Mijoz-server modeli. 2-model Internet rivojlanish davriga to‘g‘ri keladi, bunda Internet orqali uzatiladigan ma’lumotlar tezligi mahalliy tarmoqdagi ma’lumot almashinuviga tenglashgan davrga to‘g‘ri keladi.
Ushbu ikki modelning asosiy farqi shundaki, 2-model bir ixtisoslashgan tashkilotda markazlashgan ma’lumotlar bazasi boshqaruvi tashkil etilishini taqozo etadi, 1-modelda ma’lumot bazalarining boshqaruvi har bir axborot muassasasida tashkil etiladi (1-jadval).
Axborot-kutubxona infratuzilmalari modellarining qiyosiy funksional tahlili Modellarning qiyosiy funksional tahlili 1-jadval.
Ko'r satkich
Mijoz-server markazlashgan modeli
Mahalliy taqsimlangan model
shoroAsal ob A 1 si vto nag tizmi <
Har bir axborot-kutubxona va arxiv muassasalari (AKAM) MARC formatlari va DUBLIN CORE kommunikativ formatlariga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot tizimiga (AAT) ega
Har bir axborot-kutubxona va arxiv muassasalari AATga ega bo‘lishni shart emas. Jamoaviy foydalanish uchun AAT korporativ tarmoq serverida joylashgan bo‘ladi
Elektron kataloglashtirish
Har bir axborot-kutubxona va arxiv muassasasi o‘zining serverida elektron katalogni mustaqil tashkil etishi va yurgizishi mumkin. Elektron katalog (EK) axborot-kutubxona va arxiv muassasasi xodimlari tomonidan tashkil etiladi yoki korporativ tarmoqdagi boshqa axborot kutubxona va arxiv muassasalari yozuvlari o‘zaro almashuvi asosida tashkil etiladi
Har bir axborot-kutubxona va arxiv muassasasi o‘zining elektron katalogini boshqaruv tashkilot serverining axborot muhitida mustaqil tashkil etishi va shakllantirishi mumkin. EK o‘zaro almashiladi
EK va ma’lumot bazalarini boshqaruvi
Har bir AKAM uchun ma’lumot bazasi boshqaruvi (ma’lumotlar kiritish, ma’muriy va texnik xizmat ko‘rsatish, nazorat qilish) talab etiladi
Ma’lumotlar bazasi boshqaruvi korporativ tarmoqning boshqaruv muassasasida tashkil etiladi
Internet / Intranet
Tezkor Internet talab etilmaydi
Tezkor internet talab etiladi
Axborot xavfsizli gi
Har bir AKAM uchun alohida axborot xavfsizligi choralari ko‘rish talab etiladi
Korporativ tarmoq boshqaruv muassasasining axborot xavfsizligini yuqori darajada tashkil etish lozim
Kadrlarni tayyorlash va ta’minlash
Har bir AKAM kutubxonachi, arxivchi va ma’lumot bazalari boshqaruvchilarini o‘qitish talab etiladi
Har bir AKAM kutubxonachi, arxivchi va ma’lumot bazalari boshqaruvchilarini o‘qitish talab etiladi
Markaziy boshqaruv quyidagi bir qator afzalliklarga ega:
har bir AKMda ma’lumot bazalari administratori talab etilmaydi;
boshqaruv (administrator) kadrlarini tayyorlash qimmat jarayon hisoblanadi.
Har doim ham tayyorlangan mutaxassis AKMda qolmasligi mumkin. Beshta
mutaxassis mingtacha AKMlari ma’lumot bazalarini boshqarishi mumkin. Holbuki, bu yuqori darajadagi mutaxassislarning sifatli boshqaruvi hisoblanadi. Albatta, besh- oltita administratorni tayyorlash, malakasini oshirish, barcha viloyat hamda tumanlardagi administratorlarni tayyorlash va malakasini oshirishdan arzonga tushadi.
Avtomatlashtirilgan va elektron-kutubxonalarni tashkil etish - bu juda qimmat va ko‘p mehnat talab etiladigan jarayondir. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi va hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, axborot-kutubxona muassasalari yakka holda o‘zlarming elektron resurslarini tashkil etar ekanlar ular ulkan resurslarni yo‘qotadilar, aksariyat hollarda ish xodimlarning darajalari pastligi tufayli, yozuvlarning takrorlanishi kabi xatoliklar asosida tashkil etiladi.
Quyida mijoz-server va Cloud Computing texnologiyalari va Library 2.0 konsepsiyasi asosida tashkil etilgan O‘zbekistonning oliy o‘quv yurtlari korporativ tarmog‘ini tashkil etish borasidagi tadqiqot va ishlanmalarning natijalari keltirilgan. Tizimning texnologik asosi ARMAT-1.13 dasturiy kompleksi va «Elektron ta’lim» Davlat dasturining telekommunikatsiya tarmog‘i hisoblanadi. Dasturiy kompleks
yuksak texnologik yechimlarni qo‘llagan holda tarmoqni samaradorligini amalga oshirdi.
Library 2.0 va Cloud Computing konsepsiyalarida keltirilgan tamoyillar o‘xshash bo‘lib, axborot-kutubxona muhitida quyidagi talablarga keltiriladi:
shaxsga qaratilganligi;
integratsiyalangan axborot resurslari, shuningdek, shaxsiy resurslarini shakllantirishda foydalanuvchi faolligini oshirish;
foydalanuvchining virtual shaxsiy kabinetini shakllantirish;
hamkorlikdagi forumlar tashkil etish va o‘tkazish - «kitobxon-kutubxonachi» yoki yanada kengroq - «kitobxon-kutubxonachi-axborot resurslarni shakllantiruvchi»;
elektron katalog imkoniyatlarini kengaytirish, to‘liq matnli elektron resurslardan jamoaviy foydalanish tizimini yo‘lga qo‘yish;
axborot xizmatlarini olishda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish usul va vositalarini rivojlantirish;
korporativ tarmoqda texnologik va axborot resurslaridan maksimal darajada iqtisodiy foydalanish.
Cloud Computing texnologiyasidan axborot-kutubxona tarmoqlarida foydalanish tarmoq boshqaruvini amalga oshirish, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishda sezilarli darajada samaradorlikni oshiradi. OO‘Yu korporativ kutubxona tarmog‘ining axborot muhiti bosh serverda shakllantiriladi. (2-jadval ).
Korporativ kutubxona tarmog‘ining axborot muhiti 2-jadval