2-mavzu. Jahon elektron axborot resurslari. Yaratish va qidirishning texnologik jihati



Download 95,44 Kb.
bet3/8
Sana12.06.2022
Hajmi95,44 Kb.
#656858
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-mavzu

Internet/ Internet

Umumiy o' rta ta' lim muassasalari FA kutubxomlari KT
kutubxonalari KT



2-rasm. AKM korparativ tarmog'ining integrallashgan tizimi.
Aholini axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishini, tadqiqotlar uchun zarur bo‘lgan to‘liq matnli axborotga ega bo‘lishini ta’minlash respublikamizda ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Fan va ta’limga oid ilg‘or manbalardan foydalanishga imkoniyat yaratish orqali ilmiy markazlar, o‘quv muassasalarining ilmiy tadqiqotlar olib borish, ta’lim berish potensialini oshirish mumkin. Lekin, qimmatbaho axborot resurslarini shakllantirish va saqlash uchun elektron-kutubxonalarda zarur ilmiy-ta’limiy materiallarni olish va to‘plashga imkon yaratuvchi maxsus texnologiyalarni rivojlantirish zarur.
Bunda, respublikaning axborot industriyasini rivojlantirishda, ilmiy ma’lumot bazalarining axborot fondlariga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar va yetakchi axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini birlashtirish zarur. Bugungi kunda JAR laridan faqatgina foydalanish emas, balki JAR asosida elektron- kutubxonalarni shakllantirish lozimdir. Bunday rivojlangan axborot infrastrukturasini amalga oshirish shartlari quyidagilar:

  1. Yuqori tezlikdagi telekommunikatsiya tarmoqlarining mavjudligi;

  2. Bibliografik yozuvlarni taqdim etishning xalqaro talablari asosida elektron- kutubxonalarni shakllantirish;

  3. Elektron kataloglar tashkil eta oladigan, ilmiy-ta’limiy, biznesga va h.k. oid resurslarni raqamlashtirish, to‘liq ma’lumot bazalari, multimedia ma’lumot bazalarini shakllantira oladigan yuqori malakali mutaxassislarning mavjudligi;

  4. Tarmoq va ma’lumot bazalarining vakolatli boshqaruvini tashkil etish.

Rivojlangan telekommunikatsion tarmoqlar va elektron ma’lumotlar bazasini
shakllantiruvchi dasturiy mahsulotlar konsorsium ishtirokchilari o‘rtasida yuqori tezlikdagi kanallar orqali ilmiy-ta’limiy axborotlarni almashishga imkon yaratadi. Yuqori malakali mutaxassislarning mavjudligi, ma’lumot bazalarini, axborotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirilgan tizimlarini ishlab chiqilishi, axborotni tashuvchi, tarqatuvchi tashkilotlar bilan ijodiy hamkorlikning mavjudligi, kutubxonalar, ta’lim muassasalari, ilmiy markazlarning zarur ilmiy-ta’limiy axborotlar bilan ta’minlanishi korporativ tarmoqni rivojlantirishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa kerakli bo‘lgan axborotlarni qidirishga ketadigan vaqtni o‘nlab va yuzlab marotaba qisqartirish imkonini berib, raqobatbardosh axborot mahsulotlarini yaratishga, OTM va kutubxonalar o‘rtasida samarali axborot almashinuviga imkon yaratib o‘quv materiallarini o‘zlashtirish samaradoligini oshirishga xizmat qiladi.
Integratsiyalashgan avtomatlashtirilgan kutubxona tizimi yig‘ma elektron katalog yaratish, elektron darsliklarning to‘liq matnli ma’lumot bazalarini yaratish, talaba, o‘qituvchi, ilmiy xodimlarga masofadan xizmat ko‘rsatish, elektron kutubxonalarga, respublikada yaratilgan qimmatli ma’lumot bazalariga, jumladan JARlarga kirish, ulardan foydalanish imkonini yaratadi. Korporativ tizim virtual kutubxonalarga bo‘lgan birinchi qadam hisoblanib, axborot mahsulotlari orqali o‘quv materialini samarali o‘zlashtirishga imkon yaratadi. Tarmoq ma’lumotlar uzatishning yuqori tezligini ta’minlash, o‘rnatilgan qoidalar asosida yangi abonentlarni qo‘shish, mavjud axborotlar xavfsizligini ta’minlash imkoniyatini yaratadi.
Korporativ axborot tizimlari texnologiyalarini qo‘llash quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

  • elektron ilmiy-ta’limiy resurslardan samarali foydalanishni ta’minlash samaradorlikini oshirish (ayniqsa, viloyatlarda), ta’lim olishning interaktiv usullarini, jumladan, telekonferensiya va tele-ma’ruzalar, masofadan ta’lim berish, bilimlarni sinovdan o‘tkazish tizimini joriy etish;

  • xalqaro standart talablariga javob beruvchi ilmiy-ta’limiy to‘liq ma’lumot bazalarini shakllantirish (elektron darsliklar, dissertatsiyalar, ilmiy maqolalar, multimediya (o‘quv, kino, multiplikatsion filmlar, musiqa asarlari va boshq.);

  • virtual kutubxona rejimida ilmi- ta’limiy resurslarning ma’lumot bazalari va elektron katalogida onlayn foydalanish imkonini yaratish;

  • axborot-kutubxona muassasalari, OTM elektron kataloglami yaratilishini qo‘llab-quvvatlash va moliyaviy, mehnat va moddiy resurslarni yaratish bo‘yicha sarf xarajatlarni qisqartirish;

  • ilmiy va ta’lim muassasalarini, hamda davlat va biznes tashkilotlarini zarur axborot bilan ta’minlash;

  • tarmoq ishtirokchilariga ilmiy-ta’limiy axborotlarni lokal elektron kataloglarini yaratishning samarali imkoniyatlarini yaratish;

  • bu tizim AKMlarini o‘zaro hamkorligini yaratish, turli xil tashkilotlarning kutubxona va axborot tarmoqlarini birlashtirish orqali respublikada mustahkam axborot-kutubxona infratuzilmasini yaratishga imkon yaratadi.

Korporativ tarmoqlarda axborot resurslaridan foydalanish
Elektron kutubxonaning milliy resurslari, axborot-kutubxona resurslari, shuningdek, jahon axborot resurslari asosida shakllantirishning eng samarali yo‘llaridan biri bu AKMlarning korporativ hamkorligi hisoblanadi. Kompyuterlashgan kutubxonadan virtual kutubxonagacha bo‘lgan turli xil turdagi, turli darajadagi kutubxonalar o‘rtasida operativ ravishda ma’lumotlar almashishni yo‘lga qo‘yish murakkab jarayonlardan biridir. Bu axborot va dasturiy moslashgan, avtomatlashtirilgan kutubxona tizimlarini intensiv joriy qilish, elektron- kutubxonalarni shakllantirish AKMlarning korporativ tarmog‘ini rivojlantishga asos bo‘ladi.
Axborot-kutubxona muassasalarining korporativ tarmog‘i - bu boshqaruv- iqtisodiy nuqtayi nazardan mustaqil bo‘lgan AKMlarining foydalanuvchilarga axborot kutubxona xizmati ko‘rsatishda sifat va son jihatdan yangi xizmat turlarini joriy etishdagi birlashuvidir.
Korporativ tarmoq ilmiy-ta’limiy va ilmiytexnik axborotlarni tarmoqlarda, jumladan, axborot-kutubxona muassasalari tarmog‘ida shakllantirish, moddiy va insoniy resurslarni iqtisod qilishda muhim hisoblanadi. AKMlarni korporativ tarmog‘ini birlashuvida korporativ kataloglashtirish tizimini yaratish muhim omillaridan biridir.
Korporativ kataloglashtirish - bu bir qancha tashkilotlarga (kutubxona, ARM, AKM) kelayotgan yangi hujjatlarning elektron kataloglarini shakllantirish va ulardan foydalanishni amalga oshirishdagi tashkilotlarning birga olib borayotgan ish faoliyatidir. Korporativ kataloglashtirishning quyidagi asosiy qonun-qoidalarini ko‘rsatish mumkin:

  1. Dasturiy axborot mosligi

  2. O‘z xohishiga ko‘ra a'zo bo'lish

  3. Texnik tayyorliki

  4. Tashkiliy tayyorliki

  5. Kadrlar tayyorgarligi


Download 95,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish