2.Tamandun va mafkura Tsivilizatsiya insoniyat jamiyat taraqqiyotining jahon miqyosidagi davlatlar shakllanishi bilan boshlangan rivojlanishining yangi bosqichi edi. Uning yuqorida ko’rsatib olingan belgilar hamma davrlarda ham g’oya va mafkura bilaan bog’liq ravishda mavjud bo’lganligidan dalolat beradi. Hozirga qadar mavjud bo’lgan tamaddunning tarixiy shakllari eganda quyidagilar nazarda tutiladi:
a)Antik davr tsivilizatsiyasi. Bu davr davlatlarning shakllanishi va taraqqiyoti bilan bevosita bohliq.
b)O’rta asrlardavri tsivilizatsiyasi. Bunda ayniqsa, g’arbiy Evropa mamlakatlarida diniy g’oyalar davlat mafkurasi darajasiga ko’tarilganligi hamda Evropa dunyosiga xos bo’lgan mamlakatlar xristianlik dinining boshqa davlatlar boshqaruvi asosiy omiliga aylanganligi bilan xarakterlanadi.
v)XVIII-asrdan boshlangan XX-asrgacha davom etgan kapitalizm jamiyatining taraqqiyotidan iborat bo’lgan tsivilizatsiya. Bunda hunarmandchilik va manufaktura sanoatining o’rniga Yangi texnikaga asoslangan yirik sanoat ishlab chiqarish korxonalari vujudga kela boshladi. Pul-tovar munosabatlari beqiyos rivojlandi. Quratli mamlakatlar ko’z imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun zaif mamlakatlarni tobe qila boshladilar va shu orqali mustamlakachilik tuzumi paydo bo’ldi. (Mas:Angliya Hindiston ustidan, Frantsiya Afrika mamlakatlari ustidan hukmronligi)
d) XX asr oxiri XXI asr boshlarida insonit taraqqiyoti yangi bir bosqichga ko’tarilgan tsivilizatsiya davri. Bu davrda mustamlkachilik siyosatiga qarshi milliy ozodlik harakatining kuchayishi miqyosida mavjud bo’lgan ikki tizim orasidagi qarama-qarshilikni emirilishi jahon jo’g’rofiy xaritasida demokratiya yo’lini tanlab olgan mustaqil davlatlarning paydo bo’lgani bilan xarakterlanadi.
Yuqorida ko’tarilgan yangi davr tsivilizatsiyasini jahon miqyosida ilgari surilayotgan fikrlar g’oyalar va mafkuralar ijtimoiy taraqqitga ta’sir benihoya oshganligidadir. Bugungi fan tamaddun jarayonlariga tsivilizatsiyaning o’ziga, turlicha yondashadi va ularni har xil talqin etadi. Ulardan ayrimlari haqida fikr yuritaylik. Ular bizning nazarimizda alohida e’tiborga sazovor. Bu o’rinda shuni ta’kidlash kerakki, tarixa o’tgan yoki hozirgi kundagi birtalay olimlar bizning tasavvurimizdan ko’ra boshqacha tamaddunlarni yoki o’zga omillarni ajratib ko’rsatishadi. Mas., rus tarixchisi Vladimir Lamanskiy bundan yuz yildan oldingi davragi hamjaimyatni “hozirgi olam”, “kelajak olam” va “o’tmish dunyo” deb uchga bo’lgan. V.Lamanskiy Osiyoagi ko’plab tamaddunlarni, ular XVII-asrdan boshlab G’arb va Rossiya bosqini natijasida asta-sekin zavolga yuz tuta boshlaganligini nazaarda tutib, “o’tmish dunyo”siga mansub deb hisoblagan edi. “Hozirgi olam” yuksak tamadduni boshdan kechirayotgan Evropa jamiyatidir. Uning eng yuksak cho’qqisi XX-asrning dastlabki yillarida boshlangan. Muallifning fikriga ko’ra “kelajak olam”ni Evroosiyo mamlakatlar, xususan, o’zagini rus jamiyati tashkil etadigan yunoniy sllaveniy olam va okean dunyosi bilan birga Shimoliy Amerika shtatlari tashkil etadi. Chamasi futuralogiya farazlari qisman tasdiqlarini topdi. Xususan, uning AQShga doir fikrlari to’g’ri bo’lib chiqdi. Uning boshqa farazlari esa isbotini topmadi.
Hozirgi zamon Rossiya taniqli tadqiqotchilaridan biri A.I.Neklessaning mulohazalari ham diqqatga sazovordir. U o’ziga geostrategik tizim yaratib, bugungi dunyoni muayyan hudud odamlariga bo’lib chiqadi. Uning fikriga ko’ra dunyo Atlantik olam, asosan Osiyo Tinch okeani mamlakatlarini birlashtiruvchi Tinch okeani, Hind okean va Evroosiyodan iborat. Hozirgi zamon xitoy faylasufi Chjan Shooxuya zaminni vayron bo’lishidan saqlab qladigan kelgusi yuz yillik tamaddunni yaratishga harakat qilmoqda. U asoslamoqchi bo’layotgan tamaddun uch asosiy unsurdan tashkil topadi: falsafiy g’oya, e’lon qilinadigan qadriyat-g’oyalar hamda ushbu loyihada nazarda tutiladigan ba’zi ma’naviy sohalar. Xitoy faylasufi bunday yonddashuvni ishlab chiqar ekan, kelgusi asr tamaddunini “barcha narsalarning birligi” degan falsafiy g’oya “bashariyatning birligi” degan qadriyat-g’oya va “samo va inson birligi” ma’naviy sohasi tashkil etadi deya talqin etadi.
Tsivilizatsiya madaniy va ma’naviy rivojlanishning mahsuli sifatida vujudga kelgan. Tsivilizatsiyalashgan taraqqiyotgina milliy madaniy ravnaq uchun keng imkoniyat yaratadi. Milliy madaniyat tsivilizatsiyaning asosiy tarkibiy qismlardan biridir. Milliy madaniyatdan uzilib qolgan tsivilizatsiya oxir oqibatda inqirlzga mahkum bo’lgan. Masalan, hozir yo’qolib ketgan amerikadagi maya tsivilizatsiyasi bunga misol bo’ladi. Ulardan bugun yuzdan ortiq shahar vayronalari qolgan. Bunga tarixdan yanada ko’plab misollar keltirish mumkin. Tsivilizatsiyaning tarixiy shakllari. Tsivilizatsiyalar o’z shakligaa ko’ra: Sharq va G’arb, xristian va musulmon, hududiy va jahon tsivilizatsiyasi kabilardan iborat. Sharq tsivilizatsiyasining quyidagi o’ziga xos muhim xususiyatlarini ko’rsatish mumkin:
-Sharqdagi barcha dunyoviy, diniy, falsafiy ta’limotlar tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishni, sabr-toqatlilikni targ’ib etgan.
-Odamlar orasida bag’rikenglik. Birdamlik va hamjihatlik ruhi kuchli bo’lgan.
-Milliy qadriyatlar va an’analar e’zozlangan.
Madaniyat bilan tsivilizatsiya uzviy aloqada bo’ladi. Tsivilizatsiya inson va jamiyatning madaniy o’zgartiruvchilik faoliyatini moddiy ifodasiga tegishli shakllar va turlarning majmui. Shuning uchun ham inson va jamiyatning moddiy, ma’naviy, badiiy sohalarida o’zgartiruvchilik faoliyati tsivilizatsiyaning hal qiluvchi belgisidir. “Tsivilizatsiya ijtimoiy taraqqiyotning shunday bir bosqichidirki-deb ta’kidlagan edi F.Engels-bu bosqichda mehnat taqsimoti undan kelib chiqadigan va ayrim shaxslar o’rtasida bo’ladigan ayirboshlash hamda bu ikki jarayonni birlashtiradigan tovar ishlab chiqarish to’la rivojlanib ilgarigi butun jamiyatda o’zgarish yasaydi”.