2-Mavzu: Jahon xalqlari sivilizatsiyasi va uning taraqqiyot o‘choqlari hamda bu sivilizatsiyada O‘zbekistonning tutgan o‘rni Reja



Download 25,37 Kb.
bet2/2
Sana18.12.2022
Hajmi25,37 Kb.
#890597
1   2
Bog'liq
2-МАВЗУ

So’g’d sivilizasiyasi Zarafshon vohasida shakllangan. Zarafshon vohasi nafaqat Vatanimiz, balki O’rta Osiyo miqyosida qadimgi madaniyat maskanlaridan biri hisoblanadi. Keyingi yillar maboyinida amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari vohani ibtidoiy odamzod tomonidan kishilik tarixi tosh asri ilk paleolit davridanoq o’zlashtirilganligi va tarixiy taraqqiyot keyingi bosqichlari barchasida to urbonik jarayongacha uzluksiz madaniyat yaratilganligini ko’rsatdi. Vohada sug’orma dehqonchilikka asoslangan madaniyatlar negizida urbonik shaharlashish jarayoni ro’y bergan. Afrosiyob, Ko’ktepa kabi shaharmanond yodgorliklar mil.avv. VIII-VII asrlarga oid yodgorliklar hisoblanadi.
Shosh-Farg’ona sivilizasiyasi. Toshkent vohasi Xorazm, Surxon, Zarafshon, Farg’ona vohalari kabi Vatanimizning ko’hna madaniyat markazlaridan biri sanaladi. Buni mazkur mintaqada kishilik tarixi taraqqiyoti ilk bosqichlari, ya’ni to urbonik (shaharlashish) jarayongacha bo’lgan davrga oid tarixiy-madaniy yodgorliklar mavjudligi, ular tadqiqoti natijasida ibtidoiy davr taraqqiyot bosqichlari barchasida o’ziga xos uzluksiz madaniy bo’g’inni tashkil etuvchi madaniyat yaratilganligining aniqlanishi isbotlaydi. Shu madaniyat negizida vorisiylik asosida shaharsozlik madaniyati shakllanganki, buni ayni kunlarda Toshkent shahrining 2200- yilligiga asos bo’lgan arxeologik manbalar ham ko’rsatib turibdi.
3.Marg’iyona sivilizasiyasi. O’rta Osiyoning janubiy hududlari, xususan Murg’obdaryosi havzasi qadimgi madaniyat markazlaridan biri hisoblanadi. Bu madaniyatning asosiy yodgorliklaridan biri V.I. Sarianidi tomonidan tadqiq etilgan Gonur tepa yodgorligi hisoblanadi. Mil.avv. 2 minginchi yillikka oid mazkur yodgorlikdan topilgan manbalar Yaqin Sharq, xususan Shumer, Ossur madaniyatlari hamda Maxanjadaro va Xarappa madaniyatlari manbalari bilan o’xshashligi mazkur hududlar jamoalarining o’zaro madaniy aloqalaridan guvohlik beradi.
4. Jamiyat mavjudligining doimiy va keng qamrovli shakli bo’lgan sivilizasiya tarixning turli davrlarda barcha xalqlar uchun xos xususiyat bo’lib, bosqichli- xronologik, etnik – tipologik va iyerarxik jihatlari bilan farqlanib turadi. Uzoq davom etgan tarixiy rivojlanish jarayonida qo’lga kiritilgan yutuqlarning nisbatan ustivor va ilg’or darajadagi shakllari tarixiy taraqqiyotning yuqori pog’onasida bo’lgan sivilizasiyalar uchun xosdir. Xusuan, siyosiy, iqtisodiy- ijtimoiy, madaniy va boshqa xususiyatlarni o’zida mujassamlashtirgan va ko’p hollarda ilg’or sivilizasiyalar taraqqiyot yo’nalishini belgilab beradigan shaxarlar bunga misol bo’la oladi.
Takidlash lozimki, malum turdagi shaxarlarga malum turdagi davlatlar mos tushadi. Ularning kelib chiqishi jamiyat siyosiy tuzimining muhim shakli sifatida shaxarlarga borib taqaladi va shakllanishning dastlabki bosqichidan so’ng davlatga o’tdi. Bular, shaxar-davlatlar yoki nomlar (qadimgi Misr misolida) bo’lib, atrofida qishloqlar bo’lgan markaz mavjud bo’ladi va bu markaz daryo yoki sug’orish inshootlarini nazorat qilib turadi. Shunga o’xshash bir nechta nomlarning birlashuvi Misr va Mesopatamiyada dastlabki davlatlarning paydo bo’lishiga olib keladi.
Dehqonchilik madaniyati jamiyat farovonligini ta’minlash bilan barobar mintaqada obod madaniy o’choqlarning va nihoyat shaharsozlik madaniyatining shakllanishida alohida e’tiborga loyiq. Arxeologik tadqiqotlar ko’rsatishicha, Xorazm mintaqasida shaharsozlik madaniyati miloddan avvalgi VII-VI asrlardan boshlangan. Jumladan, Ko’zaliqir yodgorligini fanda Jamshid asos solgan va Avesto kitobida Var nomi bilan atalgan ilk shahar bilan qiyos qilinadi. Ko’zaliqir uzunasiga bir tomoni torayib boruvchi to’rtburchak devor bilan o’rab olingan qo’rg’on bo’lib, ichkari tomondan devor perametri bo’yicha qurilgan qator xo’jalik va turar joy xonalari majmuidan iborat. Qo’rg’onning ichki maydoni o’rtasida chorva saqlash bilan bog’liq inshoot qoldiqlari hamda diniy marosimlarga mo’ljallangan va taxminan ibodatgoh qurilma qoldiqlaridan iborat bo’lgan. Avesto iborasi bilan aytganda, mudofaa devorining uzunligi bir ot chopishiga teng bo’lgan. Bu kabi ilk shahar g’oyasini aks ettirgan yodgorligning topilishi va uning Avestoda aks etishi (Videvdot kitobi 2 fragard) Zardushtiylik dinining ayni Xorazmda vujudga kelganiga hyech qanday shubha qoldirmaydi.
Yuqorida qayd etilgan dehqonchilik madaniyati va davlatchilik jarayonlari Xorazm mintaqasida yuzlab shaharsozlikka xos bo’lgan yodgorliklarning paydo bo’lishiga asos yaratgan. Jumladan, Jonbosqal’a, Govurqal’a, Qo’yqirilganqal’a, Tuproqqal’a, Qirqal’a, Ayozqal’a, Teshikqal’a, Yakkaporson, Pilqal’a, Qo’rg’oshinqal’a, shimoli-sharqiy mintaqada Jetiosor tarixiy- madaniy mintaqa o’dgorliklari Devsolganqal’a, Xozorasp, Guldursun, To’qqal’a, Burgutqal’a, Quyuqqal’a, Badirkent va boshqa o’nlab ulug’vor qadimiy shaharlar va qo’rg’onlarning vujudga kelishi uzoq tarixiy madaniy jarayonlarning yorqin guvohlaridir.
O’rta Zarafshon vohasida mil.avv. VIII-VII asrlarda Afrosiyob, Ko’ktepa, Qashqadaryo vohasida Yerqo’rg’on, Uzunqir kabi qadimgi shaharlarning paydo bo’lishi urbonik-shaharlashish madaniyatini o’rganishimizda muhimdir. Shunday shaharmonand yodgorliklar mil.avv 2 ming yillikni oxirida O’rta Osiyo ikki daryo oralig’ida Surxondaryo viloyati xudularida paydo bo’ladi. Bu Sherobod tumaning Sherobod daryosi ko’hna o’zanida joylashgan Jarqo’ton yodgorligi bo’lib, umumiy maydoni 100 gektardan kam yemas. Jarqo’ton hududidan hokimi saroyi –arki alo, shahriston, ulkan ibodatxona qoldiqlari, metall erituvchi pechlar, 20 gektarli qabriston , ko’plab moddiy madaniyat buyumlari topib o’rganilgan. Shahar davlatlar, nomlar, jamoalar yoki vohalar markazlarining Jarqo’ton misolida qiyosiy tahlil qilish mumkin. Ammo, bu O’rta Osiyo ikkidaryo oralig’i shaharlari genezesining yagona yo’li emas edi. Olib borilgan tadqiqotlar shaharlar rivojining boshqacharoq yo’llari ham mavjud bo’lganligini isbotlaydi. Misol uchun, shaharlarning ko’pchiligi taraqqiyot tufayli qalalari bo’lgan kichik qishloqlardan o’sib, mil.avv 1ming yillikning boshlarida yirik shaharlarga aylandi. Ayrimlari esa unchalik katta bo’lmagan qala atrofida shakllanib, harbiy havf- hatar tufayli mustahkam himoya devorlari bilan o’rab olinadi va shahar vazifasini bajara boshlaydi. Undan tashqari, avvaldan o’ylab ishlangan puhta reja asosida hukmdorning hohishi bilan qad ko’targan ko’hna shaharlar ham mavjud edi (shunday shaharlardan biri Toshkent viloyatidagi Kanka ko’hna shahri bo’lishi mumkin ).
O’rta Osiyo ikkidaryo oralig’i shaharlari taraqqiyoti tarixining evolyusion – xronologik jihatlaridan tashqari hududiy jihatlari ham mavjud edi . Yirik shaharlar paydo bo’lishi va rivojlanishida vorisiylik yoki malum sabablarga ko’ra o’rnini o’zgartirish anananalari, tuzilishi jihatdan o’hshashlik jihatdan o’hshashlik tomonlari kuchli bo’lishiga qaramay, shaharmonand manzilgohlar va qadimgi hatto o’rta asrlar shaharlari o’rtasida jiddiy farqlar mavjud bo’lib, ular tarixiy hodisa sifatida mohiyatan o’zgarib turgan. Misol uchun, Sopollitepa va Jarqo’ton yodgorliklari rivojlanishida davriy va tuzilish jihatidan jiddiy farqlar kuzatilsa-da, ular taraqqiyotida hududiy vorislik ananalari kuchli bo’lganligini kuzatishimiz mumkin. Yoki bo’lmasa, malum tarixiy- madaniy xarbiy, iqtisodiy- siyosiy sabablarga ko’ra shaxarlarning ko’chishi Uzunqir misolida kuzatiladi. Shuningdek. mil.avv 2 asrda Qarshi vohasining janubida Qalai Zahoki Moron yirik ko’xna shaxrining paydo bo’lishi shu xududlarda ilgarirog’ paydo bo’lgan Yerqo’rg’onga jismonan dahl etmagan bo’lsada, Yerqo’rg’onning ahamiyati va vazifaviy yo’nalishiga jiddiy tasir ko’rsatdi. Yana bir misol, Samarqand So’g’didagi Kofir qala va Talibarzu yodgorliklari bir xil qadimgi markaziy qismlarga ega. Ammo, o’rta asrlar Kofir qala o’sib kichik shaxarga aylandi, Talibarzu qishloqligicha qoldi. Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin.
Respublikamiz mustaqilligi yillarida amalga oshirilgan keng qamrovli arxeologik tadqiqotlar jarayonida o’zbek davlatchiligi tarixi to’g’risida ma’lumot beruvchi arxeologik manbalar qo’lga kiritilishiga erishildi. «O’zbek davlatchiligining tamal toshlari bundan 2700 yil muqaddam ayni Xorazm vohasida qo’yilgan. Milliy davlatchilik tarixi Misr, Xitoy, Yunoniston,Eron kabi davlatlar tarixi bilan bir qatorda turadi», - deb Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov Xiva shaxrining 2500 yilligiga bag’ishlangan tantanalarda be’jiz aytmagandi. Qadimgi Sharqda bu kichik davlatlar “nom” lar yoki “shahar-davlatlar” deb yuritilganligi manbalardan ma’lum. Miloddan avvalgi 2 ming yilliklarda Baktriya hududidagi kichik daryolar havzalarida 11 ta dehqonchilik vohalari borligi aniqlandi. Bunday vohalar Xorazm, So’g’d va Farg’ona hududlarida ham ko’plab mavjud bo’lgan. Xuddi shu vohalar bag’rida dastlabki davlat birikmalari shakllangan. Shu tariqa O’zbek davlatchiligining ilk ko’rinishi “voha-davlat”lari shaklida bo’lganligi ilmiy isbotlandi. Shunday qilib, O’zbekistonda bronza davrida yuz bergan ijtimoiy- siyosiy hodisa “voha-davlat” shakllanishi jarayoni jahon sivilizasiyasi taraqqiyoti qonuniyatiga hamohangdir.
O’zbekiston jahon sivilizasiyasininig eng qadimgi, yorqin o’choqlaridan biri, uning salmoqli va ajralmas qismidir. O’zbeklar yurtimizning eng qadimiy tub joy xalqi, ushbu yuksak sivilizasiyaning buyuk tarixiy va madaniy jarayonlarning davlatchilik tarixidagi sulolalar siyosiy faoliyatining merosxo’ridir.
O’zbek davlatchiligining teran ildizlari qariyb 3- 3, 5 ming yillik qadimiyatga borib taqaladi. Uning ilk poydevori “nom” tipidagi “voha –davlat” chiligi davrida, 2900-2700 yillar muqaddam “Baqtriya podsholigi”, “Katta Xorazm”, Sug’d va 2500- 2400 yillar avval Davan (Farg’ona vodiysi) podsholigi davlatlari davrida qo’yilgandir.
Xulosa qilib aytganimizda, O’rta Osiyo qadimgi sivilizasiyalari o’ziga xos xususiyatlarni jamlagan holda o’z taraqqiyot yo’liga ega bo’lib, jahon xalqlari sivilizasiyasi rivojida muhim o’rin tutadi.
Download 25,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish