2-mavzu: Mafkura va tsivilizatsiya (tamaddun), ular o’rtasidagi tarixiy aloqadorlik Reja 1.Tamaddun tushunchasining mohiyati. Tsivilizatsiya haqidagi qarashlar
2.Tamaddun va mafkura
3.Hozirgi zamon tamadduni va uning o’ziga xos xususiyatlari
Tsivilizatsiya-(lot.civilis-fuqoroviy, ijtimoiy)-serqirra va murakkab mazmunga ega bo’lgan ijtimoiy-falsafiy tushuncha. Tsivilizatsiya tushunchasi shotland tarixchisi va faylasui A.Fergyusson (1723-1816) jahon tarixiy jarayonining ma’mum bir bosqichini ifodalash uchun, frantsuz ma’rifatparvarlari aql-idrok va aolatga asoslangan jamiyat, degan ma’noda ishlatgan edilar. Undan keyin ham tamaddun tushunchasiga turlicha mazmun berish davom etdi. Ayrim holda uni madaniyatning sinonimi sifatida ishlatgan bo’lsalar, nemis aylasufi O.Shpengler esa aksincha uni madaniyatning xalok bo’lish jarayoni bosqichini xarakterlash uchun, ingliz sotsiologi va tarixchisi A.Toyibi esa o’ziga xos va nisbatan yopiq bo’lgan jamiyatlarni ifodalash uchun ishlaatgan.
Tamaddun tushunchasining hajmi va mazmunini belgilashda turfaxilli hozirgi vaqtda ham saqlanib qolmoqda. Bu tushuncha: 1)ijtimoiy rivojlanishning yovvoyilik va varvarlikdan keyin keladigan bosqichini; 2)umuman kishilik jamiyati rivojlanishining ma’lum bir bosqichini (mas., neolit, nokapitalistik yoki hozirgi zamon Ts.si); 3)ma’lum bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani; 4)geografik jihatdan farqlanuvchi birliklarni (mas., Evropa yoki Osiyo Ts.si); 5)diniy mansubligiga ko’ra, farqlanuvchi madaniy birliklarni (mas., xristian yoki islom Ts.si; 6)kelib chiqishi va planetar mansubligiga ko’ra farqlanuvchi birliklarni (mas., Er Ts.si, Erdan tashqaridagi Ts.lar); 7)etnik asosga ko’ra farqlanuvchi ijtimoiy-madaniy birliklarni (mas.,qad.Misr yoki Bobil Ts.si) va shu kabi ma’nolarni ifodalash uchun qo’llanib kelmoqda. Har qanday ilmiy tushuncha ma’lum mazmunni ifodalab, muayyan ijtimoiy hodisa, jarayonini tushuntirishga xizmat qilmog’i, demakki, metodologik ahamiyatga ega bo’lmog’i lozim.
Tamaddun haqida olimlarning turli-tuman qarashlari mavjud:
a)ko’pchilik olimlar umumjahon miqyosidagi jamiyat taraqqiyotini tsivilizatsiya deb atab, uning asosiy belgisi sifatida madaniyat taraqqiyotining erishgan madaniy darajasi deb biladilar.
b)ayrim olimlar tsivilizatsiya haqida fikr yuritib, madaniyatning tsivilizatsiyaga qarama-qarshi ekanligini, madaniyat qanchalik taraqqiy etsa insoniyat jamiyayatning taraqqiyoti shunchalik katta xavf ostida qolishini, ya’ni tsivilizatsiyaning tanazzulini nazarda tutgan nmis olimi Shpengler o’zining “Evropaning tanazzuli; nomli asarida tsivilizatsiya-madaniyatning halok bo’lishi degan g’oyani ilgari surgan.
v)ingliz tarixchisi Arnold Tonibi o’zining “Tarixni ta’qiq qilish” nomli asarida jahon miqyosida ko’pdan-ko’p tsivilizatstsiyalar mavjudligini kuzatish mumkinligi hamda ularning alohida-alohida turlari haqida fikr yuritib, alohida mavjud bo’lgan tsivilizatsiyalar keyinchalik umumjahon miqyosidagi tsivilizatsiyaga o’sib o’tishi mumkin degan g’oyani ilgari surgan). g)XIX asrning 40-yillaridan boshlab shakllangan marksizm nuqtai nazariga ko’ra jamiyatlar taraqqiyotini asosida madaniy ne’matlarni ishlab chiqarish ususli yotadi degan xulosaga kelib, qadimiy davrdan boshlab to hozirgacha qadar bo’lgan jamiyatlarni bosh asosiy ijtiomiy-iqtisodiy formatsiyaga bo’ladilar.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda tsivilizatsiya nima degan savolga shunday javb berish mumkin.
Tsivilizatsiya-insoniyat madaniy taraqqiyotining muayyan darajasidir. Bu taraqqiyot kishilarning ishlab chiqarish faoliyati bilan boshlangan. Ishlab chiqarish faoliyatning murakkablashuvi oqibatida yirik ijtimoiy mehnat taqsimotlarining yuz berishi orqali madaniy hayotning boshlanishi, dehqonchilikning ko’chmanchi hayotdan ajralib chiqishi, hunarmandchilik sohalarining paydo bo’lishi, madaniy chorvachilik va dehqonchilik rivojlanishi asosida asta-sekin amaliy mehnatning jismoniy mehnatdan ajralib chiqishi shahar bilan qishloq orasidagi tafovutning kuchayishi, aqliy mehnat bilan shug’ullanadigan kishilarning paydo bo’lishi oqibatida insonning yangi madaniy taraqqiy darajasi boshlanadi ya’ni tsivilizatsiyaning ilk boshlanish davri.
Kishilar orasida ijtimoiy munosabatlarning murakkablashuvi natijasida kishilarning yangi tarixiy etnik hamda sinfiy birliklari kelib chiqadi. Buning ma’nosi shuki, urug’ qabilaning o’rniga elat (xalq) shakllanadi. Jamiyatlar murakkab tarkibiy o’zgarishlar yangicha ilgarida bo’lmagan ijtimoiy, siyosiy tashkilotlardan kelib chiqqan. Eng qadimiy davrlardan boshlab G’arb va Sharq mamlakatlari davlatchiligi paydo bo’ldi.
Tsivilizatsiya ajdodlar bilan avlodlar orasidagi aloqadorliklarni nazarda tutadi. Bu aloqadorliklarni ta’minlanishida yozuvning kashf qilinishi katta ahamiyatga ega bo’ldi.