2) suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash;
3) suhbat ishtirokchilarining sonini aniqlashtirish;
4) suhbatdosh toʼgʼrisida avvaldan muayyan maʼlumotlarga ega boʼlish;
5) suhbatdosh bilan samimiy munosabatda boʼlish;
6) suhbatdoshning oʼz fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi uchun sharoit yaratish;
7) savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga
erishish;
8) olingan maʼlumotlarni oʼz vaqtida tahlil qilish
2. Pedagogik tahlil. Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu metodni qoʼllashdan
koʼzlangan maqsad tanlangan shaxs tomonidan kreativlik sifatlari,
imkoniyatlari va
malakalarining oʼzlashtirish darajasini aniqlashdan iborat boʼlib, pedagog tomonidan
ilgari surayotgan gʼoyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi.
3. Pedagogik-psixologik tashxis metodlari. Bu kabi metodlar shaxsning kreativlik sifatlari
va ijodiy faoliyatni tashkil etish koʼnikmalariga egaligini tashxislash hamda baholashga
xizmat qiladi. Zamonaviy sharoitda shaxsning kreativlik sifatlari, ijodiy faoliyatni tashkil
etish koʼnikmalariga egaligini tashxislashda oʼnlab metodlar qoʼllanilmoqda. Ular orasida
bir guruh metodlar amaliy jihatdan samarali boʼlib, ular rivojlangan xorijiy mamlakatlarda
keng qoʼllanilmoqda. Gauenaning “Zahiraviy model”, Slosson testi, Vekslerov shkalasi.
Vekslerov shkalasi (“WPPSI” testi), boshlangʼich maktablar uchun moʼljallangan
Stanford testi hamda Torrens testlari (jumladan, “Tugallanmagan rasmlar testi) shular
jumlasidandir.
4. Pedagogik tajriba (lot. “eksperiment” – “tajriba qilib koʼrish”)
metodidan muammo
yechimini topish imkoniyatlarini oʼrganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga
erishishning kafolatlay olishi, berilayotgan tavsiyalarning amaliyotda oʼz inʼikosiga ega
boʼla olishi va ularning samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Pedagogik
tajribaning quyidagi turlari mavjud.
Pedagogik tajriba
Tabiiy tajriba
Laboratoriya (maxsus) tajribasi
Tajriba ishi
4-rasm. Pedagogik tajriba
turlari
Pedagogik tajribalarni amalga oshirishda asosiy eʼtibor ularning samarali kechishiga
qaratiladi. Bunda esa bir qator shartlarni inobatga olish lozim. Yaʼni:
Pedagogik tajriba samaradorligini taʼminlovchi shartlar: tajribaning maqbul loyiha
(dastur)
asosida uyushtirilishi; tadqiqot ilmiy farazining puxta asoslanishi; tadqiqot
obʼektlari va usullarining toʼgʼri tanlanishi; tajriba oʼtkazilish vaqti va davomiyligining
aniqlanishi; zarur pedagogik shart-sharoitlar (asbob-uskuna,
jihozlar, vositalar)ning
yaratilganligi; tajriba maʼlumotlarini umumlashtirish, tahlil qilish va natijalarni qayta
ishlash
Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib
umumiy xulosaga kelinadi va
ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.
5. Аnketa (fr. “tekshirish”) metodi yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida
toʼplangan dalillar boyitiladi. Metod tizimli savollar asosida respondentlar bilan muloqotni
tashkil etishga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: