1.1-rasm. ISO 9000 seriyali standartlar tuzilmasi.
Birinchi tan olingan tizimlar ya’ni sifat va sifat standartlari, ishlab chiqarish jarayonlari va mahsulotlarni o‘zini murakkabligini sezilarli o‘sishi paydo bo‘lgan sanoat rivojlanishi va texnologik o‘zgarishlar natijasi sifatida ikkinchi jahon urushidan so‘ng joriy qilingan.
AQSH birinchi bo‘lib bu o‘zgarishlarni ko‘ra bilib va harbiy qurol-aslahalarni standartlashtirish maqsadida quyidagi standartlarni qo‘llay boshlagan:
• MIL-I-45208 Inspeksiya/nazorat tizimiga talablar
• MIL-Q-9858 Sifat dasturiga talablar
• MIL-C-45662 Kalibrlash tizimiga talablar
Bu ikkala standart hozirgi kunda ham amalda bo‘lib, harbiy kontraktlar va boshqa maqsadlar uchun qo‘llanilmoqda.

Bu standartlar, shuningdek, NATO doirasida qo‘llaniladigan AQAR (Sifatni ta’minlash bo‘yicha birlashgan materiallar) nomi ostida mashhur bo‘lgan standartlar to‘plamlari uchun asos qilib olingan. Lekin, sifat standartlariga aniq zaruriyat harbiy sanoat doirasidan tashqarida ham paydo bo‘lgan va shuningdek, VS 4891 va VS 5179 Britaniya standartlari Britaniyada joriy qilinib, biroq ular asosan amaliy rahbar hujjatlarga o‘xshash bo‘lib, shartnomalar bo‘yicha talablar sifatida qo‘llanila olmasdi. AQAR standartlari harbiy talablar bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, ularni ham qulay deb hisoblash qiyin edi.
Bu muammo o‘z echimini 1979 yilda topdi, shu yili 1,2,3 uch qismdan iborat VS 5750 standarti nashr qilindi. Ular bir-biriga o‘xshash va sub’ektiv bo‘lib, qo‘shimcha tushuntirishlarni, shuningdek standartlarni qo‘llash bo‘yicha ma’lumot bo‘lgan qo‘shimcha qismlarni (4,5 va 6) talab qilar edi. Maslan, Buyuk Britaniyaning quyidagi standartlari:
- BS 5750 standartining 0.1 qismi ISO 9000 standartiga ekvivalent;
- BS 5750 standartining 1 qismi ISO 9001 standartiga ekvivalent;
- BS 5750 standartining 2 qismi ISO 9002 standartiga ekvivalent;
- BS 5750 standartining 3 qismi ISO 9003 standartiga ekvivalent;
- BS 5750 standartining 0.2 qismi ISO 9004 standartiga ekvivalent.
VS 5750 iste’molchilar va ta’minotchilar tomonidan kontrakt holatlarida qo‘llanilar edi. Ammo, bunga qo‘shimcha ravishda, VSI (Britaniya Standartlar Instituti) uchunchi tomondan ro‘yxatga olish sxemasini joriy qildi. Bu VSI ga tegishli tashkilotlarni talablariga muvofiq bo‘lgan kompaniyalarni ro‘yxatga olishga imkon berdi. Ro‘yxatga olish barcha: mavjud va kelajakdagi iste’molchilar nomidan sifat kafolati bo‘lib xizmat qilishi mumkin edi.
Amaliyotda shunga o‘xshash bo‘lgan standartlar masalan, AQSHda ANSI 90 seriyali, Singapurda SS308, sobiq ittifoqda (Rossiyada) GOST 15467-79 standarti va Mahsulot sifatini boshqarishning kompleks tizimi (KS UKP) va boshqa ko‘plab sanoati rivojlangan mamlakatlarda qabul qiblingan. Evropa standartlari komiteti CEN (Comite Europeen de Normalisation) EN 29000 seriyali evropa normalarini uyg‘unlashtirish maqsadida 1987 yil ISO 9000 seriyali standartlar qabul qilishdi.
Xalqaro amaliyotda bunday holatlar ko‘p uchrab turdi va shuning uchun Xalqaro Standartlashtirish Tashkilotining (ISO) komiteti 1987 yili VS 5750 asosidagi qator standartlarni nashr qildi, bu ISO 9000 standartlarini bazaviy seriyasi edi. 1987 yildan boshlab 9000 seriyali ISO standartlarini ishlab chiqish davom etdi. YAngi 9000 seriyali ISO standartlarini ishlab chiqish bilan bir qatorda, 1987 yil qabul qilingan asos bo‘luvchi standartlarni qayta ko‘rib chiqish rejalashtirildi (1.3-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |