Kimyoviy element – bu yadrosining musbat zaryadi bir xil bo’lgan
atomlarning muayyan turidir.
Oddiy moddalar molekulasi bir xil elementning atomlaridan (Н
2
, О
2
, N
2
, CI
2
va boshq), murakkab moddaning molekulasi esa ikki yoki bir necha xil
elementning atomlaridan (masalan, suv Н
2
О vodorod va kislorod atomlaridan)
tarkib topgan bo’ladi.
Barcha elementlar odatda metallar bilan metallmaslarga bo’linadi.
Lekin
bunday bo’linish shartlidir.
Elementlarning muhim ta‘rifi ularning yer po’stlog’ida, ya‘ni Yerning
yuqori qattiq qobig’ida tarqalganligidir, bu qobiqning qalinligi shartli ravishda 16
km ga teng deb qabul qilingan. Elementning yer po’stlog’ida
tarqalganligini
geokimyo – Yer haqidagi fan o’rganadi. Ma‘lumotlarga ko’ra eng ko’p tarqalgan
element – kislorod yer po’stg’ogi massasining 47,2 %
ni tashkil etadi, so’ngra
kremniy – 27,6, alyuminiy-8,80, temir- 5,10, kalsiy- 3,6, natriy – 2,64, kaliy- 2,6,
magniy- 2,10, vodorod- 0,15%
Keltirilgan raqamlardan ko’rinib turibdiki, elementlar yer po’stlog’ida juda
notekis tarqalgan. Aytib o’tilgan 9 element yer po’stlog’i massasining 99,79 % ni,
qolgan barcha elementlar – faqat 0,21 % ni tashkil etadi.
Mashxur olim Robert
Boyl davridayoq murakkab moddalarning parchalanishidan hosil bo’ladigan, lekin
o’zi yanada oddiyroq moddalarga parchalana olmaydigan oddiy modda kimyoviy
element deb atalgan edi. Bu ta‘rifga Dalton atomistikasi hech qanday qo’shimcha
kirita olmadi. Lekin M.V.Lomonosov va D.I.Mendeleyev «element» tushunchasi
bilan «oddiy modda» tushunchasi orasidagi farqni birinchi bo’lib aniq ko’rsata
oldilar. D.I.Mendeleyevning aytishicha: «Element deganda,
oddiy va murakkab
moddalarni tashkil etgan va ularga ma‘lum fizik hamda kimyoviy xossalar
majmuini bera olgan moddiy tarkibiy qismlarni tushunmoq kerak.
Agar oddiy
moddani molekula deb tushunish o’rinli bo’lsa, elementni atom deb tushunmoq
to’g’ri bo’ladi. Uglerod – element, lekin ko’mir,
grafit va olmos oddiy
moddalardir». Demak, D.I.Mendeleyevning ta‘rifiga «kimyoviy element - oddiy va
murakkab moddalar tarkibiga kiradigan va ma‘lum atom massaga ega bo’lgan
atomlar turidir».
Izotoplar kashf etilganidan keyin, yuqoridagi ta‘rifni qayta ko’rib chiqishga
to’g’ri keldi. Atom massalarini qayta qarab chiqish yuzasidan 1923 yilda tashkil
etilgan xalqaro komissiya qaroriga muvofiq «kimyoviy element –
bir xil yadro
zaryadiga ega bo’lgan atomlar turi» deb ta‘riflandi.
Do'stlaringiz bilan baham: