisoblanadi
Xayol. Xayol muhim psixik bilish jarayonlaridan biridir. Xayolning faoliyasiz o‘qituvchi gapirayotgan va darslarda yozilgan narsalarning tassavvur qilishni hamda ko‘rgazmali obrazlar bilan ishlashni bilmay turib, hech qanday o‘quv predmetni chinakkamo‘zlashtirishi mumkin emas.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchining xayoli uning o‘quv faoliyatining ta’siri va talablari bilan tarkib topadi. Shuning bilan bir qatorda bevosita taasurotlar (muzey, vistavkalarning borib ko‘rish, kino kartinalarni ko‘rish, ekskursiyalarga borish, maktab er uchastkasida ishlash va boshqalar) ham xayolni rivojlantiradi.
9.4. Kichik maktab yoshi davrida motivatsion sohadagi rivojlanish xususiyatlari, bolaning o’zi haqidagi tasavvurlari va xulq-atvori, kichik maktab yoshida bola shaxsining rivojlanish xususiyatlari. 7-11 yoshli davrda bolalar o‘zlarining individual xususiyatlarini anglay boshlaydilar. Bolani o’z-o’zini anglashi ham jadal rivojlana boradi va mustahkamlana boshlaydi. Bu davrda bolalar o‘zlarining ismlariga yanada ko‘proq ahamiyat bera boshlaydilar va ularning ismlari tengdoshlari va atrofdagilar tomonidan ijobiy qabul qilinishiga harakat qiladilar. Bolani o‘zining tashqi ko‘rinishi va gavda tuzilishiga beradigan bahosi ham o‘z-o‘zini anglashida ahamiyati juda katta. Kichik maktab davrining oxiriga borib bolalar, ayniqsa qizlar o‘zlarining yuz tuzilishlariga alohida e’tibor bera boshlaydilar. Kichik maktab yoshdagi o‘quvchining o‘quv faoliyati jarayonida o‘zidagi xulq-atvorni va faoliyatni o‘zi tomonidan muvofiqlashtirish qobiliyati rivojlanadi, ongli rivishda bir fikrga kela olish qobiliyati rivojlanadi, o‘z faoliyatini o‘zi uyushtrishiga, hamda bilim olish jarayoniga bo‘lgan qiziqishining qaror topishiga yordam beradi. O‘quvchi xulq-atvorining motivlashtirishi ham o‘zgaradi. Bunda o‘rtoqlar va jamoaning fikrlari asosiy motivlar bo‘libqoladi. Axloqiy his-tuyg’ular va shaxsning irodaviy xususiyatlari shakllanadi.
5-6 yoshli davrida bolalarning ko‘zga tashlangan xususiyatlari 4 yil davomida rivojlanadi va mustahkamlanadi hamda o‘smirlik davrining boshlariga kelib juda ko‘p shaxsiy fazilatlar shakllanib bo‘ladi. Bolalarning individualliklari ularning bilish jarayonida ham ko‘rinadi. Bu davrda bolalarning bilimlari kengayadi va chuqurlashadi, ko‘nikma va malakalari takomillashadi. 3-4 sinflarga borib ko‘pchilik bolalarda umumiy va maxsus layoqatlar ko‘zga tashlanadi. Kichik maktab yosh davrida hayot uchun nihoyatda ahamiyatli bo‘lgan muvaffaqiyatga erishish motivi mustahkamlanadi, Bu esa o‘z-o‘zidan boshqa layoqatlarni jadal rivojlanishiga olib keladi.
Bu yoshdagi bolalarda idrok, diqqat, xotira, tafakkur va nutq to‘liq shakllanib bo‘lgani uchun ham ularga ta’lim berishda kattalarga qo‘llaniladigan uslublardan foydalanish mumkin. Kichik maktab yoshidagi bolalar psixik rivojlanishiga ularning atrofidagi odamlar, ota-onasi va ayniqsa o‘qituvchi bilan bo‘ladigan munosabati orqali erishishi mumkin. 3-4 sinflarga borib bola uchun uning o‘rtoqlari bilan munosabatining ham ahamiyati ortadi. Bu munosabatlardan kattalar ta’lim-tarbiya maqsadlarida foydalanishlari mumkin.

Download 170,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish