2-mavzu: Mafkura va tsivilizatsiya (tamaddun), ular o’rtasidagi tarixiy aloqadorlik Reja



Download 24,41 Kb.
bet3/3
Sana29.05.2022
Hajmi24,41 Kb.
#618777
1   2   3
Bog'liq
milliy maf 2-mav 5 semestr

Tsivilizatsiya tushunchasi qat’iy ma’noda inson o’zgartiruvchilik faoliyatining natijalarini ifodalaydi. Bu natijalar faqat oddiy ne’matlar insoniyat jamiyatining yashash asoslarini barpo etishdan iborat emas. Ilmiy bilimlar, falsafiy ta’limotlar, g’oyaviy ijtimoiy harakatlar orqali moddiylashishi real kuchga madaniy omilga o’zgartirish vositasiga aytiladi. Tsivilizatsiyaning xilma-xil turlari mavjud : bularga qadimgi tsivilizatsiya, G’arb va Sharq mamlakatlari tsivilizatsiyalari, hozirgi jahon tsivilizatsiyasi va boshqa shu kabilar misol bo’ladi. Hozirgi sharoitda jahonda tsivilizatsi noz-ne’matlarni yaratuvchi, ulardan foydalanuvchi sifatidagi roli va ahamiyati oshib bormoqda.
Kishilik jamiyatida rivojlanishning muayyan bosqichini ishlab chiqarish usulini anglatadigan jamiyatni o’tmishdan kelajak tomon to’xtovsiz ilgarilab borishini bildiradigan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani tsivilizatsiya bilan o’zaro tenglashtirish ham qarama-qarshi qo’yish ham materialistik falsafiy qarashga ziddir.


3.Hozirgi zamon tamadduni va uning o’ziga xos xususiyatlari
Hozirgi paytda jahon taraqqiyoti o’ziga xos yangi davrga qadam qo’ydi. Bu davrning o’ziga xos, oldingi paytlardan farq qiladigan alomatlari, xarakterli belgilari bor. Bular quyidagilardan iborat:
Er yuzidagi davlatlar va xalqlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik va hamkorlikning yuksalib borishi jahon taraqqiyoti hozirgi bosqichining o’ziga xos xususiyatlaridir. Boshqacha aytganda, keng qamrovli integratsiya-(lotincha so’z bo’lib, to’ldirish, yaqinlashish ma’nosida ishlatiladi) bu hozirgi olamshumul jarayon bo’lib, har bir xalq va davlatning porloq istiqboli umuminsoniy tsivilizatsiya yo’lidagi barcha, kuch-harakatlarini birlashtirishga ko’maklashadi.
Ma’lumki, asrimizning bir necha o’n yilliklari mobaynida Evropa bilan Osiyo mamlakatlari, G’arb bilan Sharq, kapitalistik tuzum bilan jahon sotsializm tuzumi bir-biriga dushmanlik nuqtai nazaridan qarab keldi.
Hozirgi paytda jahonda shunday bir vaziyat vujudga keldiki, dunyodagi ko’pchilik mamlakatlar va xalqlar o’zlarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy taraqqiyot darajalarining har xilligi, rivojlanishning turlicha bosqichlarida ekanliklari, hatto mafkuraviy qarashlardagi farqlarga qaramasdan o’zaro chqinlashmoqdalar. Hozirgi paytda o’tmishdagi o’zaro dushmanlik va ixtiloflar siyosatidan hamkorlikka o’tish amalga oshirilmoqda.
Davlatlar va xalqlar o’rtasida yaqinlashuv jarayonlari va hamkorlikni kuchaytirish to’g’risida ikki tomonlama va ko’p tomonlama o’zaro bitimlar va majburiyatlar qabul qilinib turibdi. “Jahon miqyosidagi umumiy taraqqiyot, odamlar dunyoqarashining o’zgarishi, kommunikatsiya yuksalishi,xalqaro munosabatlarning rivojlanishi va ularning odamzod hayotiga ta’siri davlatlar va xalqlar o’rtasida o’zaro birlashish, intilishni kuchaytirmoqda. Ayni vaqtda milliy xususiyatlar va an’analarni, siyosiy va ma’naviy merosni saqlab qolish tamoyillari ham yaqqol sezilmoqda”,-deb yozadi birinchi Prezidentimiz I.Karimov “O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” asarida.
Hozirgi zamon tarixiy jarayonlarning asosiy belgilaridan yana biri-dunyodagi aksariyat mamlakatlarning, xususan, yaqinda mustaqillikka erishgan davlatlarning eng kuchli,eng katta xalqaro banklar, nufuzli xalqaro tashkilotlarga teng huquqli a’zo bo’lib kirib, kuch-g’ayoratlari va iqtisodiy imkoniyatlarini umumiy maqsadlari yo’lida birlashtirayotganliklaridadir. Buni Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan O’zbekiston Respublikasi misolida ko’rish mumkin. Qisqa vaqt ichida Respublikamiz ko’pgina nufuzli xalqaro tashkilotlarga, xususan BMTga, Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Evropa qayta tiklanish va taraqqiyot banki, Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti va boshqa shu kabi mashhur xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlarga qabul qilindi.
Hozirgi davr uchun xos bo’lgan yana bir xususiyat shundan iboratki, fan va texnikaning eng yangi yutuqlariga asoslangan texnologiya-sanoat va qishloq xo’jaligining barcha sohalariga joriy etilmoqda. Bu esa o’z navbatida jamiyatning ildam odimlar bilan olg’a taraqqiy etishiga zamin yaratmoqda.
Tayanch so’z va iboralar: tamaddun, tsivilizatsiya, shotland tarixchilari, ingliz sotsiologi, Evropa tanazzuli, Shpengler, Arnold Toinbi, mafkura, insoniyat tarixi antik davr, o’rta asrlar, G’arb va Sharq, Lamanskiy, “kelajak olam”, Neklessa, madaniy va ma’naviy rivojlanish, milliy qadriyatlar, hozirgi zamon tamadduni, davlatlar, xalqlar, tarixiy jarayonlar, iqtisodiy hamkorlik, BMT, Xalqaro valyuta fondi, Jag’on banki, Evropa qayta tiklanish va taraqqiyot banki.


Mavzuni takrorlash uchun savollar
1.Tsivilizatsiya so’zining ma’nosi nima?
2.Tamaddun haqida nemis faylasufi O.Shpengler qarashlari haqida nimalarni bilasiz:
3.Ingliz tarixchisi Arnod Toinbining “Tarixni ta’qiq qilish” asarida nimalar bayon etilgan?
4.Antik va o’rta asrlar tsivilizatsiyasi haqida nimalarni bilasiz?
5.Taraqqiyotga yangi davrga ko’tarilgan tsivilizatsiya davrida qanday voqealar sodir etilgan?
6.A.I.Neklessaning mulohazalari nimalardan iborat?
7.G’arb va Sharq tsivilizatsiyalar bir-biri bilan nimasi bilan farq qiladi?
Download 24,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish